http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/06/24/newsbrief-04

Qozogʻiston va AQSH oʻzaro uzluksiz parvozlarga ruxsat beruvchi bitimni imzolaydi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston va AQSH fuqarolik aviatsiyasi sohasida ochiq osmon toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba (24-iyun) kuni parlamentda Qozogʻiston sanoat vaziri oʻrinbosari Berik Kamaliyev maʼlum qildi, deb xabar beradi Inbusiness.kz nashri.

“Shartnomani imzolash jarayoni shu yil oxirigacha boshlanishi koʻzda tutilgan. Hujjat 2021-yildan uzluksiz parvozlarga ruxsat beradi”, deb qayd etdi u.

Oʻtgan yili Qozogʻistonga kiruvchi va undan chiquvchi reyslardagi aviayoʻlovchilar soni 7,9 mln. kishiga yetgan, 2017-yili bu raqam 7,4 mln. kishini tashkil etgan edi.

Dunyo hamjamiyati bilan transport aloqalarini kengaytirish ekstremizmga toʻsqinlik qiluvchi iqtisodiy taraqqiyot va yangi gʻoyalarni yuzaga keltiradigan omillardan biri sanaladi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha