http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/09/newsbrief-01?language_switcher=true

Tojikiston YXHTning xavfsizlik boʻyicha hamkorlik kengashiga raislik qiladi

Karvonsaroy

VENA – Tojikistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) xavfsizlik boʻyicha hamkorlik kengashiga raisligi davomida Markaziy Osiyoda harbiy-siyosiy hamkorlik masalasi ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻladi, dedi chorshanba (8-may) kuni Venada Tojikiston tashqi ishlar vaziri Zohir Saidzoda.

Tojikiston tenglik, oʻzaro hurmat, muvozanat va izchillik tamoyillariga rioya qilgan holda oʻz vazifasini halollik bilan bajarish niyatida, dedi Saidzoda YXHT xavfsizlik boʻyicha hamkorlik kengashi ishtirokchi davlatlari va hamkorlarga yuzlanib.

Tojikiston mazkur kengashga ilk bor raislik qiladi, kengash raisi har toʻrt oyda almashadi, dedi u.

“Bizning asosiy vazifamiz – siyosiy-harbiy sohadagi nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni davom ettirish”, dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, Tojikiston YXHTni xavfsizlik sohasida keng koʻlamli masalalarni hal etishga qodir va samarali faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan noyob tashkilot deb biladi.

“Oʻz raisligi davomida Tojikiston Xavfsizlik boʻyicha kengash eʼtiborini Markaziy Osiyodagi xavfsizlikning siyosiy-harbiy jihatlariga va Markaziy Osiyoda YXHTning mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish lozimligiga qaratadi”, dedi u davlatning boshqa ustuvor yoʻnalishlarini taʼkidlar ekan.

“Afgʻonistonning shimoliy hududlarida juda koʻp miqdorda oʻq-dori va qurol-yarogʻ mavjudligi chegaradagi vaziyatning beqarorligiga sabab boʻladi”, deb ogohlantirdi u Tojikistonning notinch qoʻshnisini nazarda tutib.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha