BISHKEK – Qirgʻiziston AQSH bilan aloqalarni tiklashni rejalashtirmoqda, YI bilan esa yanada yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu haqda prezident Sooronbay Jeenbekov chorshanba (19-dekabr) kuni Bishkekda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Qirgʻizistonning avvalgi hukumati AQSH bilan hamkorlik haqidagi hujjatni 2015-yilda bekor qilgandi, dedi u.
“Ayni paytda biz bu yoʻnalishda ishlab, hamkorlik qilmoqdamiz. Aloqalarimiz yangilanadi. Tabiiyki, biz faqat respublika manfaatlari doirasida hamkorlik qilamiz”, dedi Jeenbekov.
Qirg‘iz prezidenti bilan yaxshilab ishlashgan shekilli, amerikoslar bilan munosabatni zoʻr berib tiklashga harakat qilmoqda... Xo‘sh, davlat iqtisodiyotiga qanday ta’sir etishini ko‘raylikchi... Tajriba shuni ko‘rsatadi-ki, amerikaliklar faqat va’da qilishadi, haqiqatda esa AQSH bilan do‘stlashishni istagan hamma davlatlar faqirlikka mubtalo bo‘lishadi va ularning iqtisodiyoti asta-sekin tubanlikka yuz tutadi...
Javob berishFikrlar 1