https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/07/19/feature-02
| Texnologiya

AQSHda ishlab chiqarilgan kombaynlar Qozog‘istonning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘maklashadi

Kseniya Bondal

image

Operator hosilni yig‘ib olish paytida robot-kombaynni boshqarmayotganini bildirish uchun qo‘llarini ko‘tarmoqda. Olmaota viloyati, 2018-yilning iyun oyi. (Kseniya Bondal)

OLMAOTA – Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi agrar sohani modernizatsiya qilish maqsadida uchta kombayn sotib olish uchun 1 mln. yevroga yaqin mablag‘ sarfladi.

Ilk haydovchisiz kombayn chorshanba, 18-iyul kuni Olmaota viloyatidagi bug‘doy dalalarida sinovdan o‘tkazildi.

Kombayn masofadan turib sun’iy yo‘ldosh orqali boshqariladi, dedi mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Arman Yevniyev jurnalistlarga.

Qozog‘iston kombaynlarni Amerikaning “John Deere” kompaniyasidan import qildi. AQSHda joylashgan kompaniya dunyoda maxsus qishloq xo‘jaligi texnikasining eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan biri sanaladi, dedi u.

Vazirlik rasmiylari ilk kombaynni Olmaotadagi “Kaskelen” agroparki ixtiyoriga topshirdilar.

“Fermerlar qishloq xo‘jaligi parkiga kelib, yig‘im-terim mashinasini boshqarib ko‘rishlari va uning qulayligiga ishonch hosil qilishlari mumkin”, dedi Yevniev. U yaqin kunlarda Oqmola va Qustanay viloyatlarida qolgan ikkita yig‘im-terim mashinasi ham ishga tushirilishini bildirdi.

Qozoq fermerlarida yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lmoqda

Agropark sinov dalalarida bug‘doy terish orqali Amerika kombaynlarining haqiqiy mehnat sharoitlaridagi afzalliklarini ko‘rsatib bermoqchi, dedi “Kaskelen” agroparki ijrochi direktori Andrey Ageyenko Karvonsaroy nashriga.

Kombaynning narxi 300 ming yevro (121,5 million tenge), ammo u har bir 100 gektar uchun 49500 yevro (20 million tenge) mablag‘ni tejaydi, dedi u.

O‘rtahol fermer uchun, bu mashinani sotib olish qimmatlik qilishi mumkin, ammo bir nechta fermerlar birlashsalar, ular kombaynni sotib olishlari va bir yilda o‘z xarajatlarini qoplashlari mumkin, dedi Ageyenko.

Qozog‘istoning qishloq xo‘jalik sektori jadal rivojlanmoqda, shu sababli fermerlarga hozir qimmat bo‘lgan narsa ertaga hamyonbop bo‘lishi mumkin, dedi “Baiserke-Agro Co.” kompaniyasi prezidentining maslahatchisi, olmaotalik Kirill Pavlov.

“Shu tariqa yangi texnologiyalar yanada ommalashmoqda”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?
3
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha