Karvonsaroy
Terrorizm

Yaqin Sharqda “Islom davlati xalifaligi”ning qulashi boshqa joylarda ham uning inqirozini tezlashtirmoqda

Karvonsaroy

AQSH qo‘llab-quvvatlovidagi Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) a‘zosi Suriyaning Tabqa shahrida ID bayrog‘ini olib tashlamoqda. Aprel, Suriya Demokratik Kuchlarining ID poytaxtiga aylangan Raqqa shahriga yurishidan avval. (Delil Souleiman/AFP)

AQSH qo‘llab-quvvatlovidagi Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) a‘zosi Suriyaning Tabqa shahrida ID bayrog‘ini olib tashlamoqda. Aprel, Suriya Demokratik Kuchlarining ID poytaxtiga aylangan Raqqa shahriga yurishidan avval. (Delil Souleiman/AFP)

Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, o‘z-o‘zini “xalifalik” deb e’lon qilgan “Islom davlati”ning (ID) Iroq va Suriyadagi parchalanishi bilan guruhning Afg‘oniston, Pokiston, Markaziy Osiyo va boshqa joylardan qo‘llab-quvvatlanishi ham sustlashib bormoqda.

ID o‘zining qisqa muddat yashagan xalifaligini 2014-yilda, Iroq va Suriyadagi katta hududlarda nazoratni qo‘lga olganidan so‘ng e’lon qilgan edi.

Ammo bir qator og‘ir yo‘qotishlardan keyin, Suriyada qolgan kam sonli jangarilar samarasiz hujumlarni amalga oshirmoqdalar yoki qamalda qolib ketgan kaftdekkina yerlar uchun kurashmoqdalar.

ID ustidan g‘alaba

10-dekabr kuni Iroq bosh vaziri Haydar al-Abbodiy ID ustidan g‘alabani e’lon qildi.

Iroq harbiy kuchlari IDning sobiq tayanchi bo‘lgan Havija markazi tomon harakatlanib, ID ramzi tushirilgan bannerni olib tashlamoqda, 4-oktabr. (Ahmad al-Rubaye/AFP)

Iroq harbiy kuchlari IDning sobiq tayanchi bo‘lgan Havija markazi tomon harakatlanib, ID ramzi tushirilgan bannerni olib tashlamoqda, 4-oktabr. (Ahmad al-Rubaye/AFP)

Iroqlik askar va politsiyachi Bag‘dodning Tahrir maydonida o‘z milliy bayrog‘ini ko‘tarib, ID bilan uch yil davom etgan urushdan so‘ng erishilgan g‘alabani nishonlamoqda, 10-dekabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

Iroqlik askar va politsiyachi Bag‘dodning Tahrir maydonida o‘z milliy bayrog‘ini ko‘tarib, ID bilan uch yil davom etgan urushdan so‘ng erishilgan g‘alabani nishonlamoqda, 10-dekabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

Iroq harbiy kuchlari ID qoldiqlari bilan kurashib, Suriya chegarasidagi Anbar viloyatida joylashgan al-Qayim shahri tomon harakatlanmoqda, 2-noyabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

Iroq harbiy kuchlari ID qoldiqlari bilan kurashib, Suriya chegarasidagi Anbar viloyatida joylashgan al-Qayim shahri tomon harakatlanmoqda, 2-noyabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

“Harbiy kuchlarimiz Iroq-Suriya chegarasida nazoratni to‘liq qo‘lga olgan va shu sababli men IDga qarshi urush tugadi deb e’lon qilaman,” dedi u televideniye orqali qilgan murojaatida. “Dushmanlar taraqqiyotimizga bolta urmoqchi edi, ammo biz ularni birligimiz hamda qat’iyatimiz bilan yengdik.”

Suriyada ham guruhni xuddi shunday qismat kutmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Hozirda ID boshqaruvchisini yo‘qotgan, uning omon qolgan bo‘linmalari esa o‘z-o‘zini qo‘riqlamoqda, deydi Buyuk Britaniyada joylashgan monitoring guruhi, Suriyaning inson huquqlari observatoriyasi rahbari Rami Abdul Rahmon.

“Buyruq beruvchi markaziy qo‘mondonlik endi yo‘q,” deydi fuqarolar urushi boshlanganidan beri Suriyadagi mojaroni kuzatib borgan Rahmon. ID endi Suriya bo‘ylab sochilib ketgan kichik guruhlardan iborat, deydi u.

Iroq va Suriyada ID “xalifaligi” qular ekan, rasmiylar va tahlilchilar bu vaziyat dunyoning boshqa joylarida ID kelajagiga qay tarzda ta’sir qilishiga o‘z nigohlarini qaratmoqdalar.

Afg‘oniston hukumati IDning ortda qolgan askarlarini yakson qilishga va’da bermoqda

Afg‘on Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari (AMMHK) va koalitsiya qo‘shinlari bilan IDning Xuroson bo‘linmasi o‘rtasidagi shiddatli janglarga guvoh bo‘lib turgan Afg‘oniston uchun, terrorchilik guruhining Iroq va Suriyadagi mag‘lubiyati jangarilar oqimining Afg‘oniston hududiga kirib kelishidan darak berishi mumkin.

“ID Iroq va Suriyada yengila boshlagan paytda, uning Afg‘onistonga ko‘chishi mumkinligi borasida ko‘plab xavotirlar yuzaga keldi,” deydi iste’fodagi polkovnik, Nangarhor viloyati, Jalolobod shahridagi harbiy masalalar bo‘yicha tahlilchi Muhammad Anvar Sultoniy.

Shu oy avvalida AFP bergan xabarga ko‘ra, Fransiya va jazoirlik jangarilar, Suriyadan kelib Juzjon viloyatida ID saflariga qo‘shilganlar.

Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xorijlik jangarilar Suriya va Iroqdan haydalganlaridan so‘ng Afg‘oniston tomon yuzlanishlari mumkin.

Shunga qaramay, AMMHK va koalitsiya amaliyotlari ikki yil davomida IDning imkoniyatlarini keskin kamaytirdi va bu xavfsizlik kuchlarining yangi jangarilar bilan kurashishlariga yaxshi zamin yaratdi.

Sultonning so‘zlariga qaraganda, Afg‘onistonda ID jangarilarining soni ancha kamaygan. “Ularning Iroq va Suriya bilan aloqalari uzilgan, xalqaro hamjamiyat ularning moliyaviy manbalarini yo‘qqa chiqardi yoki to‘xtatib qo‘ydi.”

“IDning avvalgi imkoniyatlari qolmadi, sababi AQSH, xalqaro hamjamiyat va Afg‘oniston bu guruhga qarshi juda qattiq kurashdi,” dedi u.

Kunar na Nangarhor viloyatlari fuqarolari endi IDdan qo‘rqmaydilar, “uning kuni bitmoqda va unga qarshi xalqaro harakatlar davom etmoqda”, dedi u.

IDga ittifoqchi guruhlar Pokistondagi yordamni yo‘qotmoqdalar

Tahlilсhilarning so‘zlariga ko‘ra, ID xalifaligining qulashi Pokistondagi tarafdorlarning ham ikkilanishiga sabab bo‘ladi.

“IDning Iroq va Suriyada yengilishi uni Pokistonda quvvatlovchilarga ham jiddiy ta’sir qiladi,” deydi iste’fodagi general-leytenant, Islomoboddagi harbiy va mudofaa masalalari bo‘yicha tahlilchi Talat Mas’ud.

Bunday xayrixoh insonlar “iqtisodiy va jismonan omon qolish maqsadlarida” ID tarafini olishgan, ammo guruhning Iroq va Suriyada yengilishi “bundan buyon ID tomonidan moliyaviy va moddiy yordam kelmasligini” anglatadi, deydi u.

“Bu mazkur hududda ham ID tuzilmasi inqirozga yuz tutishini anglatadi,” dedi Mas’ud.

“Iroq va Suriyadagi mag‘lubiyat IDning Pokiston hamda Afg‘oniston hududlarida ham so‘zsiz yengilishini anglatadi,” dedi Peshovarlik muxbir va xavfsizlik masalalari bo‘yicha tahlilchi Oqil Yusufzay.

“ID guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga sodiqligini e’lon qilgan Pokistonning Tahriki-Tolibon guruhini qo‘llab-quvatlovchilar va boshqa jangari guruhlar a’zolari bundan buyon IDni qo‘llamaydilar, sababi ularning mafkuraviy qarashlari turlicha bo‘lgan, ular faqat o‘z manfaatlari va ehtiyojlari yo‘lida bu guruhni qo‘llab-quvvatlaganlar,” dedi u.

“Agar ikki mamlakat yagona dushmanni yengish uchun o‘z kuchlarini birlashtirsa, ortda qolgan IDni qo‘llovchilar Pokiston va Afg‘onistonda jiddiy zarbaga uchrashi mumkin,” dedi u.

Pokiston Xayber Paxtunxva viloyatidagi Malakand bo‘linmasida hamda Federal boshqaruvdagi qabila hududlarida (FBQH) terrorizm bilan muvaffaqiyatli kurashgan edi, dedi Peshovarlik sobiq harbiy brigadir Mahmud Shoh, FBQHning sobiq havfsizlik kotibi.

“Shu bois, Iroq va Suriyada ID mag‘lubiyati e’lon qilinganidan so‘ng, uning Pokiston va Afg‘onistondagi qoldiqlarini tor-mor etish kafolatlangan,” deb qo‘shimcha qildi u.

ID jangarilarining qaytishi Markaziy Osiyodagi xavotirlarni kuchaytirmoqda

Bu orada, ID safida jang qilish uchun Suriya va Iroqqa ketgan fuqarolarning qaytish ehtimoli Markaziy Osiyodagi asosiy muammo bo‘lib turibdi.

IDning Suriya va Iroqdagi mag‘lubiyati “shubhasiz, Markaziy Osiyodagi vaziyatga ta’sir etmasdan qolmaydi”, deydi Almatidagi Qozog‘iston musulmonlari ittifoqi rahbari, Murat Telibekov.

“Katta ehtimol bilan hozirda jangarilar boshqa bir jang maydonini izlamoqdalar”, deydi u. “Bu joy Markaziy Osiyo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas”.

“Beqarorlik hukm surgan qaynoq nuqta radikallar uchun boshpana va ko‘payish joyiga aylanishi yomon, albatta”, deydi Bishkeklik huquqshunos professor va Qirg‘ziston Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Kayrat Osmonaliyev. “Bu qaynoq nuqta yo‘q qilinganidan keyin, qolgan jangarilar boshqa joyni makon qilib olishi xavfi paydo bo‘ladi”.

“Suriyada jang qilgan Markaziy Osiyolik fuqarolar o‘z uylariga Turkiya va Afg‘oniston orqali qaytishga harakat qilishlari mumkin,” dedi u. “Xavfsizlik xizmatlarimiz allaqachon ularning kirib kelayotganiga oid dalillarga ega.”

“Ular qayerga borishadi?” deb savol beradi Almatilik siyosiy tahlilchi Talgat Ismagambetov IDning qolgan jangarilari haqida.

“Afg‘onistongami yoki boshqa joygami? Yoki uylariga ketishadimi? Qolib ketgan jangari yetakchilardan qanday buyruqlar olishadi? Ularning tashqi madadlari qanchalik kuchli?” deb qo‘shimcha qiladi u.

“Eng yomoni - ayrim jangarilarning ortga qaytishidir. Ularni kuzatish kerak,” deydi Ismagambetov. “Bu boradagi yaxshi xabar shuki, ayni damda bizning mintaqa xalqaro islomiy harakatning diqqat markazida emas.”

(Ushbu xabar Nangarhordan Xolid Zeroiy, Peshovardan Muhammad Ahil hamda Bishkek va Almatidan Arman Kaliyevlar ko‘magida tayyorlangan.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Iltimos iqtiboslar keltirishni belgilangan, umum eʼtirof etilgan tartibga oʻtkazsangiz. Nimagaki, maqolalarni oʻqishda iqtibosi keltirilayotgan odamnining lavozimi, mansabi va uzundan uzoq nomlari asosiy masaladan chalgʻitib yubormoqda. Ammo tahlillaringiz yuksak darajada ekanligini yana bir bor eʼtirof etaman.

Javob berish

Ruslar Suriyaga amerikaliklar hamma ishni bitirib, urushda g‘olib bo‘lganlaridan keyin kelishdi. Rossiyadagilar esa hammasini biz qildik deyishmoqda. Omadsizlar. Uyat, Rossiya.

Javob berish