Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-04

Suriyada ID safiga qo‘shilgan tojik fuqarosi 12 yilga qamaldi

Karvonsaroy

ISFARA, Tojikiston – 3-may, payshanba kuni Isfara sudida Suriyada terrorсhilar safida jang qilgan tojikistonlikka hukm o‘qildi, deb xabar beradi Asia-Plus nashri.

Navgilemdan (Isfaraning bir qismi) bo‘lgan 28 yashar Abduvaqos Olimov 12,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Unga nisbatan jangarilik faoliyati va chet eldagi qurolli nizolarida ishtirok etish ayblovlari qo‘yildi.

Olimov Moskvada migrant bo‘lib ishlab yurgan vaqtida “Islom Davlati” (ID) jangarilariga internet orqali qo‘shilgan, dedi sud jarayoniga raislik qilgan sudya Komiljon Ganizoda.

U 2014-yilning noyabr oyida Suriyaga Turkiya orqali kirib borgan va Al-Raqqada joylashgan ID lagerida jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan, dedi G‘anizoda.

Suriya hukumati Olimov va yana bir nechta ID jangarilarini 2016-yilning noyabr oyida qo‘lga olib, Turkiyaga jo‘natish oldidan 9 oy qamoqda ushlab turgan, dedi u. Olimov o‘tgan yilning 15-noyabrida Tojikistonga deportatsiya qilingan.

Tojikiston ichki ishlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, 2012-2016-yillar davomida kamida 1094 ta tojikistonlik (ulardan 200 nafari ayollar) ID safiga qo‘shilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha