Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-12-31 | Texnologiya

Qirgʻiziston shaxsiy va davlat ahamiyatiga ega maʼlumotlarni himoya qilishga qaratilgan yangi kiberxavfsizlik strategiyasini qabul qilmoqda


Qirgʻiziston Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qoʻmitasi xodimlari 14-dekabr kuni Bishkek shahrida mamlakatning kiberxavfsizlik strategiyasi taqdimotini oʻtkazdilar. (Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qoʻmitasi)

Qirgʻiziston Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qoʻmitasi xodimlari 14-dekabr kuni Bishkek shahrida mamlakatning kiberxavfsizlik strategiyasi taqdimotini oʻtkazdilar. (Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qoʻmitasi)

Kanat Altinbayev

BISHKEK – Qirgʻiziston, kuzatuvchilarga koʻra, fuqarolar va tashkilotlarga tahdid solishi mumkin boʻlgan kiberxavfsizlik muammolarini hal etishga qaratilgan yangi strategiya haqida eʼlon qildi.

14-dekabr kuni Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qoʻmitasi Bishkek shahrida “Qirgʻizistonning 2019-2023-yillar uchun kiberxavfsizlik strategiyasi” taqdimotini oʻtkazdi.

Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi hamda mahalliy va xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan hujjatda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha maxsus davlat agentligini tashkil etish taklif qilingan.


Bosh vazir oʻrinbosari Jenish Razakov (oʻngda) 14-dekabr kuni Qirgʻizistonning yangi kiberxavfsizlik strategiyasining Bishkekdagi taqdimoti chogʻida nutq soʻzlamoqda. (Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qoʻmitasi)

Bosh vazir oʻrinbosari Jenish Razakov (oʻngda) 14-dekabr kuni Qirgʻizistonning yangi kiberxavfsizlik strategiyasining Bishkekdagi taqdimoti chogʻida nutq soʻzlamoqda. (Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qoʻmitasi)

Qirgʻiziston axborot texnologiyalari tizimiga oʻtishda muayyan xatarlarga duch kelmoqda, deb aytdi strategiya taqdimoti chogʻida Bosh vazir oʻrinbosari Jenish Razakov.

Davlat va korporativ kiberjosuslik kampaniyalari, shuningdek, zararli dasturlar orqali amalga oshiriluvchi shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish amaliyotlari keng tarqaldi”, dedi u.

Dasturning maqsadi fuqarolar, biznes hamjamiyati va davlatni himoya qilishdan iborat, dedi qoʻmitaning kiberxavfsizlik boʻyicha bosh mutaxassisi Bibigul Abdildayeva taqdimot davomida.

Mazkur siyosat “milliy iqtisodiyotdagi raqamli oʻzgarishlarni taʼminlash va fuqarolarga zamonaviy elektron xizmatlardam foydalanishga imkon beradi”, dedi Razzakov.

Koʻp sonli kibertahdidlar

Kibertahdidlar Qirgʻiziston uchun jiddiy muammoga aylangan, deydi Bishkekdagi kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan ITEC kompaniyasi rahbari Ilya Sergiyenko.

Uning soʻzlariga koʻra, qirgʻizistonliklar koʻp hollarda “tuzoq” maktublar orqali ularning uydagi kompyuterlarini buzib, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlaydigan xakerlarning xatti-harakatlaridan aziyat chekadilar.

“Jinoyatchilar jabrdiydalarning yozishmalarini emas, balki elektron pochta orqali kirish imkoni boʻlgan bank hisobraqamlarini qoʻlga kiritishga urinadilar”, - dedi Sergiyenko Karvonsaroyga.

Banklar oʻzlarining moliyaviy tizimlarini yuqori darajadagi himoya bilan taʼminlay oladi, ammo bu himoya ehtiyot choralarini koʻrmaydigan foydalanuvchilar sababli zaiflashadi”, dedi u.

Kiberhujumga uchragan moliya va kredit muassasalari koʻpincha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaydilar, sababi Qirgʻiziston politsiyasida bunday holatlarni tergov qilish uchun tajriba va texnik imkoniyatlar mavjud emas, - dedi Qirgʻiziston banklaridan birining axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassisi Emil Tagayev.

“Xakerlar davlat portallarini, jumladan, vazirliklar veb-saytlarini ham buzib kirishlari mumkin, biroq u yerdan biror qimmatli maʼlumotlarni oʻgirlay olmaydilar – bizdagi tashkilotlar davlat ahamiyatiga ega maʼlumotlarni elektron shaklda saqlamaydi, dedi u Karvonsaroyga.

“Ammo jinoyatchilar oʻz qurbonlariga vazirlik domenidan maxfiy maʼlumotlarni soʻrab xabar yubora oladilar, bu esa xavfli boʻlishi mumkin”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar 0

Captcha