Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH generaliga koʻra, Rossiya “katta ehtimol bilan” yadroviy sinov bitimini buzmoqda

AFP

Rossiyaning termo-yadroviy qitʼalararo ballistik raketasi, surat sanasi nomaʼlum. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiyaning termo-yadroviy qitʼalararo ballistik raketasi, surat sanasi nomaʼlum. (Rossiya mudofaa vazirligi)

VASHINGTON, KO – Rossiya “katta ehtimol bilan” Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnomani buzmoqda, dedi chorshanba (29-may) kuni AQSHning yuqori lavozimdagi harbiylaridan biri.

AQSH mudofaa razvedkasi idorasi rahbari, general-leytenant kichik Robert Eshli Rossiyaning oʻz yadroviy kuchlarini modernizatsiya qilishi borasida xavotir bildirdi.

“Qoʻshma Shtatlar Rossiya chiqitsiz standartlarga mos keladigan yadroviy sinov moratoriysiga amal qilmayotganiga ishonadi”, dedi Eshli Vashingtondagi Xadson instituti tahlil markazida qilgan chiqishida.

“Yadroviy qurollarni yaratish bilan bogʻliq tushunchalarimizga koʻra, Rossiyaning sinovlari uning yadroviy salohiyatini oshirishga yordam beradi”, dedi u Qoʻshma Shtatlarning shartnomaga qatʼiy rioya qilayotganini qoʻshimcha qilar ekan.

Muxbirlarning Rossiyaning shartnomani buzayotganiga oid taxminlarini tushuntirib berishi haqidagi savollariga javoban Eshli Moskvaga haqiqatdan ham bitimga zid ravishda olib borgan sinovlar borasida aniq ayblov qoʻyishdan bosh tortgan.

“Men ularda shunday qilishga imkon bor deb oʻylayman, ular shunga moyil”, dedi u.

1996-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma butun dunyo boʻylab xoh tinchlik, xoh urush maqsadida yadroviy sinovlarni taqiqlaydi.

Umuman olganda, hujjat barcha bosqichdagi sinovlarni, hatto yuqori texnologik va kam chiqimli kichik hajmdagi sinovlarni ham taqiqlaydi.

Qoʻshma Shtatlar oʻtmishda Rossiya oʻzi imzolagan va ratifikatsiya qilgan bitim shartlariga amal qilganini tasdiqlagan.

Rossiya raketa shartnomasiga amal qilmayapti

Bu xabar Vladimir Putin Rossiyaning Sovuq urush davriga oid muhim kelishuv – oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoman chiqishini rasman eʼlon qilganidan soʻng, bir necha oy oʻtib paydo boʻlgan.

Bir necha yil davom etgan rasmiy shikoyatlar va muammoni diplomatik yoʻl bilan hal etishga urinishlardan soʻng, AQSH va NATO ittifoqchilari Rossiya Sovuq urush davrining muhim shartnomasini “ochiqdan-ochiq buzmoqda” degan xulosaga keldi.

Vashington Kreml tarafidan 2013-yildan beri INF shartnomasi talablari buzib kelinayotganini taʼkidlagan. Bu AQSH Davlat departamentining 2014-2018-yillar davomida chiqarilgan yillik hisobotlarida oʻz aksini topgan.

Ikki mamlakat Strategik qurollar sonini qisqartirishga oid yangi kelishuvning amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha dastlabki muhokamalarni boshlaganlar. Yadroviy kallakli raketalar sonini “Sovuq urush” davridagidan sezilarli darajada kamaytirishni koʻzda tutuvchi hujjatning amal qilish muddati 2021-yilda tugaydi.

Tramp maʼmuriyati shartnomaga Xitoyni ham qoʻshmoqchi, bu gʻoya Pekin tomonidan rad etilgan. Uning zahirasi tezlik bilan oshayotgan boʻlsa-da, hajmi boʻyicha uchinchi oʻrinda bormoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaga ishonib boʻlmaydi

Javob berish