Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-12-03 | Inson huquqlari

Rossiyada o‘zbek va tojik migrantlariga nisbatan ksenofobiya kuchaymoqda


Qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar Qozon temir yo‘l bekatidagi politsiya hibsxonasining panjaralari ortida, Moskva, 24-yanvar, 2012-yil. Aholi orasida oʻtkazilgan so‘rovlar Rossiyada ksenofobiya kuchayganini koʻrsatgan. (Andrey Smirnov/AFP)

Qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar Qozon temir yo‘l bekatidagi politsiya hibsxonasining panjaralari ortida, Moskva, 24-yanvar, 2012-yil. Aholi orasida oʻtkazilgan so‘rovlar Rossiyada ksenofobiya kuchayganini koʻrsatgan. (Andrey Smirnov/AFP)

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – Rossiyada yashayotgan o‘zbek va tojik migrantlariga nisbatan sodir etilgan shafqatsiz hujumlar “slavyan bo‘lmagan” ko‘rinishdagilarga qarshi ortib borayotgan ksenofobiya va maqsadli tajovuzlar borasidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Fevral oyida sodir boʻlgan voqealarning birida dargʻazab yo‘lovchi o‘zbekistonlik taksi haydovchisi, 34 yashar Sherzod Astanayevni pichoqlagan, deb xabar berdi 10-noyabr kuni Novaya Gazeta.

Astanayevning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi safar mobaynida uning etnik kelib chiqishini tilga olib haqoratlab kelgan va qoʻqqisdan uning peshonasiga pichoq urib baqirgan.


Rossiyada turli qiyinchiliklarga duch kelgan 71 nafar O‘zbekiston fuqarosi 12-oktabr kuni Toshkentga qaytib keldi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Rossiyada turli qiyinchiliklarga duch kelgan 71 nafar O‘zbekiston fuqarosi 12-oktabr kuni Toshkentga qaytib keldi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)


Toshkentga qaytgan mehnat migrantlarini qarindoshlari kutib olmoqda, 12-oktabr. Ularning Moskvadan qaytish yo‘l chiptalarini O‘zbekiston hukumati to‘lab berdi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Toshkentga qaytgan mehnat migrantlarini qarindoshlari kutib olmoqda, 12-oktabr. Ularning Moskvadan qaytish yo‘l chiptalarini O‘zbekiston hukumati to‘lab berdi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Astanayev sog‘ayganidan keyin ish sudgacha borgan, ammo keyin “an’anaviy ruscha o‘yin boshlangan”, deb yozadi Novaya Gazeta.

“Tergovchilar hech nima yozib olinmagan kameradan tashqari barcha kuzatuv kameralaridan olingan videotasvirlarni yo‘qotib qoʻyganlar, prokuratura esa qotillikka urinish holari bo‘lmaganini ta’kidlagan. Millatlararo adovat tilga ham olinmagan”, deb yozadi Novaya Gazeta.

Tajovuzkor ozodlikka chiqarilgan.

Gazeta xabariga ko‘ra, Rossiyada “slavyan ko‘rinishda bo‘lmaganlarga qarshi yangi tajovuz harakati” boshlangan. Sotsiologlar esa “o‘tgan yil davomida rossiyaliklar orasida ksenofobiya keskin kuchayganini” qayd etmoqdalar, deb qo‘shimcha qiladi gazeta.

Rossiya ommaviy axborot vositalari bunday holatlarni o‘ta beparvolik bilan yoritishi, ularni “kundalik nizo” deb talqin etishi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Zo‘ravonlik ortmoqda

Rossiyaning Interfaks agentligi xabariga asoslanib Ferghana News bergan xabarda aytilishicha, 22-noyabr kuni Mir prospektida 20 yashar o‘zbek yigiti o‘ldirilgan.

Bir toʻda yoshlar uni pichoqlab o‘ldirib ketishgan.

21-noyabr kuni esa, 38 yashar tojikistonlik Ilhomuddin Shoyev politsiya idorasida shubhali tarzda hayotdan koʻz yumgan.

Shoyev Moskvada mehnat qilgan, uning oilasi esa Tojikistonda bo‘lgan, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) 28-noyabr kuni.

Shoyev 27-noyabr kuni tugʻilib oʻsgan qishlog‘i Bahoristonda dafn etildi.

Moskva politsiyasi xabariga ko‘ra, Shoyev yurak xurujidan vafor etgan. Ammo uning tanasida og‘ir kaltaklanish asoratlari qolgani haqida otasi RFE/RL radiosiga xabar bergan.

Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda 28-noyabr kuni vazirlik saytida joylashtirilgan xabarda rossiyalik hamkasbi Vladimir Kolokoltsevni Shoyevning o‘limi bilan bog‘liq ishni oʻz shaxsiy nazorati ostiga olishga chaqirdi.

Kuchayib borayotgan ksenofobiya

Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek va tojiklar uchun tahqirlanish oddiy holat hisoblanadi va zoʻravonliklardan hech kim ajablanmaydi.

“Albatta, Rossiyada ksenofobiyaga duch kelganman”, dedi Sankt-Peterburgdagi restoranda oshpaz bo‘lib ishlaydigan o‘zbekistonlik Abdumalik Fattoxov Karvonsaroy nashriga. “Uzoqqa borish shart emas. Istalgan gazetada turarjoy ijarasi sahifasini ochsangiz, “faqat slavyanlar uchun” degan yozuvlarni ko‘rasiz.”

“Yashash uchun joy topish oson emas, biz ko‘pincha o‘z diasporamiz vakillari yoki boshqa migrantlardan ijaraga uy olamiz”, dedi u. “Ammo bunday narsalarga ahamiyat bermaslikka harakat qilamiz.”

Rossiyaning Levada tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Markaziy Osiyoliklargan qarshi salbiy qarashlar ortgan.

2017-yil iyul oyida so‘rovda qatnashgan rossiyaliklarning 19 foizi kiritilayotgan Rossiyada yashash huquqi berilgan Markaziy Osiyoliklar soni cheklanishi kerakligini aytgan edilar. Bu yil esa mazkur ko‘rsatkich 25 foizga yetgan.

“Mehnat migrantlari soni cheklanishi kerakmi?”, degan savolga 67 foiz ishtirokchi ijobiy javob bergan, vaholanki, o‘tgan yili 58 foiz respondent bu savolga “ha”, deb javob bergan edi.

Migrantlarga uyga qaytishga yordam berish

Oʻzbekiston hukumati Rossiyada moliyaviy, huquqiy yoki boshqa tarafdan qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga yordam berish choralarini koʻrmoqda.

12-oktyabr kuni Toshkent aeroportida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev Rossiyadan qaytgan 71 kishidan iborat migrantlar guruhi bilan uchrashgan.

Migrantlar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganlar. Insofsiz ish beruvchilarga duch kelgan xorijlik ishchilarning oʻz pullarini ololmasligi bilan holatlar Rossiyada tez-tez sodir boʻlib turadi.

Iyul oyida Oʻzbekiston chet elda ishlovchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgandi. Mazkur davlat idorasi qiyin ahvolda qolgan 71 nafar oʻzbekni vataniga qaytardi.

Sentyabr oyida Oʻzbekiston va Rossiya turli sabablarga koʻra Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushlab turilgan 1500 nafar mehnat migrantini vataniga qaytarish toʻgʻrisida kelishuvga erishgan.

Biroq, Rossiyaning mehnat migrantlariga nisbatan siyosati ziddiyatli boʻlib qolmoqda, deydi Toshkentda yashovchi oʻzbekistonlik siyosatshunos Valeriy Xan.

“Bir tarafdan, rossiyalik siyosatchilar jamiyatning bosimi ostida mamlakatga migrantlar oqimini cheklamoqchi”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Boshqa tarafdan esa, ular Markaziy Osiyoliklarning xorijda pul ishlash ehtiyojidan oʻzlarining imperialistik intilishlarini oqlash uchun foydalanmoqdalar”, dedi u Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy qaram holatda ushlab turish va rossiyaliklar uchun qora ishlarni boshqa millat vakillari bajarishini istashini nazarda tutib.

Yangi imkoniyatlar

Oʻzbekiston hukumati Rossiyaning iqtisodiy jozibadorligining pasayishi va rubl kursining beqarorligi sharoitida mehnat migrantlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish ustida ishlamoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktyabr kuni “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi, u fuqarolarni chet elda ish bilan taʻminlash boʻyicha davlat monopoliyasini bekor qildi. Endi xususiy kompaniyalar ham odamlarni chet elda ishlashga yuborishi mumkin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga koʻra, mazkur qonun bandlik xizmatlari bozorini, shu jumladan, mehnat migratsiyasi bozorini tartibga solish va xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

U, shuningdek, Oʻzbekiston va xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini kuchaytiradi.

27-noyabr kuni Oʻzbekistonning Xalqaro migratsiya tashkilotiga aʼzo boʻlishi esa migrantlar huquqlarini yanada samaraliroq himoya qilish yoʻlidagi navbatdagi qadam sifatida baholangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 28

Fikrlar 8

Captcha
Comment bubble | 2018-12-14

Ryazanda pogon taqqan fashistlarga o‘zim shaxsan duch kelganman

Javob berish
Comment bubble | 2018-12-10

Demak Markaziy Osiyoda ruslarga javob qaytadi va ularga nisbatan yomon munosabat paydo bo‘ladi.

Javob berish
Comment bubble | 2018-12-09

Nima uchun doim Rossiya va rossiyaliklar aybdor, biz siznikiga bormayapmiz. O‘z prezidentingizdan yaxshi hayot va ish talab qiling. Mustaqillik kerakmidi? Endi muammolaringizni ham o‘zingiz hal qiling

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-12-12

Sen ruslarni hammangizni yo‘q qilamiz

Javob berish
Comment bubble | 2018-12-06

Rossiya millatlar zindoni (kavkazlar, turklar, fin-ugor xalqlari, shimolning mahalliy aholisi). Hatto milliy respublikalarda ham rus tilining maqomi mahalliy tillardan yuqori. Markaziy Osiyoliklar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Ularni odam qatoriga qo‘shishmaydi.

Javob berish
Comment bubble | 2018-12-04

Qanaqa ksenofobiya haqida gapiryapsizlar? Rossiyada muvaffaqiyatga erishgan migrantlar haqida minglab misol keltirsa bo‘ladi. Ular Rossiyada juda yaxshi maosh olishadi. Bu yerda yozilgan “faktlar” esa kundalik hayotda har qanday rus bilan ham sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea.

Javob berish
Comment bubble | 2018-12-04

Yana bitta Amerikacha buyurtma maqola, hech qanday yangilik yo‘q.

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-12-14

Bu real fakt. Buyurtma emas. Aniq tiniq yozilgan. Neonatsizm va ratsizm Rossiyada cho'qqida. Eng millatchi, ayirmachi, halq ular

Javob berish