Karvonsaroy
Terrorizm

Suriyadagi “Islom davlati”ning halokatga mahkum jangarilari uchun intiho yaqin

AFP

“Islom davlati” videolavhasida Suriyaning Bog‘uz qishlog‘idagi “xalifalikning” soʻnggi onlari aks ettirilgan bo‘lib, unda ular o‘zlarining so‘nggi hududlarida AQSH qo‘llovidagi Kurd kuchlariga qarshi jang qilmoqdalar. Videolavha 2019-yil 18-mart kuni tasvirga olingan.

BOG‘UZ, Suriya – Juma (22-mart) kuni AQSH yetakchiligidagi jangovar samolyotgar tobora kichrayib borayotgan “xalifalik”ning soʻnggi aʼzolarini siqib chiqarish uchun Suriya sharqidagi Ifrot daryosining shimoliy sohillarini havodan oʻqqa tutdi.

Juma kungi bombalash amaliyotlari Iroq chegarasiga yaqin chekka hududda joylashgan Bog‘uz qishlog‘idagi urush fronti chizig‘ida deyarli tinch o‘tgan ikki kundan soʻng oʻtkazildi.

AQSH qo‘llovidagi kurdlar boshqaruvida boʻlgan, mahalliy arab qabilalari a’zolarini ham oʻz ichiga olgan Suriya demokratik kuchlari (SDK) seshanba (19-mart) kuni “Islom davlatining” muvaqqat lagerini qoʻlga olganlar.

SDK Bog‘uz qishlog‘idagi IDga qarshi o‘zining “so‘nggi hujumini” 9-fevral kuni boshlagan edi.

Ifrot daryosining sharqiy qirg‘oqlaridagi ID qo‘rg‘onidan chiqayotgan tutun, 18-mart kuni olingan surat. (Delil Sulaymon/AFP)

Ifrot daryosining sharqiy qirg‘oqlaridagi ID qo‘rg‘onidan chiqayotgan tutun, 18-mart kuni olingan surat. (Delil Sulaymon/AFP)

Suriyaning sharqiy qismida tasvirga olingan ID videolavhasida AQSH qo‘llovidagi kuchlar guruhning so‘nggi lagerini yo‘q qilishga shaylanayotgani aks etgan. (File)

Suriyaning sharqiy qismida tasvirga olingan ID videolavhasida AQSH qo‘llovidagi kuchlar guruhning so‘nggi lagerini yo‘q qilishga shaylanayotgani aks etgan. (File)

Nihoyat, seshanba kuni qatʼiyatli jangarilar chodirlar va buzilgan mashinalardan iborat lagerdan quvib chiqarilib, Ifrot daryosi sohilidagi bir necha gektardan iborat hududda siquvga olindi.

Qachonlardir qudratli boʻlgan IDning so‘nggi qoldiqlarini yo‘q qilish bo‘yicha oylar davomida olib borilgan operatsiyalar guruhni butkul tor-mor etishda muvaffaqiyatga erishayotgan boʻlsa-da, SDK g‘alabani e’lon qilishga shoshilmayapti.

Jangarilar, ularning qarindoshlari va oddiy aholidan iborat minglab odamlar so‘nggi haftalarda o‘lim iskanjasidan qutular ekanlar, SDKga tegishli hududga yetib borib, oʻsha yerda taslim bo‘lganlar.

ID halokati

2014-yilning o‘rtalarida Abu Bakr al-Bag‘dodiy “xalifalik” deb atagan guruh bir vaqtlar Suriyadan Iroqqacha choʻzilgan, Britaniyadan ham kattaroq boʻlgan hududga egalik qilar edi.

U millionlab aholiga, o‘z sud tizimiga, o‘z pul birligiga ega bo‘lgan, maktablar uchun darsliklar chop etgan va butun dunyo boʻylab odamlar qalbiga qoʻrquv solgan edi.

U yillar davomida Suriya va Iroq kuchlari xalqaro ittifoqdoshlari yordamida olib borgan janglar natijasida yo‘q qilindi, ammo shaharlar vayron bo‘ldi, aholi esa boshpanasiz qoldi.

Hozirda Bagʻdodiyning qayerdaligi aniq emas, Bogʻuzdagi qarshilik oʻchoqlari esa bir nechta futbol maydonidek keladigan yer uchun kurashmoqda.

Uning Iroq va Suriyadagi koʻplab yetakchilari va jangarilari allaqachon fuqarolar urushiga qaytib, sahrolar, togʻlar va boshqa pana joylardan qisqa hujumlar uyushtirmoqda.

Oʻtgan haftadan beri soʻnggi tayanch markazidan qochib chiqqanlar shimolda kurdlar nazoratidagi lagerlar va qamoqxonalarni toʻldirmoqda.

Eng katta Al-Xol lagerida turli millatlarga mansub 70 ming kishi toʻplangan boʻlib, ulardan 40 ming nafari yosh bolalardir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

ISHIDni Amerikani oʻzi yaratgan, endi uning halokati muqarrar boʻlib qolganida goʻyoki uni oʻzlari yoʻq qilgandek va Suriyani qutqarib qolgandek qilib koʻrsatishmoqda... Butun dunyoni axmoq qilishdan ham toymaydi bular (Ablahlar)

Javob berish

FSB hayratda. Qoʻgʻirchoqlari magʻlub etildi

Javob berish