Karvonsaroy
Diplomatiya

Rossiya bitimga zid bo‘lgan raketalarni inspektorlarga ko‘rsatishdan bosh tortmoqda

Karvonsaroy

Rossiya qurolli kuchlari qisqa masofaqa uchuvchi “Iskander-M” raketasini 2017-yil sentabr oyida, Leningrad viloyatida bo‘lib o‘tgan “Zapad-2017” harbiy mashqlar davomida uchirganlar. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya qurolli kuchlari qisqa masofaqa uchuvchi “Iskander-M” raketasini 2017-yil sentabr oyida, Leningrad viloyatida bo‘lib o‘tgan “Zapad-2017” harbiy mashqlar davomida uchirganlar. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Shu haftada Rossiya rasmiylari, Sovuq urush davrining mashhur o‘rta masofaga uchadigan yadroviy qurollarni cheklovchi bitimiga zid bo‘lgan bahsli raketani nozirlarga ko‘rsatmasliklarini aytganlar.

Rossiya shartnomaga zid bo‘lgan raketalarni yo‘q qilgan taqdirda Vashingtonning O‘rta va qisqa masofalarga uchuvchi yadroviy qurollar bo‘yicha (INF) shartnomadan chiqib ketishi haqidagi ogohlantirishi muddati o‘tib bormoqda.

1987-yilgi shartnoma xavf ostida qolayotgan va NATO ittifoqdoshlari muammoni tezlik bilan hal etishga chaqirayotgan boʻlsa-da, Rossiya murosa qilishni istamayapti.

Qo‘shma Shtatlar va NATO ittifoqchilari Rossiyaning SSC-8 nomi bilan tanilgan 9M729 tizimini qayta modifikatsiya qilish yoki yo‘qotishni talab qilmoqdalar. Parvoz masofasi 2500 km boʻlgan raketa 500-5500 km masofaga ucha oladigan raketalarni taqiqlovchi tarixiy bitimga xilofdir.

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov, sanasi noma’lum surat. (Aleksander Sherbak/TASS)

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov, sanasi noma’lum surat. (Aleksander Sherbak/TASS)

“Qoshma Shtatlarning sabab oʻlaroq ko‘rsatgan qonuniy bahonasi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, Rossiyaning goʻyoki qonunni jiddiy buzayotgani haqidagi da’vosi butkul asossiz”, degan Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov chorshanba (19-dekabr) kungi Kommersant gazetasida chop etilgan intervyuda.

“Rossiya INF shartnomasida koʻrsatilgan taqiqlangan masofadagi raketalarni ishlab chiqarmagan va sinamagan”, dedi u. “Bu 9М729 raketasiga ham taalluqli.”

Ryabkov intervyu olgan jurnalistning “nima sababdan Rossiya Amerikaning xavotirini tarqatish uchun raketalarni nozirlarga ko‘rsatmaydi”, degan savoliga e’tiroz bildirgan.

“INF shartnomasida bunday talablar yoʻq”, dedi u. “Raketalarning Amerikaga namoyish qilinishi shartnoma doirasidan tashqariga chiqadigan shaffoflik bo‘lar edi.”

Rossiya hech kimga xavf solayotgani yo‘q”, deb qo‘shimcha qildi u. Ayni vaqtda Rossiya kuchlari Ukraina, Gruziya va Suriyadagi jangovar harakatlarga jalb qilingan.

Moskvaning qoidabuzarliklariga qarshi javob

Moskva INF shartnomasi boʻyicha qoidabuzarliklarni tuzatishga harakat qilmas ekan, Qo‘shma Shtatlar fevral oyidan boshlab shartnomadan chiqish bo‘yicha olti oylik jarayonini boshlab yuboradi.

“AQSH Rossiyaning shartnomani qoʻpol ravishda buzayotganini e’lon qilmoqda, agar Rossiya 60 kun ichida bitim talablarini bajarmaydigan boʻlsa, biz ham o‘z javobgarligimizdan voz kechamiz”, dedi AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo 4-dekabr kuni Bryusselda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng.

“Biz Qoshma Shtatlarning Rossiya INF shartnomasi majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzayotgani haqidagi da’volarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb bayon qilgan NATOga a’zo 29 ta davlat tashqi ishlar vazirlari Pompeoning xavotirlarini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shma bayonotda.

“Biz Rossiyani shartnoma talablariga to‘liq va faktga asoslangan holda javob berishga chaqiramiz”, deyiladi hujjatda. “INF shartnomasini saqlab qolish faqat Rossiyaning qo‘lida.”

O‘tgan besh yil davomida Vashington SSC-8 borasidagi xavotirlarini “Rossiyaning oliy rahbariyatiga” kamida 30 marotaba izhor etgan, ammo faqat inkor, chalkash va soxta da’volarni tinglab kelgan, dedi Pompeo.

Rossiyada talablarga javob berish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lsa-da, biz “shartnomasiz hayotga tayyor bo‘lishimiz kerak”, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 4-dekabr kuni.

Davomli bahslar

AQSH davlat departamenti Moskvaga “bu muammo ustida ishashi uchun yetarli ma’lumot taqdim etgan”, deyiladi AQSH davlat departamentining 4-dekabr kungi bayonotida.

Ma’lumotda raketa sinovlari tarixi, raketa va uni uchiruvchi qurilmani loyihalash va ishlab chiqishda ishtirok etgan kompaniyalar nomlari keltirilgan.

Xalqaro jamoatchilik Rossiyaning oʻz majburiyatlarini bajarmayotganidan 2014-yildayoq xavotirlana boshlagan edi. Oʻshanda AQSH davlat departamenti oʻzining yillik hisobotida “Rossiya INF shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini buzayotgani” va Qoʻshma Shtatlar Moskva bilan bogʻliq bu xavotirlarni 2013-yilda ham bildirganini aytgan.

2015, 2016, 2017 va 2018-yilgi hisobotlarda ham shuday daʼvolar bayon qilingan.

Soʻnggi mojaro oktabr oyida AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettisning ogohlantiruvidan soʻng boshlangan edi.

Rossiya INF bitimiga amal qilishga qaytishi kerak. Aks holda Qoʻshma Shtatlar bunga qarshi chora koʻrishi kerak boʻladi”, dedi u 4-oktabr kuni Bryusselda NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari bilan uchrashuvdan soʻng.

“Shubhasiz, Rossiyaning ushbu bitimni ochiqdan-ochiq buzishi bilan bogʻliq holat mutlaqo nomaqbuldir”, dedi u.

“Rossiya kelishuvni buzdi. Ular bu kelishuvni uzoq yillardan beri buzib kelmoqda”, dedi AQSH prezidenti Donald Tramp 20-oktabr kuni jurnalistlarga.

Noyabr oyida Niderlandiya hukumati Rossiyaning shartnomani buzayotganiga oid dalillarga ega ekanligini maʼlum qilgandi.

“Niderlandiya Rossiyaning yerdan turib boshqariladigan uchuvchi qurollar ishlab chiqqani va hozirda ularni amaliyotga joriy etayotganini mustaqil ravishda tasdiqlashi mumkin”, deyiladi tashqi ishlar vaziri Stef Blok va mudofaa vaziri Ank Biyleveldning 27-noyabr kungi qoʻshma maktubida. Ular bu maʼlumotlarning “razvedka”dan olinganini aytganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Pivo va qolgan narsalarni navbatsiz olgan bo‘lsa-da, basharasidan odam charchagan edi.

Javob berish

Koʻrsatadigan narsalari boʻlsa ham mayliydi. Sharmanda boʻlishni xohlamaydilar, xolos.

Javob berish

It huradi, karvon oʻtadi. Sergey Ryabkov malades! Pompeo va Mettis kabi vaysaqilarga munosib javob! Ular kim bilan muomala qilayotganlarini tushunmaydilar!

Javob berish

Chunki Rossiyada haqiqiy raketalar yoʻq. Hammasi maketlar va ishlamaydigan variantlar

Javob berish

“Nimadir” koʻrsatishni vaqti emas va bu oʻrinsiz... Qirol-Zambarak, qoʻngʻiroqlar qiroli, Kuzmaning enasi, va h i h o y a t, Qirol Putin... Rutiniyada hammasidan bor!

Javob berish

Amerika kuchlari qayerda joylashtirilmagan oʻzi ))

Javob berish

Rossiya bu (qonunbuzarlik) uchun ham jazolanishi kerak.

Javob berish

Jazolash quroli eskirib qolgan koʻrinadi ))))

Javob berish

M e n i m c h a, u avvalgidan ham shishib ketgandek koʻrinyapti. “Choʻqinish ishorasini qilamiz, oʻrtoqlar!”

Javob berish