Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH uskunalari Tojikistonga yadroviy materiallar kontrabandasiga qarshi kurashda yordam beradi

Karvonsaroy

AQSH elchisi Jon Mark Pommersheym (chapdan ikkinchi) va Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) rasmiysi 6-dekabr kuni Dushanbeda uskunalarni topshirish marosimida ishtirok etishdi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

AQSH elchisi Jon Mark Pommersheym (chapdan ikkinchi) va Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) rasmiysi 6-dekabr kuni Dushanbeda uskunalarni topshirish marosimida ishtirok etishdi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

DUSHANBE – 6-dekabr (dushanba) kuni Qoʻshma Shtatlar Tojikistonga chegarada va mamlakat ichida yadroviy va radioaktiv materiallar kontrabandasiga qarshi kurashda yordam berish maqsadida xavfsizlikni taʼminlash va radiatsiyani aniqlash uskunalarini hadya qildi.

Dushanbe shahridagi Tojikiston kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy xavfsizlik agentligining mintaqaviy oʻquv markazida oʻtgan jihozlarni topshirish marosimida AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym va Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) xodimi ishtirok etdi. Bu haqda Tojikistondagi AQSH elchixonasi xabar bergan.

Qiymati 1 mln dollardan (11,3 mln somoniy) ortiq yangi uskunalar portativ va koʻchma aniqlash tizimlari, kuzatuv moslamalari, avtotransport vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish toʻplamlari va radiatsiyani aniqlaydigan zamonaviy mobil qurilmalar, shuningdek, tegishli treninglar va texnik xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi hamda GKNBning butun mamlakat boʻylab kontrabandaga qarshi operatsiyalariga yordam beradi.

Uskunalar va tegishli treninglar AQSH Energetika vazirligining yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi (DOE/NNSA) tomonidan taqdim etilgan.

2022-yilda AQSH Energetika vazirligining yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi AQSH Federal tergov byurosi bilan birgalikda yadroviy materiallar kontrabandasi bilan bogʻliq holatlar tekshiruvini kuchaytirish maqsadida Tojikiston idoralari uchun qoʻshma trening oʻtkazadi.

Xalqaro yadroviy xavfsizlik sohasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning yangi davrini eʼlon qilishdan mamnunman”, dedi Pommershaym.

“Bugun biz AQSH Energetika vazirligining yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi yordamining birinchi bosqichini namoyish qilmoqdamiz. Bu AQSH va Tojikiston oʻrtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadamdir”, dedi u.

“Qoʻshma Shtatlar va Tojikiston tojik chegaralarini qoʻriqlash uchun narkotiklar va terrorizmga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda hamda ayni vaqtda odamlar va tovarlarning qonuniy oʻtishini osonlashtirmoqda”.

“Ushbu muhim yangi imkoniyatlar bilan biz yadroviy va radioaktiv materiallar kontrabandasiga qarshi kurash boʻyicha hamkorligimizni yanada kengaytiramiz”, dedi Pommershaym.

Bayonotda aytilishicha, DOE/NNSA yadroviy va radioaktiv materiallar noqonuniy harakatining oldini olish va barham berishga qaratilgan milliy kompleks aniqlash dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun keng koʻlamli tajriba, bilimlar va vositalarni taqdim etadi.

AQSH Energetika vazirligining yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi 2013-yildan beri Tojikistonda yadroviy materiallar kontrabandasiga qarshi kurash loyihalariga 12 million dollardan (135,5 million somoniy) ortiq mablagʻ ajratgan.

GKNB bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikdan tashqari, DOE/NNSA Tojikiston davlat bojxona xizmati, Davlat chegara xizmati, Ichki ishlar vazirligi (IIV) va Fanlar akademiyasi huzuridagi yadroviy va radiatsion xavfsizlik agentligi bilan Tojikistonning yadroviy va radioaktiv materiallar kontrabandasiga qarshi kurash salohiyatini yanada kuchaytirish yoʻlida hamkorlikni davom ettirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500