Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻistonda kuch tuzilmalari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar oʻtkaziladi

Kseniya Bondal

Politsiya xodimlari may oyida Olmaotadagi tartibsizlikni to‘xtatishga urinmoqdalar. (Vladimir Tretyakov)

Politsiya xodimlari may oyida Olmaotadagi tartibsizlikni to‘xtatishga urinmoqdalar. (Vladimir Tretyakov)

OLMAOTA – Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari tizimida o‘tkaziladigan islohotlar mamlakat bo‘ylab jamoat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida tartib posbonlarining tayyorgarligini va mehnat sharoitlarini yaxshilashni o‘z ichiga oladi.

Islohotlar doirasida tizimdagi minglab ish o‘rinlarini qisqartirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, maqsad – qolgan xodimlarning maoshlarini oshirish va politsiyachilarning uy-joy xarajatlarini qoplashga yordam berish. Bu haqda 8-oktabr kuni hukumat majlisida so‘zlagan tashqi ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov ma’lum qildi.

“Xodimlar soni qayta ko‘rib chiqiladi. Shtatni 10 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Bular – 9 ming nafar politsiyachi va Jazoni ijro etish qo‘mitasining 1600 nafar xodimidir. Tejalgan mablag‘ hisobiga xodimlarning maoshlari oshiriladi”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-patrul xizmati, uchastka nozirlari va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektorlar uchun turarjoy ijarasini to‘lab berish masalasini ham ko‘rib chiqilishi zarur.

Vazirlik politsiyaning yanada sifatliroq faoliyat olib borishi uchun xodimlarni ishga qabul qilish tizimini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda, dedi Qosimov.

Ish haqi va samaradorlikni oshirish

Ostona advokatlar uyushmasi a’zosi, huquqshunos Amanjo‘l Muxamedyarovning fikricha, 19-iyul kuni figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Denis Tenning o‘ldirilishi IIV tizimidagi islohotlarga turtki bo‘lgan.

Figurali uchish bo‘yicha birinchi Olimpiya chempioni bo‘lgan qozog‘istonlik 25-yoshli sportchi Olmaotada avtomobilining yon oynalarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ikki o‘g‘rini to‘xtatishga uringan vaqtida halokatli tarzda jarohatlangan edi.

Ushbu voqeadan biroz o‘tib, politsiya ikki gumondorni hibsga olgan va ular o‘z aybiga iqror bo‘lgan edi. Ammo, bungacha ijtimoiy tarmoqlarda IIV va politsiya jiddiy tanqid ostiga olingan va tizimda islohotlar o‘tkazish talabi yangragan edi.

Tahlilchilarning so’zlariga ko’ra, Qozog‘istonda politsiyachilar maoshining kamligi kadrlarning qo‘nimsizligiga sabab bo‘lmoqda.

Bu muammolarni hal etish maqsadida 2017-yilning iyul oyida prezident Nursulton Nazarboyev politsiya xodimlarining maoshlarini 25 foizga oshirgan edi.

Alau.kz saytining Qustanay viloyati ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, kichik serjantlarning eng kam oylik maoshi 85 ming tengeni (230 AQSH dollarini) tashkil qildi, leytenantlar esa 130 ming tenge (353 AQSH dollari) maosh ola boshladilar.

Biroq, muammo faqat oylik maoshlarida emas, dedi Muxamedyarov.

“Ostonadagi qaysi tuman ichki ishlar idorasiga kirmang, u yerdagi yosh yigitlar og‘ir sharoitlarda ishlayotganiga guvoh bo‘lasiz”, dedi u.

“Bitta stuldan ikki politsiyachi foydalanadi, viloyatlarda nima bo‘layotganini esa tasavvur qilb bo‘lmaydi.”

Kasbiy malakani oshirish

“Men politsiya saflarida bilimi va tajribasi bilan sudya va advokatlardan qolishmaydigan ko‘p xodimlarga duch keldim”, dedi Muxamedyarov.

“Ular uzoq vaqt bu vazifada qolishmaydi, tajriba orttirganlaridan so‘ng, ular advokatlik qiladilar, imtihonlardan o‘tib sudya va prokuror bo‘ladilar”, dedi u.

Seminarlar va treninglar orqali politsiya xodimlarining malakasini oshirish ham muhim, dedi u.

Ular keng jamoatchilik bilan muomala qilishdan tortib, jinoiy-protsessual va ma’muriy kodeks me’yorlarigacha bo‘lgan ko‘p narsani o‘rganishlari kerak, dedi u.

Muxamedyarovning so‘zlariga ko‘ra, bunday treninglar uchun davlat budjetidan mablag‘ sarflash talab etilmaydi.

“IIV mustaqil murabbiylar va YXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) kabi nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin”, dedi u.

“Agar huquqni muhofaza qilish idoralari istasa men va hamkasblarim o‘quv ishlarni olib borishimiz mumkin”, dedi u. “Biz tez-tez prokuratura idorasi va sudlar bilan tajriba almashamiz va ko‘p ijobiy natijalarga erishib ulgurdik.”

Huquqni muhofaza qilish organlarini takomillashtirish

Ayni vaqtda Qozog‘istonda ko‘pchilik politsiya xodimlarining ishi piyoda yurib ko‘chalarni patrul qilishdan iborat bo‘lib qolgan, bu unchalik ham zarur emas, dedi Muxamedyarov.

Islohotlar doirasida “piyoda patrul xizmatchilar sonini qisqartirish, ammo shu bilan birga, ko‘chalardagi videokuzatuv kameralari sonini oshirish mumkin”, deb taklif qildi olmaotalik iste’fodagi mayor, sobiq tergovchi Oleg Gubaydulin.

Ammo u vazirlikdagi xodimlar soni ehtiyotkorlik bilan tartibga solinishi kerakligini e’tirof etdi. Shu bilan birga, u 17 foiz huquqni muhofaza qilish xodimlari diplomatik vakolatxonalar, suv omborlari va gidroelektrstansiyalar kabi muhim inshootlarni qo‘riqlayotganini qo‘shimcha qildi.

“Ularni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi, chunki xususiy qo‘riqlash agentliklari ular bajarayotgan vazifani uddalay olmaydi”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Bundan tashqari, tergovga aloqador bo‘linmalar yoki mahalliy patrul xizmatlarini qisqartirish ham maqsadga muvofiq emas, deb qo‘shimcha qildi u.

Gubaydulin mahalliy politsiya va yo‘l patrul politsiyasini bir biridan ajratishni taklif qildi, sababi ular turlicha faoliyat olib boradilar. Rasmiylar IIV tizimi ichidagi bo‘linmalarga ajratishni ehtiyotkorlik bilan olib borishlari keark, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bir yerda o‘tiravermasdan ishlash kerak. Aygerim mikrorayoni nazoratchisini tergov qiling! U yerda o‘g‘irliklar doimiy ravishda sodir etiladi.

Javob berish