Karvonsaroy

Qozog‘iston hukumati Suriyada og‘ir ahvolda qolgan bolalarni vataniga qaytarishga harakat qimoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Suriyadagi urush hududlarida og‘ir ahvolda qolgan bolalarni qaytarish ustida ishlamoqda, deb xabar beradi Kazinform payshanba, 14-dekabr kuni.

Urush hududlariga safar qilgan Qozog‘iston fuqarolarining ko‘pchiligi terrorchi guruhlar safida jang qilib, halok bo‘lishgan, ularning farzandlari esa qochqinlar lagerlarida qolib ketgan, deydi Vazirlikning konsullik xizmati rahbari Ardak Madiyev.

“Biz Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan hamkorlikda bolalarni topish hamda ularni vataniga qaytarish uchun tadbirlar rejasini ishlab chiqmoqdamiz,” dedi u Ostonada o‘tgan brifing chog‘ida.

Jabr ko‘rgan bolalarni aniqlash juda qiyin masala, “kichik yoshda bo‘lganliklari sabab ular qayerdan kelganliklarini ayta olishmaydi, chunki ular jangovar hududlarda 3-4 yildan beri yashab kelishadi”, deb qo‘shimcha qildi u. “Balki o‘sha yerda tug‘ilgandirlar ham.”

Yaqinda Qozog‘istonlik o‘n bir nafar fuqaro, jumladan 9 ta yosh bola Yaqin Sharqdagi urush zonalaridan uylariga qaytdilar, dedi u.

Tashqi ishlar vazirligi Ta’lim va fan vazirligi bilan birgalikda Qozog‘istonga qaytganlarni deradikalizatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘radi, dedi Madiyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500