Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-09 | Iqtisodiyot

Rossiyadagi vaziyat yomonlashayotgani ortidan Markaziy osiyoliklar uyga qaytishni istamoqda

Metroda uxlab ketayotgan yo‘lovchilar, Moskva, 2018-yil, 23-may. (Mladen Antonov / AFP)

Karvonsaroy va AFP

MOSKVA – Ko‘pchilik Markaziy osiyoliklar Rossiyadan o‘z vatanlariga qaytayotgan bir paytda, 18-24 orasidagi Rossiya yoshlarining uchdan biri vatanini tashlab chet elda yashashni niyat qilmoqda.

2-iyul kuni Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) chop etgan so‘rovga asosan, 31 foiz yoshlar ko‘chib ketishni istashini aytgan. So‘rovda qatnashgan yoshlarning 16 foizi Germaniyaga, 7 foizi Qo‘shma Shtatlarga va 6 foizi Ispaniyaga ko‘chib ketishni afzal ko‘rishlarini bildirishgan.

Barcha yosh guruhlari bo‘yicha esa, rossiyaliklarning har o‘ntasidan biri mamlakatni tark etish istagini bildirgan, deb xabar beradi VSIOM. 2011-yildan beri bu ko‘rsatkich 10-13 foiz oralig‘ida o‘zgarib turgan.

Qirg‘izistonning nochor qishloqlaridan kelgan erkaklar Bishkekda remont, qurilish, yuk tashish kabi vaqtincha ishlarni kutib o‘tirishibdi, 30-iyun. Ko‘pchilik qirg‘iz erkaklari kun sayin hayot o‘g‘irlashib borayotgan Rossiyaga ketishdan ko‘ra, poytaxtda ish izlashni afzal ko‘radilar. (Arman Kaliyev)

Kremlga yaqin deb e’tirof etilgan institut so‘rovnomasida 2000 rossiyalik ishtirok etgan.

Markaz rahbari Stepan Lvovning ta’kidlashicha, yosh rossiyaliklar “Rossiyadagi mudhish voqelikdan qochish” istagidan ko‘ra, ko‘proq “tashqi dunyoga nisbatan ochiqlik” bildirishgan.

Prezident Vladimir Putinning Kremldagi avvalgi rahbarlik davriga nisbatan hayot sifati yomonlashgani bilan birga, so‘nggi yillar davomida Rossiya jahon sahnasida tobora yakkalanib bormoqda.

Ukrainadan Qrimni tortib olishi sababli qo‘llanilgan g‘arb sanksiyalari mamlakat iqtisodiga ta’sir etgan, shu bilan birga, Moskva G‘arb davlatlari bilan Suriya urushidagi roli sababli janjallashgan ham.

Rosstat davlat statistika institutining xabariga ko‘ra, 2016-yilda 313 mingdan ortiq rossiyaliklar mamlakatni tark etganlar.

Markaziy Osiyoliklar o‘z vatanlarida ko‘proq imkoniyat ko‘rmoqdalar

Rossiyada ishlayotgan Markaziy Osiyoliklarning aniq soni ma’lum emas, ammo iyul oyida Rossiyadagi migrantlar soni 6 milliondan 11 milliongacha ekanligi va ularning ko‘pchiligi Markaziy Osiyodan ekanligi taxmin qilingan.

Rossiyda 640 mingga yaqin qirg‘izlar mehnat qiladi, deb xabar bergan edi Qirg‘iziston migratsiya xizmati rahbari Medetbek Aidaraliyev mart oyida.

2014-yilda neft narxining tushishi va Qrimning anneksiyasi sababli qo‘llanilgan G‘arb sansiyalar tufayli Rossiya iqtisodi sustlashdi va natijada muhojirlar holati o‘zgardi.

2016-yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) (shu jumladan, Markaziy Osiyo) davlatlaridan kelgan muhojirlar soni 235 ming bo‘lgan, 2012-yilda bu ko‘rsatkich 268400 kishini tashkil qilgan edi, deyiladi Moskvada joylashgan Gaydar iqtisodiy siyosat institutining 2017-yildagi tadqiqotida.

“Yaxshi ta’lim olgan potensial imkoniyatga ega yoshlar o‘z imkoniyatlarini to‘la ishga sola olmaganliklari sababli ma’lum vaqtdan keyin mamlakatni tark etishni xohlab qoladilar”, dedi Olmaotada joylashgan “Re:Point” axborot texnologiyalari kompaniyasi asoschisi Maxim Tolmachev Karvonsaroy nashriga.

Tolmachev 10 yil avval Moskvadan Olmaotaga ko‘chib o‘tgan. Uning kompaniyasi ulkan ma’lumotlar va biotexnologiyalar bilan ishlaydi hamda IT mahsulotlarini Amerika Qo‘shma Shtatlariga eksport qiladi.

“Men Moskvadan Qozog‘istonga “ochiq dunyo” g‘oyasini yoqtirganim sabab ko‘chib o‘tdim, bu yerda erkin yashayman va istagan joyda ishlashim va loyihalarimni amalga oshirishim mumkin”, dedi u.

Rossiya ishtiyoqni so‘ndiradi, deydi u. U yerda “odamlar orzu qila olmaydi, orzu qilganlar ustidan kulishadi va ta’qib qilishadi. Shuning uchun Rossiyada biznes muhiti yaxshi emas.”

Bundan farqli o‘laroq, Qo‘shma Shtatlar “qobiliyatiga qarab maktabni bitirgan yoshlarga imkoniyat yaratadi va biznes uchun har qanday optimizm va ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlaydi”, dedi u.

Rublga ishonch yo‘q

Bishkeklik 36 yashar tadbirkor Ayan Riskulov quritilgan mevalar ishlab chiqaradi va u dastavval Rossiya bozoriga kirishni rejalashtirgan edi. Ammo imkoniyatlarini baholaganidan so‘ng, u Rossiyadan uzoqroq bo‘lishga va Qirg‘izistonda biznesini rivojlantirishga qaror qildi.

“Rossiya iqtisodi jahondagi tabiiy resurslar narxlariga bog‘liq bo‘lishda davom etmoqda”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Rublga ishonch yo‘q”, deb qo‘chimcha qildi u. “Bizning qirg‘iz so‘mimiz rublga nisbatan ancha kam qadrsizlandi. Neft narxi tushgani va 2014-yilda g‘arb sanksiyalari joriy etilganidan keyingi shokni biz sezmadik ham.”

“Chet elda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishni xohlovchi yoshlarimiz Rossiyani tobora kamroq tanlab, uning o‘rniga butunlay boshqacha imkoniyatlarga ega g‘arb davlatlarini tanlamoqdalar”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 52

Fikrlar

* Majburiy
Captcha