https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2017/11/14/feature-02
| Terrorizm

2016-yilda Istanbul aeroportiga hujum qilganlar orasida Markaziy Osiyoliklar bo‘lgan

AFP

image

Qayg‘uga cho‘kkan ayol, Islom Davlati (ISHID) jangarilari tomonidan uch karra xudkushlik va qurolli hujumdan so‘ng bir yil o‘tib, 2017-yil 28-iyun kuni Istanbuldagi Xalqaro Otaturk aeroportida tashkil etilgan xotira marosimida esdalik plakatga munosabat bildirmoqda. 45 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujumga aloqador deya qirq olti gumondor dushanba kuni (13-noyabr) mahkamaga tortildi. [Ozan Kose/AFP]

ISTANBUL -- O‘tgan yilgi Istanbul aeroportida amalga oshirilgan uch karra xudkushlik hujumini amalga oshirganlar kelib chiqishi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiyalik shaxslar bo‘lgan degan fikrni dushanba kuni (13-noyabr) boshlangan mahkama jarayonidagi hujjatlardan bilib olish mumkin.

Istanbuldagi Otaturk aeroportiga 2016-yil 28-iyun kuni hujum qilgan uchchala hujumchi avval o‘t ochib so‘ng egnilaridagi xudkushlik kamarlarini ishga tushirganlar va shu tariqa 45 insonning hayotiga zomin bo‘lib yana 160 dan ziyod insonni yaralaganlar.

Mahkama hujjatlariga ko‘ra, ularning ikkitasining ismi Rahim Bulgarov va Vadim Osmanov bo‘lgan. Uchinchi hujumchining ismi aytilmadi.

Gumondorlar Turkiyaga aeroportga hujum qilishdan bir oy avval o‘sha paytdagi Islom Davlatining (ISHID) amaldagi poytaxti hisoblangan Suriyaning Raqqa shahridan kelgan degan taxmin ilgari surilmoqda.

Turk nashrlari ilgari bergan xabarlarida ushbu hujum ortida o‘zlarini portlatib yuborganlarga boshpana topib bergan shaxs, Istanbuldagi ISHID uyasining rahbari Chechen millatli Ahmad Chatayev turganini aytishgan edi.

Ayblov xulosasida aytilishicha, hujumchilar aeroportga uch marta, ya’ni 3, 8 va 23-iyun kunlari vaziyatni o‘rgangani borishgan.

Gumondorlaning uchdan bir qismi Rossiya fuqarolari

Hujumga aloqador sanalgan qirq olti kishi dushanba kuni mahkamaga keltirildi.

Davlatga tegishli Anadolu yangiliklar agentligining xabariga ko‘ra, ular “konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishda” va “qotillikda” ayblanmoqda.

Ular shuningdek “qurollangan terrorchi guruhda a’zolik” va “terrorchi guruh tuzish va uni boshqarish”da ayblanmoqda, deyiladi ayblov xulosasida. Ularning ayblari isbotlangan taqdirda, umumiy hisobda rekord natija hisoblanadigan 3342 yilga qamalishlari mumkin.

Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, gumondorlarning 42 tasi Istanbul chetidagi Silivri shahrida qamoqqa olinib, shu yerning o‘zida to‘rt kun davom etadigan mahkamaga keltirildilar. Qolgan gumondorlar ozodlikda qolmoqdalar.

Ayblanganlarning o‘n oltitasi Rossiya fuqarolari, qolganlari esa chechenlar, tunisliklar, misrliklar, jazoirliklar, suriyaliklar va turklar.

Ushbu hujumni hech qaysi terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga olmadi, lekin Turkiya bu ishda ISHID ni aybladi. Ayblov xulosasida ISHID “Turkiya respublikasiga hujum qildi” deb aytildi”.

So‘nggi ikki yilda Turkiya ISHID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan bir nechta qonli hujumdan, jumladan 39 kishining hayotiga zomin bo‘lgan so‘nggi yangi yil oqshomida Istanbuldagi tungi klubga qilingan hujumdan ozor chekdi.

Sizga maqola yoqdimi?

0
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha *