Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-09-11 | Xavfsizlik

Rossiyaning eng katta harbiy o‘yinlari Markaziy Osiyoda qarshi yo‘naltirilgani aytilmoqda


Rossiya vertolyotlari mamlakatning eng yirik harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, 11-sentabr, 2018-yil. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya vertolyotlari mamlakatning eng yirik harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, 11-sentabr, 2018-yil. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Karvonsaroy

11-sentabr, seshanba kuni Rossiyaning keng miqyosli harbiy o‘yinlarni boshlab yuborishi Markaziy Osiyo fuqarolarida Kremlning rejalari borasida xavotir uyg‘otgan.

Sharqiy Sibirda “Vostok-2018” deb nomlangan keng miqyosli urushni simulyatsiya qiluvchi harbiy mashqlar 15-sentabrgacha davom etadi, unda xitoylik va mo‘g‘ulistonlik askarlar ham ishtirok etmoqdalar.

Bu mashqlarga 300 ming askar, 36 ming dona harbiy texnika, 1000 ta samolyot va 80 ta harbiy kema jalb etilgan, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 28-avgust kuni. U mashg‘ulotlar “unda ishtirok etayotgan harbiy kuchlar soni va qamrab olingan hudud jihatidan misli ko‘rilmagan darajada” bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.


Videodan olingan kadrda Rossiyaning harbiy kemasi 2018-yilning 11-sentabrida boshlangan keng ko‘lamli mashqlarda ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgani tasvirlangan. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Videodan olingan kadrda Rossiyaning harbiy kemasi 2018-yilning 11-sentabrida boshlangan keng ko‘lamli mashqlarda ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgani tasvirlangan. (Rossiya mudofaa vazirligi)


2018-yilning 11-sentabrida bo‘lib o‘tgan mashqlarda qatnashayotgan Xitoy zirhli mashinalari. Ushbu harbiy mashg‘ulotlarda Rossiyaning 300 ming askari ishtirok etgani xabar qilingan. (Rossiya Mudofaa vazirligi)

2018-yilning 11-sentabrida bo‘lib o‘tgan mashqlarda qatnashayotgan Xitoy zirhli mashinalari. Ushbu harbiy mashg‘ulotlarda Rossiyaning 300 ming askari ishtirok etgani xabar qilingan. (Rossiya Mudofaa vazirligi)


Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Rossiya Gruziya hududini bosib olganiga o‘n yil to‘lgan sana – 8-avgust kuni Tbilisidagi Muxatgverdi qabristoniga tashrif buyurib, Rossiya va Gruziya urushida halok bo‘lganlar xotirasini yod etdi va gulchambar qo‘ydi. Urush natijasida Gruziya o‘z hududining beshdan bir qismini Rossiyaga boy bergan. (Gruziya prezidenti ma’muriyati)

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Rossiya Gruziya hududini bosib olganiga o‘n yil to‘lgan sana – 8-avgust kuni Tbilisidagi Muxatgverdi qabristoniga tashrif buyurib, Rossiya va Gruziya urushida halok bo‘lganlar xotirasini yod etdi va gulchambar qo‘ydi. Urush natijasida Gruziya o‘z hududining beshdan bir qismini Rossiyaga boy bergan. (Gruziya prezidenti ma’muriyati)

Rossiya armiyasi bu mashg‘ulotlarni SSSR davrining eng yirik, 1981-yilda o‘tkazilgan mashqlariga qiyoslagan. Ammo Mudofaa vaziri Sergey Shoygu hozirgi mashqlar avvalgisidan ancha katta bo‘lishini ta’kidladi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov mashg‘ulotlar hajmi va ko‘lami haqida gapirar ekan, mamlakatdagi iqtisodiy muammolarga qaramay, Rossiyaning mudofaa qobiliyati uchun davlat mablag‘ini sarflash “oqilona, kerakli va yagona chora”, deb aytgan.

Bu orada, turmush sharoitlarining og‘irligidan 18-24 yoshdagi rossiyaliklarning uchdan biri chet elga ko‘chib ketishni istamoqda, ko‘pchilik Markaziy Osiyoliklar esa o‘z vatanlariga qaytmoqdalar.

Shubhali kuch namoyishi

Harbiy mashqlardan ko‘zlangan maqsad – muhim ko‘nikmalarni sinash bo‘lsa-da, aslida ular orqali mamlakatning potensial muxoliflariga haqiqiy to‘qnashuvlar vaqtida qanday harakat qilishni “ko‘rsatib qo‘yish” maqsad qilingan.

2014-yilda Moskva Ukrainaga bostirib kirgani va shu yili Qrimni anneksiya qilib olganidan so‘ng, Rossiya 80 ming askar ishtirokida butun mamlakat bo‘ylab harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.

“Odatda, bunday mashqlar yaxshilikdan darak bermaydi”, deydi Toshkentda istiqomat qiladigan o‘zbekistonlik siyosatshunos Valeriy Xon Karvonsaroy nashriga.

“Albatta, bularga hech qanday harbiy zarurat yo‘q”, dedi u. “300 ming askar ishtirok etadigan, Ikkinchi Jahon urushi kabi keng miqyosli nizoga guvoh bo‘lmasak kerak. Bu Rossiya o‘z kuchini namoyish qilish uchun foydalanayotgan siyosiy hatti-harakatdir.”

“Biz Rossiya Ukrainada o‘zining harbiy qudratidan foydalanayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday namoyish sobiq Sovet mamlakatlari, shu jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham tinch qo‘shnichilik haqida ishonch bermaydi”, dedi u.

“O‘zbekiston ulkan armiyani o‘rtacha hajmli professional armiyaga almashtirdi”, dedi sobiq O‘zbekiston armiyasi zobiti, toshkentlik Alisher Mamatxo‘jayev Karvonsaroy nashriga. “Sababi – ayni damda terrorchilar, ekstremistlar va ayirmachilar tomonidan chiqarilgan mahalliy nizolar asosiy tahdidlar hisoblanadi.”

“Davlatimiz hech kimga hujum qila olmaydi, ammo biz o‘zimizni himoya qilishga qodirmiz”, dedi u. “Rossiya armiyasi esa agressiv, u mudofaa armiyasi emas.”

“Bunday keng miqyosli mashqlar dunyo bo‘ylab xavotirlarni kuchaytiradi”, dedi u. “Chunki, nishon kim ekanligini aniq emas.”

Markaziy Osiyo: xavotirli qarashlar

“Bunday keng miqyosli mashqlar meni qo‘rquvga solmoqda”, dedi bishkeklik 39 yashar tadbirkor Mirlan Ismailov Karvonsaroy nashriga. “Rossiya global urushga tayyorgarlik ko‘rayotganga o‘xshaydi.”

“Rossiyadagi moliyaviy inqiroz turmush darajasini pasaytirib yubormoqda”, dedi u. “Rubl qadrining tushishi Qirg‘iziston iqtisodiyotiga ham ta’sir qilmoqda, bizdagi eksportchilarning raqobatbardoshligi ham sustlashgan. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilayotgan vaqtimizda esa Moskva bizga boshqacha va’dalar bergan edi.”

“Ammo, Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy muammolarni hal qilish o‘rniga yana bir bora qurollar bilan o‘ynamoqda”, dedi u.

Ayni damda Putinning ichki siyosatdagi ustuvor maqsadi ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshini oshirishni ko‘zda tutuvchi pensiya islohotlaridan keyin, xalq noroziligini kamaytirishdir.

Bunday harbiy mashqlarga Markaziy Osiyoliklarning munosabati qanday? degan savolga olmaotalik siyosatshunos Talgat Ismagambetov “xavotirli”, deb javob berdi.

Bunday mashqlar Markaziy Osiyo mamlakatlarini “harbiy salohiyatni oshirishga undaydi, chunki ular Moskva tomonidan sobiq Sovet davlatlari bo‘lgan Ukraina va Gruziyaga nisbatan olib borilgan strategiya haqida o‘ylanib qoladilar”, dedi u. “Kichik bo‘lsa-da, harbiy kuch kerak bo‘ladi.”

Bunday mashqlar Rossiyaning ichki muammolaridan darak beradi va Putinning reytingini tushiradi”, dedi u.

“Bu dolzarb bo‘lib turgan muammolardan chalg‘itishga urinish”, deydi u. “Putin yana vatanparlik qartasi bilan o‘yin qilib, o‘z xalqiga “anoyi emasligini” ko‘rsatmoqchi. Turmush darajasi pasayib borayotgan vaqtda bu ishni qanday amalga oshirish mumkin? Faqat harbiy qudratni namoyish etish orqali”.

“Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari sekin-asta Rossiyadan uzoqlashib, Buyuk Ipak Yo‘li konsepsiyasi asosida shimoldan janubga yo‘l ochmoqda va mintaqaviy hamkorlikka e’tibor qaratmoqda”, dedi Ismagambetov.

Xavotirlar kuchaymoqda

Moskvaning niyatlari nuqtayi nazaridan qaralsa, Rossiyaning Gruziya va Ukrainaga tegishli hududlarni noqonuniy ravishda tortib olishi (Gruziyaning bir qismi Rossiya tarafidan bosib olinganiga 10 yildan oshdi) va uning butun dunyoda, xususan Suriyadagi urushga xatarli ta’siri ochiq-ravshandir, deydi kuzatuvchilar.

Putin “aftidan, xorijda agressiv hatti-harakatlarni amalga oshirish bilan o‘z reytingini ko‘tarish orqali uning rejimi bu ishni hammasidan yaxshiroq bajara oladi, deb hisoblagan” deyiladi AQSH senatinining 10-yanvar kungi hisobotida.

Hisobotga ko‘ra, Kreml “Rossiya jamoatchiligi urushlarni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z uyidagi jinoyatchilik va korrupsiyadan chalg‘ishi uchun tashviqot va bosim o‘tkazishdan iborat nozik kombinatsiyani” qo‘llagan.

Rossiya turli mamlakatlarda o‘z tashviqotini olib borish yoki zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirish uchun “zarbdor kuchlar”ni shakllantirmoqda, deyiladi hisobotda. Bu kuchlar siyosiy jihatdan mag‘lub etilgan yoki “arosatda qoldirilgan” mamlakatlarning fuqarolariga tayanadi, ular Rossiyaning moliyaviy ko‘magi evaziga turli “iflos ishlarni” bajarishga majbur bo‘lib qoladilar.

Buning natijasida Markaziy Osiyoda, ayniqsa Qozog‘istonda Rossiyaning aralashuvi bilan bog‘liq xavotirlar kuchayib bormoqda.

Avvallari Kreml, Ukrainada bo‘lgani kabi, xorijdagi etnik ruslardan iborat milliy ozchiliklarni himoya qilishni bostirib kirish uchun bahona sifatida qo‘llagan.

Ostona profilaktik chora sifatida Qozog‘iston shimolidagi etnik ruslardan iborat aholi konsentratsiyasini kamaytirish harakatlarini boshladi – qozoqlarni mamlakat janubidan shimoliga ixtiyoriy ravishda ko‘chirish dasturini e’lon qildi.

Rossiya OAV xabariga ko‘ra, bu qadam Qozog‘iston va AQSH o‘rtasidagi chinakam hamkorlik o‘laroq Rossiyaning g‘azabini keltirmoqda.

Rossiyaning harbiy rejalari oldida Tojikiston ham ojiz qolgan.

Rossiya va Tojikiston iyul oyi o‘rtalarida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazgan, bunga Afg‘onistondan kelib chiqadigan ehtimoliy hujumlarga qarshi tayyorgarlik ko‘rish bahona o‘laroq xizmat qilgandi. Biroq, kuzatuvchilarning fikricha, bunga sabab Rossiyaning o‘z “tomorqasiga” boshqalar, xususan, Xitoyni kiritishni istamayotganidadir.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 209

Fikrlar 16

Captcha
Comment bubble | 2018-11-10

Bobolarim urib ovozini oʻchirmagan BOSMACHINING navbatdagi qoʻlansa luqmasi! Bu oʻlaksani oʻzim bir yoqlik qilaman, shundan soʻng umrimni bekorga sarflamaganimni oʻylab, xotirjam hayotdan koʻz yumaman.

Javob berish
Comment bubble | 2018-11-04

NATOga oʻxshagan Markaziy Osiyo ittifoqini tuzish kerak, askarlar soni 500-600 mingdan kam boʻlmasligi kerak (Har bir mamlakat askarlari soni aholi sonidan kelib chiqib belgilanishi lozim, yaʼni Oʻzbekiston qurolli kuchlari soni umumiy harbiylar soning yarmini tashkil qilishi kerak). Amir Temur 200 ming kishilik armiyaga ega boʻlgan, vaholanki oʻshanda Movarounnahr aholisi soni 3 mln. atrofida edi. Hozir esa Oʻzbekistonning oʻzida 33 mln. aholi bor, armiya esa kulgili darajada kichik – 50 ming kishi. Armiya uchun shuncha pulni qayerdan olamiz, deganlarga esa javob shunday: IIV xodimlari sonini dunyo boʻyicha oʻrtacha standartlargacha qisqartirish kerak. AQSHda har ming kishiga 2,4 ta, Yaponiyada 1,9 ta, Turkiyada esa 4 nafar politsiyachi toʻgʻri keladi. Turkiyadagi raqamlar olinadigan boʻlsa ham, bizdagi 33 mln.lik aholiga 132 mingta politsiyachi toʻgʻri kelishi kerak. Bizda esa ular bundan 5-6 baravar koʻp. Bunga hech qanday budjet dosh berolmaydi. Shtatni sport normativlarini topshirish bahonasida qisqartirish kerak (3 km.lik kross, 12 marta tortilish va h.k.), IIV xodimlarining 90 foizi bu imtihondan yiqiladi. Shu tariqa zamonaviy armiya barpo etish uchun mablagʻ toʻplanadi. Zobitlarni Gʻarb, Turkiya va Isroilning eng yaxshi harbiy akademiyalarida, NATO standartlari asosida oʻqitish kerak. 100-150 yil avvalgi oʻtmishni, bolsheviklar tashabbusi bilan Rossiyaning Turkistonni bosib olishi va undan keyingi “qizil terror” davri natijasida millionlab bobolarimiz, otalarimiz, onalarimiz halok boʻlganlarini unutmasligimiz kerak. Uygʻur birodarlarimizning halokatli taqdiri, Xitoy kommunistlari yuz minglab uygʻurlarni konslagerlarga tiqayotgani bizda “Xitoy musulmonlarga nisbatan doʻstona munosabatda”, degan yanglish fikrni keltirib chiqarmasligi kerak. Oʻzing uchun oʻl yetim.

Javob berish
Comment bubble | 2018-10-31

Hammayoqni Amerikososlar bosib ketdi. Qozoqlar, qirgʻizlar va oʻzbeklarni s...ib yotishibdi. Ukrainaga nima boʻlganini koʻring. Amerikoslarga ishonishgan edi. Firibgarlar

Javob berish
Comment bubble | 2018-10-25

Axmoqlar, hammasi amerikaliklarga yoqishga harakat qiladi. Sovet Ittifoqida hamma birga bo‘lganida umuman boshqacha sayrashardi. Hammasi oʻzgarganidan keyin amerikaliklarga o‘zlarini demokrat qilib ko‘rsatishni istab qolishdi.

Javob berish
Comment bubble | 2018-10-15

Intrigani qarang! Janob Karimov O‘zbekistonda vahobiylarning noqonuniy oqimlari va guruhlarini to‘xtatish va qo‘rqitish uchun ODKB mashg‘ulotlari o‘tkazilishini har tomonlama rag‘batlantirgan. Ammo janob Xan bu aytilgan mashg‘ulotlardan havotirda. Buning siri nimada? Balki janob Xan o‘zining O‘zbekistondagi “gazandalari” ustidan “ulkan taʼsirga” egadir? Balki ular uning “qo‘g‘irchoqlaridir”? Keling hammamiz qarsak chalib uni olqishlaymiz va o‘zbeklar bilan o‘zining cheksiz kuchi va qudrati sirini bo‘lishishini so‘raymiz!!!!! Shaxsan mendan iltimos, bu razilning ovozini o‘chiring !!! Bu millatchi vahobiy davlatida, ruslarning jarang-jurungini eshitib yashash tinchroq :-) :-) :-) :-) :-)

Javob berish
Comment bubble | 2018-10-15

Vahobiylar mamlakati deb sovuq gapiryaptimi? Xon byudjetning “tilla samolyotidan” hamma oltinni o‘marib bo‘lmagan aftidan. Juda “asabiylashib qolibdimi”, sabab bo‘lsa kerak!!

Javob berish
Comment bubble | 2018-10-12

Odamning ko‘ziga bunaqa narsa ko‘rinishi uchun nima chekishi kerak! Balki ilhom kelishi uchun bo‘yinbog‘ chaynayotgandirlar... (2008-yilda Gruziya va Rossiya urushi vaqtida sobiq prezident Mixail Saakashvili asabiyashib bo‘yinbog‘ini chaynayotgani jonli efirda uzatilganiga ishora qilinmoqda)

Javob berish
Comment bubble | 2018-10-11

Maqolani axmoq odam yozgan

Javob berish
Comment bubble | 2018-10-02

Bu kabi maqolalar bilan vaziyatni murakkablashtirish kimga kerak? Oʻquv mashqlari butun dunyoda oʻtkazilmoqda. Maqolalaringiz buyurtma bilan yozilganga o‘xshayapti.

Javob berish
Comment bubble | 2018-09-26

Yozilganlarning hammasi to‘g‘ri. Rossiya deb ataluvchi mamlakat butun dunyoni qo‘rqitmoqchi. Ukrainaning qahramon xalqi va ularning prezidenti P.A. Poroshenkodan o‘rnak olishimiz zarur. Ulardan qo‘rqish kerak emas! Yo‘llar, shaharlar, temiryo‘l va barcha infratuzilmani BIZ O‘ZIMIZ, QOZOQLAR barpo etganmiz.

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-10-04

To‘g‘ri. Ammo birlashsakgina kuchli bo‘lamiz. Agar Rossiya o‘ziga erk bersa, Markaziy Osiyo davlatlari birga javob qaytarishi kerak...

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-11-11

Ahahahaha, qiziqsiz-ku, nima uchun shu vaqtgacha hech nima qurmadingiz? Ot minib charchab qoldingiz shekilli. Endi biroz qimiz ichib olasiz, ayniqsa “qahramon xalq” haqida juda kulgili gap bo‘libdi. U yerga borib “buyuk Qozog‘iston” haqida gap oching. O‘zingiz haqingizda juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarni olasiz, kasalxonada reseptlardan Lotin tilini ham o‘rganasiz...

Javob berish
Comment bubble | 2018-09-25

Ishonchsizlik, shunchaki dushmanlik ruhidagi maqola. Strategik hamkorlarga ishonmaslik yaxshi emas.

Javob berish
Юрий | 2018-09-19

​Bu podborka bir tomonlama qilingan. Bular aftidan nima haqida gapirayotganlarini bilishmaydi shekilli​

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-10-08

Maqolani yozgan odam hammani o‘ziga o‘xshagan deb o‘ylaydigan axmoq ekan. Atrofda hamma jazavaga tushayotgan bo‘lsa Rossiya nima qilishi kerak? O‘zini yeb yuborishlariga jimgina qarab turishi kerakmi? Qo‘ysangizchi.......

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-10-31

Men qozoqman. Rossiya bizning himoyachimiz. Agar Rossiya boʻlmaganida, Amerika bizni emaklatib yuborgan boʻlardi, Iroqqa oʻxshab. Ruslar bizning birodarlarimiz

Javob berish