2018-04-16 | Ommaviy axborot vositalari

Rossiyaga tegishli OAVlarning fosh etilishi o‘zbekistonliklarning ularga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda

Maksim Yeniseyev

Kreml Facebook tarmog‘idan buzuq niyatli tashviqot yo‘lida foydalanishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida xavotir uyg‘otdi. “Sputnik-O‘zbekiston” nashrining rejalari esa yetarli aks-sado bermagan.


Toshkentlik foydalanuvchi BBCning o‘zbek xizmati veb-sahifasini tekshirmoqda, 13-aprel. SocialBakers.com veb-sahifasi axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ommabop Facebook sahifalar – Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining o‘zbek xizmati Facebookda 410 000 ga yaqin obunachiga ega, BBCning o‘zbek xizmati sahifasida 320 000 dan ortiq o‘quvchi bor. (Maksim Yeniseyev)

Toshkentlik foydalanuvchi BBCning o‘zbek xizmati veb-sahifasini tekshirmoqda, 13-aprel. SocialBakers.com veb-sahifasi axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ommabop Facebook sahifalar – Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining o‘zbek xizmati Facebookda 410 000 ga yaqin obunachiga ega, BBCning o‘zbek xizmati sahifasida 320 000 dan ortiq o‘quvchi bor. (Maksim Yeniseyev)

TOSHKENT – O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va axborot olishga yanada sinchkovlik bilan yondoshmoqdalar va shu tariqa, ularning Rossiyaga qarashli manbalarga bo‘lgan ishonchlari yo‘qolib bormoqda.

Butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan, O‘zbekistonda ham jamoatchilik fikriga ta’sir qilishga uringan Rossiyaning “Trollar fabrikasi”ga tegishli Facebook va Instagramdagi yuzlab profillar Facebook tomonidan o‘chirilishi haqidagi so‘nggi ma’lumot shusiz ham oz qolgan ishonchga putur yetkazdi.

Kompaniyaning 4-aprel kuni bergan bayonotida aytilishicha, u 70 ta Facebook profili, 138 ta Facebook sahifasi va 65 ta Instagram hisoblarini o‘chirib tashlagan. Ularning 95 foizi rus tilida yuritilgan.


10-aprel kuni “Sputnik-O‘zbekiston” nashrining Facebook sahifasida chop etilgan rus tilidagi maqolada Yevropa shaharlarining nochor tumanlari haqida so‘z ketgan. (Maksim Yeniseyev)

10-aprel kuni “Sputnik-O‘zbekiston” nashrining Facebook sahifasida chop etilgan rus tilidagi maqolada Yevropa shaharlarining nochor tumanlari haqida so‘z ketgan. (Maksim Yeniseyev)

Mahalliy va xalqaro siyosiy mavzularni muhokama qilgan soxta profil va sahifalar Rossiyadagi Federal axborot agentligi tomonidan yuritilgan. Facebook ijrochi direktori Mark Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, bu tashkilot Sankt-Peterburgdagi Internet tadqiqotlar agentligi (IRA) deb nomlanmish “trollar fabrikasi” bilan aloqador.

Faoliyati to‘xtatilgan resurslar Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlarida yashovchi rusiyzabon aholiga mo‘ljallangan edi, deyiladi Facebook bayonotida.

Facebook xabariga ko‘ra, soxta Facebook sahifalaridan birida bir million, soxta Instagram hisobida esa 500 mingga yaqin obunachi bo‘lgan.

Bu sahifalarga 18 mingga yaqin o‘zbekistonlik obuna bo‘lgan.

Zararli onlayn faoliyat

Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi turli manbalarga ko‘ra, IRA faoliyati Kremlga piterlik biznesmen va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ittifoqdoshi Yevgeniy Prigojin orqali bog‘langan.

Bundan tashqari Prigojin Wagner Group nomli Putinning iflos ishlarini bajarish uchun Kreml tomonidan yollangan jangarilar guruhini ham moliyalashtiradi. Bu guruh turli nizo hududlari, jumladan Ukraina va Suriyada ham faoliyat yuritgan.

15-mart kuni AQSH g‘aznachilik boshqarmasi IRA, Prigojin va ularga bog‘liq bo‘lgan bir nechta “zararli kiber-faoliyat” yuritgan shaxslar va korxonalarga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.

G‘aznachilik kotibi Stiven Mnuchinning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar “AQSH saylovlariga ta’sir etish, buzg‘unchi kiberhujumlar va zarur infratuzilmalarni nishonga olishga urinishlar”ga javob tariqasida qo‘llangan.

“Bu yo‘naltirilgan sanksiyalar Rossiya tomonidan kelib chiqayotgan iflos hujumlarga javob tariqasida amalga oshirigan keng qamrovli chora-tadbirlarning bir qismidir”, dedi u.

Siyosat va kayfiyatga ta’sir qilish

Facebook – O‘zbekistondagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri.

O‘zbekiston milliy tadqiqotlar markazining xabar berishicha, bir oyda 720 mingga yaqin o‘zbekistonlik Facebook tarmog‘iga kiradi. Facebook egalik qilgan Instagram sahifalari birlashtirilsa, bir oylik tashrifchilar soni 1,6 millionga yetadi – bu O‘zbekiston aholisining 4,8 foizidir.

“Facebook raqamlardagi ko‘rsatkichlardan ko‘ra, o‘zbekistonliklar siyosiy kayfiyatiga anchayin ko‘proq ta’sir qiladi”, deydi Toshkentdagi jamoatchilik bilan aloqalar idorasi xodimi Baxtiyor Ellikaliyev Karvonsaroyga. “Aynan shu yerda muhim masalalar muhokama qilinadi, siyosatchilar nazariga tushadigan muammolar ko‘tariladi.”

O‘zbekistondagi ko‘pchilik davlat tashkilotlari, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Facebookda rasmiy sahifaga ega. Undan keyin qolgan siyosatchilar ham xuddi shunday qilishdi.

“O‘zbekistonda IRA haqida ko‘p narsa ma’lum emasdi, bu masala avval muhokama qilinmagan”, deydi Ellikaliyev. “Shu sababli, IRA maxfiy ravishda o‘zbekistonliklarga ta’sir etishga uringani yangiliklar markazidan joy oldi. O‘zbekistondagi ko‘pchilik OAVlar bu haqida axborot berdilar.”

“Rossiya AQSHda o‘tgan saylovlarga ta’sir etganligi ehtimoli xalqaro shov-shuvga sabab bo‘lgani haqida eshitgan edim”, deydi 21 yashar toshkentlik talaba Andrey Tsoy Karvonsaroy nashriga. “Ammo men bu muammo biz o‘zbekistonliklarga ta’sir etadi deb hech o‘ylamagan edim.”

Sputnik ommalashmayapti

Facebookda O‘zbekiston aholisi uchun rus tilidagi eng faol yangiliklar sahifasi Sputnik agentligining sahifasidir. “Sputnik-O‘zbekiston” rus va o‘zbek tilida xabarlar chop etadi. Ko‘p hollarda ular aksil-amerika va aksil-yevropa kayfiyatida ekanligi yaqqol sezilib turadi”, dedi Baxtiyor Ellikaliyev.

Shuncha urinishlarga qaramay, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Sputnik O‘zbekiston sahifasi uncha ommalashmagan, uni bor-yo‘g‘i 8100 kishi kuzatib boradi.

Ijtimoiy tarmoqlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Socialbakers.com agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar boshqa OAVlarga ishonishni afzal ko‘rmoqda.

O‘zbekistondagi Facebook sahifalarining eng mashhurlaridan biri – RFE/RL, o‘zbek tilida Ozodlik nomi bilan tanilgan radioning o‘zbek xizmatiga mansub sahifadir. U 410 mingdan ziyod obunachiga ega. Socialbakers ma’lumotlariga ko‘ra, BBC o‘zbek xizmati 320 000 dan ortiq kuzatuvchi bilan 2-o‘rinda joylashgan.

Toshkentlik 35 yashar Munisa Abdullayeva o‘zbekistonliklar axborot yoki yangiliklar olish uchun nima uchun Sputnikka murojaat qilmasliklarini tushuntirib berdi.

“Men Sputnik nashriga ishonmayman, sababi unda asosan kun tartibidagi mavzular yoritiladi”, dedi u Karvonsaroyga.

“Sputnik” nashri noma’lum siyosiy tahlilchilarning mujmal fikrlariga to‘lib toshgan”, deydi u. “Ozodlik esa hammaga yaxshi tanish, uning muxbirlari dadil maqolalar bilan chiqish qilishadi, ular faol muhokamaga sabab bo‘ladi”.

Rossiya tashviqotiga qarshi kurash

Bugungi kunda o‘zbekistonliklar aholi orasida ommalashgan kabel televideniyesi orqali 33 ta Rossiya telekanallarini tomosha qilishlari mumkin.

Xorijiy kanallar soni esa 13 ta, ular orasida bittagina rus tilidagi yangiliklar kanali – Euronews bor. Qolgan kanallar ko‘ngilochar bo‘lib, Discovery, National Geographic va Disney shular jumlasidandir.

Ushbu voqelik O‘zbekiston fuqarolarini xavotirga solmoqda, shu jumladan, toshkentlik bloger Aziz Hakimovni ham.

Hakimov O‘zbekiston rasmiylarini Rossiya tashviqotiga qarshi faol kurashishga va ayrim noxolis siyosiy teleko‘rsatuvlar namoyishini taqiqlashga chaqirdi.

“Rossiya tashviqoti biz tomonga televideniye, internet va OAV orqali o‘z qisqichlarini biz tarafga cho‘zmoqda”, deb yozgan u 4-aprel kuni o‘zining Facebook sahifasida. “O‘ylaymanki, biz aholini ushbu o‘ta vayronkor va zararli axborotdan maksimal darajada himoyalashimiz zarur”.

Facebook “Rossiyaga qarashli “Trollar fabrikasi” faoliyati boshqa mamlakatlar qatori O‘zbekiston aholisiga ham qaratilgani”ni fosh etishi ortidan, ushbu xabarga yuzlab ijobiy fikr-mulohazalar bildirilgan.

"Super post; men yurtimizda Rossiyaning barcha telekanallarini taqiqlab qo‘yishlarini istardim”, deb yozadi Konstantin Dojdik ismli o‘quvchi.

“Xudoga shukrki, yoshlarimiz Rossiya kanallarini tomosha qilmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Dariga Ramazonova ismli boshqa biri.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 67

Fikrlar

* Majburiy
Captcha