https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/06/08/newsbrief-01
Kreml Tojikistondagi ID hujumidan mintaqada oʻz manfaatlarini ilgari surish yoʻlida foydalanishi mumkin

Qirg‘iziston hukumati korrupsiyaga botgan amaldorlarga qarshi “ov” e’lon qildi

Karvonsaroy

BISHKEK –Xavfsizlik kengashi raisi Damir Saginbayevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston korrupsiyaga botgan amaldorlarning jazosini bermoqda, deb yozadi 24.kg nashri juma (8-iyun) kuni.

Korrupsiya oqibatida davlat xazinasi milliardlab so‘m zarar ko‘rmoqda, deb ma’lum qildi Saginbayev mamlakat bosh prokuraturasining muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida.

Korrupsiyaga aloqador deb topilgan amaldorlar avvalgi xizmatlariga qaramay, jinoiy javobgarlikka tortiladilar, dedi u.

“Korrupsiyaga qarshi kurash barcha sohalarda boshlangan va to‘xtamaydi. Mamlakat rahbariyati bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda”, dedi Saginbayev.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha