Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-17 | Diplomatiya

O‘zbekiston va AQSH prezidentlari strategik hamkorlikni muhokama qildilar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Tramp bilan qo‘l siqishmoqda, Vashington, Kolumbiya okrugi, 16-may. (Saul Loeb/AFP)

Karvonsaroy

VASHINGTON – Vashingtonning Markaziy Osiyondagi eng ko‘p aholiga ega mamlakatdan kutayotgani – O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik va prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi bo‘lajak islohotlardir.

Islohotlari sog‘liqni saqlash, milliy xavfsizlik, ta’lim va iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan Mirziyoyev chorshanba, 16-may kuni Oq Uyda prezident Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat bir necha jabhalarda yaqindan hamkorlik qilib kelgan. Mirziyoyev esa doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun Qo‘shma Shtatlarga minnatdorchilik bildirdi, deyiladi Oq Uyning uchrashuvga oid xabarnomasida.

AQSH prezidenti Donald Tramp va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uy tashqarisida qo‘l siqishmoqdalar, 16-may. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

Mirziyoyev AQSHga ilk rasmiy tashrifi bilan 15-17-may kunlari Vashingtonda bo‘ldi. U sakkiz oy avval, o‘tgan yilning sentabr oyida Nyu-Yorkka safar qilgan edi.

O‘sha safarida u BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan va Amerika biznesi yetakchilari bilan jami 2,6 milliard AQSH dollariga (20,9 trillion o‘zbek so‘mi) teng bitimlarni imzolagan edi.

Yangi va yanada faol hamkorlik

Ikki mamlakat endi boshlanayotgan sheriklik aloqalarini ko‘rib chiqar ekan, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, narkotrafikka qarshi kurash va “Besh yillik harbiy hamkorlik rejasini ilk bor amalga oshirish” kutilmoqda, deb xabar bergan Oq Uy.

Shu bilan birga, dunyoning eng katta iqtisodiyoti va Markaziy Osiyoning eng ko‘p aholiga ega mamlakatining birlashuvi iqtisodiy dinamika uchun katta salohiyat yaratishini ikki tomon ham yaxshi tushunadi.

Mirziyoyevning tashrifi chog‘ida O‘zbekiston rasmiylari Qo‘shma Shtatlar kompaniyalari bilan 20 dan ortiq katta biznes shartnomalarini imzoladilar. Bu bitimlar to‘liq amalga oshadigan bo‘lsa, ularning umumiy qiymati 4,8 milliard AQSH dollariga (38,5 trillion o‘zbek so‘miga) teng bo‘ladi, deb xabar berdi Oq Uy.

O‘zbekiston va AQSH rasmiylari o‘rtasida imzolangan shartnomalar savdo, energetika, moliya, qishloq xo‘jaligi, fan va ta’lim sohalarini qamrab oldi, deb xabar beradi Mirziyoyevning axborot xizmati.

Davlatlar geografik tomondan uzoq bo‘lsa-da, ammo “tirishqoqlik, saxiylik va vatanparvarlik xislatlari xalqlarimizni birlashtiradi”, dedi Mirziyoyev 16-may Vashingtonda o‘tkazilgan rasmiy ziyofat chog‘ida.

“Ushbu uchrashuvimiz yuzaga kelayotgan muammolar va Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun imkoniyatlarga to‘qnash kelgan chog‘imizda o‘zaro strategik hamkorlikni yangilashga yordam berdi”, deb yozgan Tramp ziyofat mehmonlariga atalgan maktubda. “Men mintaqada Amerika ta’minot yo‘llari va uning xalqi Afg‘oniston bilan aloqalarni yaxshilashga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritishiga oid sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayman.”

“Bu yangidan tiklangan hamkorligimiz va davlatlarimiz uchun yorug‘ kelajakning boshlanishi”, dedi u.

Islohotlar yuqori baholandi

Ikki davlatning kuchayib borayotgan aloqalari bilan bir qatorda, Mirziyoyev boshchiligida davom etayotgan islohotlar ham yuqori baholandi.

Oq Uy bayonotiga ko‘ra, Trump O‘zbekistonning muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga oid ulkan yutuqlarini e‘tirof etgan, Mirziyoev esa mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lidan “ortga qaytmasligini” ta’kidladi.

Mahbuslarni ozod qilish va “tizimli bolalar mehnati”ga qarshi kurashishdan tashqari, Mirziyoev “diniy erkinlikni targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli yo‘l xaritasini amalga oshirishga” va’da bergan.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirishga yordam beradi, deb va‘da berdi Tramp. U yaqinda O‘zbekistonda “Amerika Ovozi” muxbirining akkreditatsiyadan o‘tkazilganini olqishladi. Mirziyoevning o‘tmishdoshi bu ishni amalga oshirmagandi.

“Biz birgalikda O‘zbekistonda javobgarlik va shaffoflikni ta’minlash va bu bilan Amerika kompaniyalari faoliyati uchun qulay maydon hozirlash hamda mamlakatlarimizda bandlik darajasini oshirishga erishishimiz mumkin”, dedi Tramp.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha