https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/01/18/newsbrief-02

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH rasmiylari bilan o‘zaro munosabatlar va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Karvonsaroy

VASHINGTON, Kolumbiya okrugi – O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSHning yuqori lavozimli rasmiylari bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda 18-yanvar, payshanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

17-yanvar, chorshanba kuni Komilov AQSHning siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Tomas Shennon bilan “siyosiy, savdo, iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy, gumanitar va boshqa sohalarda o‘zbek-amerika muloqotini yanada rivojlantirish” masalalari yuzasidan fikr almashdi, deb xabar beradi vazirlik.

Shu bilan birga, Komilov “ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xususan Afg‘onistondagi vaziyat hamda xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish” masalalarini muhokama qilish uchun AQSH prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi G. R. MakMaster bilan ham uchrashgan.

Sizga maqola yoqdimi?
3
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha