| Ayollar huquqlari

Qirgʻizistonlik qizlar faol texnologik trening dasturida qatnashish uchun AQSHga yoʻl oladilar

Kanat Altynbayev


Suratda: “TechGirls” dasturida ishtirok etish uchun iyul oyida AQSHga safar qiladigan olti nafar qiz, 13-iyun, Bishkek. (Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi)

Suratda: “TechGirls” dasturida ishtirok etish uchun iyul oyida AQSHga safar qiladigan olti nafar qiz, 13-iyun, Bishkek. (Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi)

BISHKEK – 13-iyun kuni Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi “TechGirls” dasturining olti finalchisini eʼlon qildi. Dastur Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy afrikalik qizlarning fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika (STEM) sohalaridagi ishtirokini ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Elchixonaga koʻra, finalchilar orasida Bishkek, Botken, Jalolobod, Oʻsh va Qorakoʻlliklar bor.

5-31-iyul kunlari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonlik 24 nafar oʻquvchi qiz Qoʻshma Shtatlarga safar qilib, Virjiniya texnika universitetida oʻtkaziladigan intensiv texnologik dasturda ishtirok etadilar.


“TechGirls” dasturi ishtirokchilari 11-fevral kuni Virjiniya universitetida ayollarning fan-texnika taraqqiyotidagi ishtirokini muhokama qilmoqdalar. (“TechGirls” dasturining Facebook sahifasi)

“TechGirls” dasturi ishtirokchilari 11-fevral kuni Virjiniya universitetida ayollarning fan-texnika taraqqiyotidagi ishtirokini muhokama qilmoqdalar. (“TechGirls” dasturining Facebook sahifasi)

“TechGirls” yillik dasturi AQSH Davlat departamentining tashabbusi boʻlib, Legacy International nohukumat tashkiloti rahbarligi ostida oʻtkaziladi.

Dasturda ishtirok etadigan qizlar interfaol laboratoriyalarda tajriba orttirib, Vashington shahridagi (Kolumbiya okrugi) texnologik kompaniyalarga tashrif buyuradilar. Qozogʻistondagi AQSH elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, ular yetakchilik treninglari, rejalashtirish boʻyicha seminarlar va madaniy tadbirlarda qatnashadilar.

“TechGirls” dasturi qizlarga zaruriy bilim va koʻnikmalar olishga va STEM sohalari boʻyicha karyera qilish imkoniyatlarini oshirishga koʻmaklashadi.

Olis tumanlarda, erkak kishi hukmron boʻlgan muhitda yashovchi qizlar uchun axborot texnologiyalari (IT) sohasida tajriba orttirish va oʻz salohiyatini amalga oshirish muhim, deydi oʻshlik 17 yashar finalchi qiz Mayram Sultonovaning onasi Nazira Sultonova.

“TechGirls qizlarimiz uchun juda kerakli loyiha, u ishtirokchilarga oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarish imkonini taqdim etadi va zamon bilan hamnafas boʻlishga ilhomlantiradi”, dedi u.

Ayollarga taʼlim berish ekstremizmni rad etuvchi jamiyatni barpo etish yoʻllaridan biridir.

Hozirda bu soha faqat erkaklarniki emas, shunga qaramay, dunyoda IT sohasidagi ayol mutaxassislar yetishmaydi, deydi institutni tamomlagan ayollar uchun moʻljallangan shu kabi “TechWomen” dasturining axborot texnologiyalari boʻyicha maslahatchisi va xodimi Yelena Chigibayeva.

“Bizning tashabbus IT va STEM sohalaridagi xotin-qizlar hamjamiyatlarini tuzish, ularga bu sohalardagi imkoniyatlar haqida soʻzlab berish, shuningdek, IT va STEM sohalaridagi professional ayollar hamda yosh avlod oʻrtasida murabbiylik va qoʻllab-quvvatlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi”, dedi Chigibayeva.

Sizga maqola yoqdimi?

16
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat Captcha
| 2019-06-18

Bunday imkoniyat uchun Amerika hukumatiga rahmat.

Javob berish