Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Turkiyzabon davlatlar kengashi “Zamonaviy Buyuk ipak yo‘li” turini taqdim etadi

Aydar Ashimov

Burgut bilan ov qiluvchi qirg‘izistonlik ovchi “EtnoFest” festivalida o‘zining oltin burgutini namoyish etmoqda. Festival Bishkekdan 300 km uzoqlikda joylashgan Issiqko‘l yaqinidagi Ton shahrida bo‘lib o‘tdi. 15-iyul kuni olingan surat. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

Burgut bilan ov qiluvchi qirg‘izistonlik ovchi “EtnoFest” festivalida o‘zining oltin burgutini namoyish etmoqda. Festival Bishkekdan 300 km uzoqlikda joylashgan Issiqko‘l yaqinidagi Ton shahrida bo‘lib o‘tdi. 15-iyul kuni olingan surat. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

OSTONA – Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi turistlarga qadimiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlarga tashrif buyurish imkonini beruvchi qo‘shma sayyohlik loyihasini amalga oshirmoqda.

Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston va Ozarbayjonni o‘z ichiga olgan kengash rasmiylari 7-8 avgust kunlari Ostonada “Zamonaviy Buyuk ipak yo‘li” loyihasini amalga oshirishni muhokama qilish uchun uchrashdilar.

Uchrashuvda kengashga a’zo mamlakatlarning turizm vazirlari bilan bir qatorda O‘zbekiston va Turkmanistonning turizm qo‘mitalari vakillari ham ishtirok etdilar, deb xabar berdi Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi.

“Sayyohlar biryo‘la Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga borish imkoniga ega bo‘ladilar”, dedi Turkiyzabon davlatlar kengashi bosh kotibi o‘rinbosari Omer Kodjaman Karvonsaroy nashriga.

Xaritada zamonaviy Buyuk ipak yo‘liga kirgan davlatlar aks ettirilgan.(ModernSilkRoadTour.com)

Xaritada zamonaviy Buyuk ipak yo‘liga kirgan davlatlar aks ettirilgan.(ModernSilkRoadTour.com)

Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashining turizm vazirlari 8-avgust kuni Ostonada uchrashdilar. (Aydar Ashimov)

Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashining turizm vazirlari 8-avgust kuni Ostonada uchrashdilar. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istonda sayyohlar yirtqich qushlar ovini tomosha qilishlari mumkin. Turistlar lochin bilan suratga tushmoqdalar, Jambul viloyati, 2018-yilning iyul oyi. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istonda sayyohlar yirtqich qushlar ovini tomosha qilishlari mumkin. Turistlar lochin bilan suratga tushmoqdalar, Jambul viloyati, 2018-yilning iyul oyi. (Aydar Ashimov)

“Sayyohlar xohishga qarab bir davlatga yoki bir nechtasiga borishlari mumkin. ModernSilkRoadTour.com loyiha vebsaytida barcha ma’lumotlar bor”, dedi u.

Qadimgi sayyohlar izidan

Loyihaning birinchi turi 31-avgustdan 6-sentabrgacha davom etadi, unda turkiyalik sayyohlar Qirg‘iziston va Qozog‘istonga tashrif buyuradilar.

Safar sentabr oyi boshida Qirg‘izistondagi Issiqko‘l bo‘yida, Cho‘lpon Ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Sayyohlar qadimgi petrogliflarni (qoyatosh rasmlar) ko‘rishlari va tog‘ ko‘lida cho‘milishlari mumkin.

Qozog‘istonda esa turistlar Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini va qadimiy Tarazni tomosha qilishlari hamda chavandozlik va qushlar bilan ov qilish kabi milliy sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.

Turkiy kengashga ko‘ra, yangi turistik to‘plam Turkiyaning ko‘plab diqqatga sazovor joylari, jumladan, Katta bozor, Istambuldagi Sulton Ahmad masjidi va Ayo Sofiya muzeyiga tashriflarni, shuningdek, havo sharida Kappadokiyaga parvoz qilishini o‘z ichiga oladi.

Bular to‘rt mamlakatda sayyohlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan diqqatga sazovor joylarning bir qismi, xolos.

Buyuk ipak yo‘li – Markaziy Osiyodan O‘rtayer dengizigacha cho‘zilgan bir necha savdo yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi, deydi 27 yashar ostonalik gid Tamila Nuraxmetova Karvonsaroyga.

“Ushbu yo‘nalishlar eramizdan avvalgi davrlarda ham mavjud bo‘lgan va bugungi kun sayyohlarida unutilmas taassurotlar qoldiradi”, deydi Nuraxmetova “Zamonaviy Buyuk Ipak yo'li” loyihasining 15 kunlik “Grand-tur” safarini ham o‘z ichiga olishini qo‘shimcha qilarkan.

“Masalan, Istambul bozori sayyohlar orasida mashhur joy. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab qurilgan karvonsaroylar hozirgi vaqtda sayyohlar uchun qaytadan tiklangan ko‘rinishda taqdim etilgan”, dedi u.

Turizm va madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirish

“Biz turistik to‘plamdagi ko‘plab diqqatga sazovor joylarga shaxsan tashrif buyurdik. Yaqinda Qozog‘istonning Turkiston viloyatida bo‘ldik. Turizm – istiqbolli yo‘nalish va u jadal rivojlanmoqda”, dedi Turkiyaning madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ahmed Xaluq Dursun Karvonsaroyga.

Loyiha a‘zo davlatlar uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘libgina qolmay, balki “tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashadi hamda madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi”, dedi u.

“Bizga Qozog‘iston va qirg‘izistonlik gidlar kerak bo‘ladi, yaqin orada ular uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi”, dedi u.

“Biz sayyohlarni kutmoqdamiz”, dedi Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vazirligining davlat kotibi Baqtibek Sekimov Karvonsaroyga.

“Qirg‘izistonda 155 ta sog‘lomlashtirish maskanlari, 147 mehmonxona va ko‘plab tarixiy joylar, milliy bog‘lar va muzeylar bor”, dedi u.

Turizm Ozarbayjon iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biridir, deydi Ozarbayjonning Qozog‘istondagi elchisi Rashod Mamadov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“2018 yilning birinchi yarmida Ozarbayjonga bir milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurdi. Yangi tashkil etilgan davlat turizm agentligi sayyohlikni rivojlantirish va mamlakatimizning sayyohlar uchun jozibadorligini oshirish yo‘lida barcha choralarni ko‘rmoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500