http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/07/17/feature-01
| Energiya

Moskva ekologiyaga oid bahonalar bilan Transkaspiy gaz quvuriga qarshilik qilishga urinmoqda

Jumaguli Annayev

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2015-yil 23-dekabrda Ashxobod shahridan 500 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan “Belek” kompressor stansiyasidagi “Sharq-Gʻarb” quvurining ochilishida ishtirok etdi. Turkmaniston mamlakat sharqidagi boy gaz zahiralarini Kaspiy dengizi bilan bogʻlovchi va Yevropada energiya xavfsizligini taʼminlash imkoniyatlarini sezilarli kengaytiruvchi qiymati 2,5 milliard dollarlik gaz quvurining qurib bitkazilishini olqishlagan. [Igor Sasin/AFP]

AShXOBOD – Rossiya rasmiylari suv tubi orqali Turkmanistondan Ozarbayjonga oʻtadigan Trans-Kaspiy gaz quvuri loyihasining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida yana bir bahonani oʻylab topishga urinmoqdalar.

Loyihaning asosiy maqsadi Turkmaniston va Qozogʻistonning tabiiy gazini Rossiya va Eronni chetlab oʻtib, Turkiya va Yevropaga yetkazib berishdir.

Gaz bozoridagi raqobatdan xavfsiragan Rossiya va Eron rejimlari turkman gazining Ozaybayjonga, u yerdan esa Trans-Anatoliya (TANAP) va Trans-Adriatika (TAP) gaz quvurlari orqali janubiy Yevropaga yetkazib berilishiga anchadan beri qarshilik qilib kelmoqdalar.

Rossiya Turkmanistonning Yevropaga gaz yetkazib berish harakatlariga toʻsqinlik qilish maqsadida ekologiyaga oid bahonalarni ilgari surmoqda. [Pexels]

TANAP quvuri oʻtgan yili qurib bitkazilgan edi. TAPning qurilish ishlari esa, loyiha veb-saytiga koʻra, qariyb 90 foizga bajarilgan.

Oʻtmishda Moskva va Tehron Kaspiy dengizidan birgalikda foydalanishga huquqiy asos yoʻqligini bahona qilib, loyihaga toʻsqinlik qilar edilar.

Biroq, oʻtgan yili avgustda Kaspiyboʻyi mintaqasidagi 5 mamlakat - Rossiya, Eron, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Turkmaniston Qozogʻistonning Oqtov shahrida Kaspiy dengizining huquqiy maqomini belgilovchi Konvensiyani imzolaganlar.

Ekologik bahonalarga oʻtish

Endilikda Turkmaniston Rossiya gaz quvuri tarmoqlarini chetlab oʻtgan holda Yevropaga gaz eksport qilish boʻyicha muzokara boshlayotgan bir vaqtda, Moskva toʻsatdan ilgari uni zinhor xavotirga solmagan ekologik muammolarni “aniqlagan”.

“Uning Trans-Kaspiy gaz quvuri loyihasiga nisbatan munosabati oʻzgarishsiz qoladi”, deb aytgan Rossiyaning Ozarbayjondagi elchisi Mixail Bocharnikov 4-iyul kuni Ozarbayjonning Caspian Energy nashriga bergan intervyusida.

“Biz, eng avvalo, atrof-muhitni qoʻriqlash va muhofaza qilishga oid xalqaro kelishuvlar doirasidagi majburiyatlarimizni bajarishimiz lozim”, deb aytgan Bocharnikov.

“Ayrim iqtisodiy oʻyinchilarning faraziy va oshkoralikdan xoli boʻlgan foydalari Kaspiyboʻyi mamlakatlarining manfaatlari va suv havzasi ekologiyasini saqlash istiqbollaridan ustun turmasligi kerak”, deb qoʻshimcha qilgan elchi.

Qoʻsh standartlar

Turkmaniston hukumatiga yaqin manbalardan birining aytishicha, Bocharnikovning soʻzlari “mamlakat rahbariyatini taajjubga soldi”.

Manbaning soʻzlariga koʻra, Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi va neft-gaz sanoati rahbariyati ushbu intervyuni Moskvaning loyiha kelajagiga “bolta urish” va Turkmanistonga Kaspiy dengizi orqali gaz quvuri barpo etishga bermaslik urinishi sifatida baholangan.

Rasmiy Ashxobod elchining soʻzlariga javob qaytarganicha yoʻq.

“Rossiyaning oʻzi “Shimoliy oqim” yoki “Turk oqimi” gaz quvurini barpo etayotganida, negadir atrof-muhit va ekologiya muammolarini koʻtarib chiqmaydi”, deydi “Turkmangaz” davlat korxonasining ismi oshkor etilishini istamagan rahbarlaridan biri.

Turkmaniston Trans-Kaspiy gaz quvurini ilgari sura boshlashi bilan esa, Rossiya shu zahoti oʻz elchisi yoki boshqa vakillari orqali suv havzasi ekologiyasini saqlab qolish boʻyicha “oʻzgarmas pozitsiyasini” bildiradi”, dedi direktor.

“Bu qoʻsh standartlardan boshqa narsa emas”, deydi u.

Shunday boʻlsa-da, Moskvaning gaz quvuri qurilishiga toʻsqinlik qilish urinishlari “besamar boʻladi”, dedi u.

Direktorning soʻzlariga koʻra, Turkmaniston gʻarbga gaz eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha salmoqli ishlarni amalga oshirib boʻlgan.

Turmaniston 773 km uzunlikka ega va 2,5 mlrd. dollarga (8,8 mlrd. dollar turkman manati) baholangan “Sharq-janub” ichki gaz quvurini barpo etib, foydalanishga topshirgan va u Trans-Kaspiy gaz quvurining toʻliq oʻtkazuvchanlik quvvati bilan ishlashini taʼminlaydi.

“Bu bizga mamlakat sharqidagi yirik “Galkinish” va “Davlatobod” konlaridan Trans-Kaspiy quvuri boshlanadigan Kaspiy dengizi boʻyiga gaz olib oʻtishga imkon berdi”, dedi “Turkmangaz” vakili.

Direktorning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning Kaspiy ekotizimini saqlab qolish borasidagi xavotirlari shunchaki bir bahona, xolos. Asosiy maqsad boshqa – Turkmanistonga Yevropa tomon yoʻnaltirilgan gaz tarmoqlarini rivojlantirishga bermaslikdir, sababi Rossiya bu yerda yakka monopolchi boʻlib qolishni istayapti .

Rossiyaning xavotirlari

“Agar Rossiya Turkmaniston Trans-Kaspiy gaz quvuri loyihasining ekologik xavfsizligini taʼminlashga qodir emas, deb oʻylayotgan boʻlsa, adashadi”, deb aytgan anonim qolishni istagan yoqilgʻi-enertika sohasidagi turkman hukumati vakili.

“U (Bocharnikov) shuni bilsinki, soʻnggi 10 yil ichida milliardlab dollarlik bir nechta mega-loyihani amalga oshirgan Turkmaniston suvosti gaz quvurining ekologik xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi”, dedi u.

Rossiyani “Turkmanistonning Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya orqali Yevropa bozoriga gaz yetkazib berishi mumkinligi” xavotirga solmoqda, shu sababli ham u tarafdan shunday “asossiz daʼvolar” yangramoqda, dedi mansabdor.

Kaspiy dengizi tubidan oʻtuvchi gaz quvuri loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Zero, ittifoq mamlakatlari Rossiyaga doimo energetik jihatdan qaram boʻlishni istamaydilar, deb qoʻshimcha qildi u.

Uning aytishicha, Trans-Kaspiy gaz quvuri boʻyicha ishlar Rossiyaning qarshiligiga qaramay davom etadi, sababi mazkur loyiha nafaqat Turkmaniston, balki Kavkaz va Yevropadagi koʻplab mamlakatlarning taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?
9
Yo‘q
Fikrlar 14
Siyosat
Captcha
| 2019-08-02

Manimcha Turkaniston kaspiy ning huquqiy maqomi kovesiyasini chuqurroq organish kerak Evropa davlatlariniyam ishga solish kerka manimcha Evropani yordami kerka boladi

Javob berish
| 2019-07-31

Rossiyaning qarta dastasida doim beshta tuz boʻladi. Muammoni BMTda hal qilish kerak.

Javob berish
| 2019-07-25

Har bir davlat mustaqil boʻlganidan soʻng oʻzining haq-huquqlariga ega boʻlishi kerak. Faqat Rossiyaning oʻyiniga oʻynamaslik kerak.

Javob berish
| 2019-07-24

Bu ishni shundoq qoʻyishmaydi, ularda harbiy gʻavvoslar bor axir...

Javob berish
| 2019-07-24

Turkmaniston hech narsa qilolmaydi. Rossiya u yerda xohlagan ishlarini qiilb yuborishi mumkin. Yevropa ham yordam berolmay qoladi. Tinchgina kelishib ishlasin. Xalqqa qiyin qilmasdan.

Javob berish
| 2019-07-21

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vafot etdi. Bu haqda Yevroosiyo muammolari monitoringi instituti rahbari, siyosatshunos Aslan Rubayev mahalliy manbalardan biriga tayanib, “Govorit Moskva” radiostansiyasiga xabar bergan. U mazkur xabarni turkmanistonlik biznesmenlardan eshitganini aytgan. Maxsus xizmatlar xodimlariga koʻra, bu hodisa prezident taʼtilda boʻlgan vaqtda yuz bergan. Taʼkidlanishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov 15-iyul kuni taʼtilga chiqqan.

Javob berish
| 2019-07-21

Va nihoyat, haqiqat yuzaga chiqmoqda.

Javob berish
| 2019-07-19

Trans-Kaspiy gaz quvuri butun Markaziy Osiyo uchun juda muhim! Ayniqsa, Turkmaniston va Qozogʻiston uchun. Rossiyaning “xavotirlari” bilan kimga qiziq? Trans-Kaspiy gaz quvurining qurilishi davom etish kerak!

Javob berish
| 2019-07-18

Aslida Rossiyani ekologiya umuman qiziqtirmaydi. U tabiiy gaz borasida Yevropadagi raqobatdan choʻchiyapti.

Javob berish
| 2019-07-18

“Shimoliy Oqim-2” ham ekologik meʼyorlarga xilof ravishda barpo etilmoqda.

Javob berish
| 2019-08-15

Shundaymi? Havola bering, oʻqib chiqay.

Javob berish
| 2019-09-21

“Shimoliy Oqim-2” quvurini ham taqiqlashni boshlashdi. Rossiya nima ekanligini tushunishdi

Javob berish
| 2019-07-18

Aslini olganda, Rossiya va Eron TAPHga qarshi turishda bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuning uchun ham, ular (Rossiya va Eron) oʻzlari qandaydir kamchilikka yoʻl qoʻysalar, bunga koʻz yumadilar. Masalan, Eronning oʻzi Kaspiy dengizidan har yili 200 kub suv tortib olishga harakat qiladi – ularning nazdida bu ekologoyaga hech qanday zarar keltirmaydi.

Javob berish
| 2019-07-18

Nima ham deyish mumkin, Rossiya hech qachon halol raqobat qoidalariga amal qilmagan. “Shimoliy oqim-2” loyihasi bilan bogʻliq barcha standartlar va ekologik masalalarni baholab olish maqsadga muvofiq boʻlardi.

Javob berish