Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-12 | Xavfsizlik

“Islom davlati” yetakchisining o‘limi guruhda ichki nizolarni keltirib chiqarmoqda

5-aprel kuni olingan suratda havo zarbalari natijasida halok bo‘lgan “Islom davlati”ning Afg‘onistondagi lideri Qori Hikmatullo aks etgan. Uning o‘limi IDga shimol tarafdan “jiddiy zarba” bo‘ldi, deydi Afg‘oniston va koalitsiya rasmiylari. (Surat manbasi: NATO)

Salaam Times va AFP

KOBUL – “Islom davlati”ning (ID) Afg‘onistondagi bosh qo‘mondoni o‘limi guruhdagi ichki kelishmovchiliklar naqadar jiddiy ekani, va umuman, terrorchilik guruhining sillasi qurib borayotganini fosh etdi.

Payshanba, 5-aprel kuni Faryob viloyatida Qori Hikmatullo hamda uning tansoqchisi Hikmat o‘ldirilganini koalitsiya kuchlari dushanba, 9-aprel kuni tasdiqladilar.

Koalitsiya va afg‘on rasmiylariga ko‘ra, Hikmatullo AQSH havo zarbalari natijasida halok etilgan, Afg‘onistonning uchuvchisiz qurilmalari esa uni boshpanasigacha kuzatib borgan.

U ID safiga qo‘shilish istagida Afg‘onistonga kelayotgan xorijiy jangarilarning taqdirini – ularning koalitsiya yoki afg‘on hukumati kuchlari qo‘lidan o‘lim topishini ko‘rsatish uchun o‘ldirilishi kerak bo‘lgan ID yetakchilarining so‘nggisi edi.

Yetakchilar tugab bormoqda

NATO bayonotiga ko‘ra, asli o‘zbek bo‘lgan Hikmatullo avvalroq, IDning Afg‘oniston shimolidagi Xuroson bo‘limiga kelmasidan avval boshqa guruhlar, jumladan Tolibonga mansub bo‘lgan.

Hikmatullo guruhning asosiy rahnamolaridan biri edi. U Markaziy Osiyo davlatlaridan Afg‘onistonga tashqi yordam va xorijlik jangarilarni yuborish bilan shug‘ullangan.

Hikmatullo “halokatli terrorchilik hujumlariga” aloqador yoxud javobgar bo‘lgan va uning o‘rniga Mavlaviy Habib ul-Rahmon tayinlangan, deb xabar berdi shanba kuni Afg‘oniston mudofaa vazirligi.

Vaqti-vaqti bilan Tolibon bilan aloqada bo‘lib turgan boshqa bir o‘zbek – Rahmonning ushbu lavozimga tayinlangani guruhning yetakchi tanlashda jiddiy muammoga duch kelayotganidan va sodiqligida qat‘iy bo‘lmagan xorijlik jangarilarga muhtoj ekanidan darak bermoqda, deyiladi NATO bayonotida.

Ushbu hodisa IDning Xuroson bo‘limi tarkibidagi o‘zaro raqib bo‘lgan 3 guruh – Suriya va Chechenistonlik jangarilar, Hikmatulloning Shimoliy Afg‘onistonlik izdoshlari va mamlakatning boshqa qismlardan bo‘lgan afg‘onistonlik ID jangarilari o‘rtasidagi nizolarni kuchayishiga olib keldi. New York Times xabariga ko‘ra, bu haqda afg‘on hukumatining mahalliy rasmiylari ma’lum qilgan.

NATOning favqulodda yordam kuchlari qo‘mondoni, general Jon Nikolson “Hikmatulloni o‘ldirgan Afg‘on hukumati va koalitsiya kuchlari uning har qanday vorisini ham yo‘q qilishga qodirligini” aytgan, deyiladi NATO bayonotida. “ID yo‘q qilinadi”, dedi u.

Guruh mamlakatdagi mavqeini mustahkamlashga intilayotgani ortidan, so‘nggi oylarda Afg‘oniston va koalitsiya kuchlari Juzjondagi ID jangarilarga qarshi havo zarbalari va quruqlikdagi hujumlarni kuchaytirganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 3

Fikrlar

* Majburiy
Captcha