Karvonsaroy
Biznes

Investitsiyalar hajmi ortishi fonida AQSH savdo missiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

Maksim Yeniseyev

Amerikaning “Wendy's” tezkor ovqatlanish restoranlari tarmogʻi 18-iyun kuni Toshkentda oʻzining dastlabki 2 ta shaxobchasini ishga tushirdi. (Maksim Yeniseyev)

Amerikaning “Wendy's” tezkor ovqatlanish restoranlari tarmogʻi 18-iyun kuni Toshkentda oʻzining dastlabki 2 ta shaxobchasini ishga tushirdi. (Maksim Yeniseyev)

TOSHKENT – Markaziy Osiyo mamlakatiga nisbatan ortib borayotgan qiziqish fonida shu oy AQSH savdo vazirligi oʻzining ilk sertifikatlangan savdo missiyasini Oʻzbekistonga yubordi.

“Procter Gamble”, “General Electric”, “Caterpillar”, “John Deere” kabi yirik Amerika kompaniyalari vakillarini oʻz ichiga olgan savdo missiyasi 18-iyun kuni Toshkentga tashrif buyurgan.

AQSH savdo vaziri Uilbur Ross va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning oktabr oyida Toshkentda ushbu missiyani tashkil etishga kelishib olgan edilar.

Aloqalarni qidirish va ustuvorliklarni belgilash

Savdo missiyasi oʻz tashrifi asnosida Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, energetika, transport va sogʻliqni saqlash vazirlari hamda Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashgan.

AQSH savdo missiyasi vakillari 18-iyun kuni Toshkentda Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan uchrashdi. (AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi)

AQSH savdo missiyasi vakillari 18-iyun kuni Toshkentda Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan uchrashdi. (AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi)

18-iyun kuni “Wendy's” tarmogʻining Toshkentdagi shaxobchasiga tashrif buyurgan oʻzbekistonliklar. (Maksim Yeniseyev)

18-iyun kuni “Wendy's” tarmogʻining Toshkentdagi shaxobchasiga tashrif buyurgan oʻzbekistonliklar. (Maksim Yeniseyev)

Oʻzbekiston tomoni mamlakatning sarmoyaviy salohiyati taqdimotini oʻtkazdi, tomonlar potensial loyihalar va hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv chogʻida AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum Oʻzbekiston bozorining salohiyatiga eʼtibor qaratayotgan Amerika kompaniyalari soni oshib borayotganini taʼkidladi.

Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston va amerikalik ishbilarmonlar oʻrtasida chuqur va keng koʻlamli aloqalarni ragʻbatlantiradi, dedi u.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning strategik hamkoridir, dedi Umurzoqov Rozenblyum bilan birgalikda oʻtkazilgan brifingda.

Energetika, kimyo va neft-kimyo, togʻ-kon sanoati, qurilish materiallari, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va logistika sohalari Oʻzbekiston – AQSH hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi, deb aytgan Umrzoqov vazirlik matbuot xizmatiga xabariga koʻra.

Uchrashuv yakunida tomonlar AQSH investitsiyalari va Oʻzbekistonda biznes yuritish uchun savdo sheriklarini jalb qilishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqni kengaytirish – ekstremizm chaqirigʻiga qarshi kurashga yordam beradigan umumiy taraqqiyot va fikr almashish yoʻlidir.

AQSHning kuchayib borayotgan qiziqishi

2017 yilda Oʻzbekiston bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni boshlaganidan beri, Amerikaning yirik kompaniyalari oʻzbek bozoriga qiziqish bildirmoqda.

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotiga koʻra, 2018 yilning dastlabki toʻrt oyida kiritilgan xorijiy investitsiyalarning 28 foizi AQSH hissasiga toʻgʻri kelgan, Xitoy investitsiyalari umumiy hajmning 10 foizini, Rossiya investitsiyalari esa 6 foizni tashkil etgan.

2019-yil uchun statistik maʼlumotlar hali eʼlon qilinmagan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Tramp 2018-yil may oyida Vashingtonda boʻlib oʻtgan tarixiy uchrashuvda umumiy qiymati 4,8 milliard dollariga (41,1 trillion soʻm) teng shartnomalarni imzolagan edilar. Biroq, oʻzaro savdo aylanmasi hajmi kichikligicha qolmoqda, bu esa Oʻzbekistonda AQSH kompaniyalariga oʻsish uchun imkoniyat yaratadi.

2018-yilda AQSHning Oʻzbekiston eksportidagi ulushi atigi 0,1% foizni tashkil etgan boʻlsa, Oʻzbekiston importida Amerika mahsulot va xizmatlari 2,3 foizga teng boʻlgan.

“Oʻzbekistonga kelayotgan amerikalik ishbilarmonlarning xavotirlarini tushunsa boʻladi”, deydi toshkentlik iqtisodchi Shukurullo Mavlonov.

“Bir tomondan, Oʻzbekiston 33 million kishilik bozor boʻlib, unda butun dunyoda tarqalgan mahsulot va xizmatlar deyarli yoʻq”, dedi u.

“Boshqa tomondan, Oʻzbekistonda uzoq yillar davomida valyuta konvertatsiyasi, daromadlarni chiqarish va xususiy mulkni muhofazasi bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlgan”, dedi Mavlonov.

“Investorlar islohotlarning borishini kuzatmoqdalar va ularning Savdo missiyasi tarkibidagi tashrifi qiziqishlarni aniq loyihalarga aylantirish vaqti kelganidan darakdir”, dedi u.

Yetakchi AQSH kompaniyalari Oʻzbekiston bozoriga kirishda davom etmoqda

AQSHning oʻzbek bozoriga qiziqishi tobora ortib borayotganining belgisi oʻlaroq, Amerikaning “Wendy's” tezkor ovqatlanish restoranlari tarmogʻi 18 oktyabr kuni Oʻzbekistondagi dastlabki ikkita savdo nuqtasining ochilish marosimini oʻtkazdi.

“Wendy's” 2018-yilda Oʻzbekistonda “KFC” va “Baskin-Robbins”dan keyin ochilgan uchinchi Amerika restoranlari tarmogʻidir. Yaqin kunlarda “Dunkin Donuts” ham Oʻzbekistonda oʻz shaxobchasini ochishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonliklar burgerlarni tatib koʻrishdi. Restoranlar tarmogʻi dunyo boʻylab 6700 dan ortiq savdo nuqtalariga ega.

“Oʻzbekiston “Wendy’s” brendi uchun ulkan salohiyatga ega dinamik bozor hisoblanadi”, dedi kompaniyaning Oʻzbekistondagi ijrochi direktori Samson Pxakadze Toshkentdagi ochilish marosimida.

“Mahalliy hamkorlarimiz bilan birga, biz taklif qilayotgan menyu keng tanlov va sifatli taomlarni istovchi oʻzbek mijozlariga maʼqul kelishiga ishonamiz”, dedi u.

“Butun dunyoda keng tarqalgan mahsulotlar Oʻzbekistonga kirib kelayotganidan mamnunman”, deydi “Wendy's”ning Toshkentdagi ilk mijozlaridan biri Marat Abdulxalikov.

“Bizda AQSH yoki boshqa mamlakatlarning jahonga mashhur brendlari oʻz restoranlarini ochar ekan, biz endi u qadar yopiq mamlakat emasligimizni va chinakam oʻzgarishlar yuz berayotganini sezish mumkin”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Оk

Javob berish

Yana amerikaliklarmi! Qachongacha axlat uchun pul toʻlaymiz ularga? Avval GM, endi esa fast-fud

Javob berish

GM bilan fast-fud. Umuman olganda, gamburgerlar bizning mintaqaga mos emas. Har qanday burgerdan koʻra, doner kabob yaxshiroq. Qandaydir tushunarsiz qiyma emas, balki goʻsht borligi koʻrinib turadi.

Javob berish