Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2019-01-14 | Jamiyat

Qirgʻizistonda jamoat tartibini saqlash va atrof-muhit muhofazasiga oid qonunlar qatʼiylashtirilmoqda

  • 
Hukumat koʻchalarda tupurish va jamoat joylarini meva poʻchoqlari kabi mayda chiqindilar bilan ifloslantirganlik uchun 5500 qirgʻiz soʻmiga (80 AQSH dollari) teng jarima belgiladi. Suratda: Bishkekdagi Oʻsh bozori, 9-yanvar. [Bishkek shahar hokimiyati]

Maxsus belgilanmagan joylarda axlat va maishiy chiqindilarni yoqqan qoidabuzarlar esa 7500 soʻm (107 dollar) jarima toʻlaydilar. Suratda: Bishkekdagi Oʻsh bozori, 9-yanvar. [Bishkek shahar hokimiyati]

Yanvar oyida turmush sifatini oshirishga qaratilgan yangi qonun-qoidalar kuchga kirishi munosabati bilan 9-yanvar kuni Bishkek munitsipal ishchilari poytaxtdagi eng yirik bozorlardan biri boʻlgan Oʻsh bozorini qoidalarga xilof tarzda tashlangan chiqindilardan tozalamoqdalar. [Bishkek shahar hokimiyati]

Obonlashtirish xizmati ishchilari 9-yanvar kuni poytaxtdagi Oʻsh bozoridan qoidalarga zid ravishda tashlangan chiqindilarni olib chiqmoqdalar. [Bishkek shahar hokimiyati]

    Obonlashtirish xizmati ishchilari 9-yanvar kuni poytaxtdagi Oʻsh bozoridan qoidalarga zid ravishda tashlangan chiqindilarni olib chiqmoqdalar. [Bishkek shahar hokimiyati]

  • 
Bishkekdagi eng yirik bozorlardan hisoblangan Oʻsh bozori chiqindilardan tozalanmoqda, 9-yanvar. [Bishkek shahar hokimiyati]

    Bishkekdagi eng yirik bozorlardan hisoblangan Oʻsh bozori chiqindilardan tozalanmoqda, 9-yanvar. [Bishkek shahar hokimiyati]

  • 
Obodonlashtirish boshqarmasi ischilari, Bishkek, 9-yanvar. 1-yanvardan Qirgʻizistonda chiqindi tashlash va boshqa maishiy qoidabuzarliklarga qarshi kurashga oid yangi qonunlar kuchga kirdi. [Bishkek shahar hokimiyati]

Kanat Altinbayev

BISHKEK – Qirgʻizistonda joriy etilgan yangi, yanada qatʻiyroq jarimalar va boshqa choralar qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

1-yanvardan hukumat yoʻl harakati qoidalarini buzganlik, shuningdek, koʻchalarda tupurganlik uchun jarimalar miqdorini sezilarli oshirdi. Shuningdek, chiqindilarni yoqish ham qoidabuzarlik sifatida baholanib, kata jarima solinishiga sabab boʻladi.

Xavfsiz va ozoda Bishkek

Oʻzgarishlarni xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun belgilangan jarimaning oshganida ham koʻrish mumkin. Oʻtgan yili uning hajmi 300 soʻmni (4 dollar) tashkil etgan boʻlsa, joriy yildan qariyb uch baravarga oshib, 1000 soʻmga (14 dollar) yetgan.

Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev 9-yanvar kuni Bishkekda ekspertlar guruhi bilan yoʻl harakati xavfsizligini kuchaytirish yoʻllarini muhokama qilmoqda. [Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati]

Shahardan tashqarida ushbu jarima miqdori 3000 qirgʻiz soʻmini (42 AQSH dollari) tashkil etadi.

2017-yilda oʻrtacha oylik maoshi 15670 qirgʻiz soʻmini tashkil etgan mamlakat uchun bu jarimalar ogʻir va taʼsiri sezilarlidir.

Koʻchalarda tupurush va meva poʻchoqlari kabi mayda narsalarni tashlaganlik uchun 5500 soʻm (80 dollar) jarima belgilangan.Barglar va maishiy chiqindilarni yoqish ham qoidabuzarlik hisoblanib, bu uchun 7500 soʻm (107 dollar) jarima toʻlash kerak boʻladi.

Joriy qish mavsumida Bishkekdagi ekologik holatning yomonlashgani chiqindilarni qonunga zid ravishda yoqishga qarshi qonun-qoidalarning qatʼiylashtirilishiga sabab boʻldi. Saunalar yoqilgʻini tejash uchun chiqindilarni ham yoqishgani bois, megapolisdagi havoning ifloslanish darajasi meʼyordan ancha yuqori ekani qayd etilgan. Ayrim saunalarda, hatto avtomobil shinalari ham yoqilgan.

Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammedkali Abilgaziyev fuqarolarda axloqqa oid jamoatchilik hissi va tajribasini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish” zarurligini taʼkidladi.

Turlicha munosabatlar

Jamoatchilikning islohotlar borasidagi fikri turlicha boʻlmoqda.

Qirgʻiz jamiyati, bu jarayon qattiqroq jazo choralarini talab qiladigan boʻlsa ham, axloq madaniyatini oʻrganishi kerak, dedi jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha bishkeklik mutaxassis Shirin Dubanayeva.

“Afsuski, koʻpchilik fuqarolarimizning yurish-turishi havas qilarlik darajada emas”, dedi u Karvonsaroyga. “Hech kim shahar haqida qaygʻurmaydi va boshqalarni hurmat qilmaydi. Masalan, koʻchada kimningdir tupurganini koʻrish men uchun har doim yoqimsiz boʻlgan. Bu jirkanch holat”.

Bishkeklik karikaturachi Ruslan Valitov poytaxtdagi ekologik holatni uni hammasidan koʻra koʻproq tashvishga solishini va shu bois ham islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini aytadi.

“Qishda saunalar va xususiy uylar egalari oʻz turarjoylarini qoʻllariga tushgan narsani yoqib, isitishga harakat qiladilar”, dedi u Karvonsaroyga. “Narijada esa biz quyuq tutun sababli diqqinafas boʻlamiz. Atrof-muhitni asrashga qaratilgan chaqiriqlar foyda bermaydi, shu sababli qoidabuzarlarning hamyoniga zarba berishda boshqa chora qolmaydi. Bu – odamlarimizda masʻuliyat hissini paydo qilishning yagona yoʻli”.

Biroq yangi qonunlar, xususan, yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar miqdorining oshirilgani inspektorlar orasida korruptsiyani kuchaytirishi mumkin, deydi bishkeklik taksi haydovchisi Oleg Demyanenko.

“Qoidabuzarlargan olingan jarimalarning oz qismigina davlat gʻaznasiga tushadi”, dedi u Karvonsaroyga. “Odatda, haydovchilar “joyida kelishishga” harakat qiladilar. Jarimalar miqdorining ortishi bilan, yoʻl harakati nozirlarining ishtahasi ham oʻsadi.”

Hukumat idoralari hisobdorligini taʼminlash

Qirgʻizistondagi nazorat organlari poraxoʻrlikka qarshi kurash maqsadida yoʻl harakati politsiyasini nazorat qilib boradi, dedi bishkeklik tahlilchi 8-yanvar kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qirgʻiz xizmati bilan suhbatda.

Ushbu nazorat organlari tarkibiga vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi, Bosh prokuratura va Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi kiradi, deb maʼlum qildi sobiq ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, isteʼfodagi general-mayor Sadirbek Dubanayev.

“Agar ular chindan ham chora koʻrib, nazoratni kuchaytira olsalar va agar har bir boʻlinma boshligʻi oʻz qoʻl ostidagilarini nazorat qilsa, tartib oʻrnatiladi, deb oʻylayman”, dedi Dubanayev Ozodlik radiosiga.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 67

Fikrlar 8

Captcha
Comment bubble | 2019-02-08

Ekologiya yomonmish, qoʻysangizchi. Amaldorlar hamma qoidalarni buzib qimmat uylar qurib tashlaganidan shaharda havo yoʻqligi toʻgʻrimi. Bularning hammasi qaysi pulga qurilgani-ku aniq emas. Xalqni puli emasmi, mabodo? Pul qolmasa xalqni shilishadi. Olgʻa. Odam kasal boʻlib dori ichayotgan boʻlsachi, hammasi oddiy. Yo yutsin, yo pulini toʻlasin. Pul doim kerak )))

Javob berish
Comment bubble | 2019-02-08

Ekologiya yomonmish, qoʻysangizchi. Amaldorlar hamma qoidalarni buzib qimmat uylar qurib tashlaganidan shaharda havo yoʻqligi toʻgʻrimi. Bularning hammasi qaysi pulga qurilgani-ku aniq emas. Xalqni puli emasmi, mabodo? Pul qolmasa xalqni shilishadi. Olgʻa. Odam kasal boʻlib dori ichayotgan boʻlsachi, hammasi oddiy. Yo yutsin, yo pulini toʻlasin. Pul doim kerak.

Javob berish
Comment bubble | 2019-01-27

Nosvoyni taqiqlanglar, boʻldi. Masala hal.

Javob berish
Comment bubble | 2019-01-23

Qonunlar hali xom, foyda emas zararga ishlaydi, tirbandliklar yanada ortadi, xalqning gʻazabini qoʻzgʻamang

Javob berish
Comment bubble | 2019-01-17

Nega hamma jarimalar arzon boʻlishini xohlaydi, xotirjam boʻling, qoidani buzmasangiz, hech narsa toʻlamaysiz.

Javob berish
Comment bubble | 2019-01-17

Toʻgʻri, kelinglar, madaniyatli boʻlaylik.

Javob berish
Comment bubble | 2019-01-17

Azobini xalq tortadi, amaldorlarimiz esa yaqinda yorilib ketishadi, ular uchun qonun yoʻq.

Javob berish
Comment bubble | 2019-01-16

Bunday qonun biz uchun emas, oddiy xalq haqida ham oʻylanglar

Javob berish