Karvonsaroy

Rossiyada migrantlarga taalluqli yangi qoidalar huquq faollarini xavotirga solmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Rossiya Federal migratsiya xizmati mamlakatda allaqachon irqchilik va zo‘ravonlikka duch kelgan migrantlar uchun qoidalarni yanada qat’iylashtirdi, deb xabar berdi 6-iyul, juma kuni 24.kg nashri.

Endilikda ish beruvchilar mehnat muhojirlarini o‘zlarining yuridik manzillarida ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydilar, buning o‘rniga migrantlar yashash joylarida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi, deb xabar beradi agentlik.

Moskva shahri va viloyatidagi uy-joy egalari xorijlik fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydilar.

Rossiyada migratsiya qonunlarini buzganlik uchun jarimadan tortib deportatsiyagacha jazo qo‘llaniladi.

Yangi qoida muhojirlarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi, deydi inson huquqlari faoli Valentina Chupik.

“Endilikda kompaniya migrantning yashashi uchun uy-joy ajratib bermaydigan bo‘lsa, bu kompaniya manzilida ro‘yxatdan o‘tishning imkoni bo‘lmaydi. Ammo kompaniyalar uy-joyga ega emas”, dedi u.

Rasmiy xabarlarga qaraganda, bugun kunda Rossiyada 650 mingga yaqin qirg‘iz fuqarolari mehnat qilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500