https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/11/21/feature-02
| Terrorizm

Tojikiston terrorchilar uchun yangi qamoqxona quradi

Karvonsaroy

image

20-may kuni Vahdatdagi qamoqxonada yuz bergan gʻalayonda 29 nafar tojikistonlik mahbus, jumladan “Islom davlati”ning (ID) 24 aʼzosi va uch qoʻriqchi oʻldirilgan. [Fayl]

DUSHANBE – Tojikiston rasmiylari terrorchilikda ayblanib sudlanganlar uchun yangi qamoqxona qurishni rejalashtirmoqda.

Yangi inshoot hukumatga bunday mahbuslarni kuchliroq nazorat qilish va tartibsizliklar yoki qamoqxonadan qochishlarning oldini olishga imkon beradi, dedi Adliya vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligʻi Mansurjon Umarov chorshanba (20-noyabr) kuni Dushanbeda oʻtgan penitentsiar forumda.

Jazo muassasasining barpo etilishi “barcha xavotirli masalalarni hal qilishi, mahkumlar xavfsizligini taʼminlashi va ommaviy tartibsizliklar, qotilliklar va ekstremistik gʻoyalar tarqalishi bilan bogʻliq holatlarining oldini olish lozim” dedi u.

Umarovning aytishicha, tegishli idoralar ushbu loyiha ustida barcha xalqaro standartlarni hisobga olgan holda malakali arxitektorlar bilan ishlamoqda.

Penitentsiar forum Tojikistonda jazoni ijro etish tizimidagi islohotlar muhokamasiga bagʻishlangan maydonchadir. Tadbir Tojikiston hukumati tomonidan Penal Reform International (PRI) xalqaro nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

May oyida Dushanbedan 17 km sharqda joylashgan Vahdat qamoqxonasida “Islom davlati” (ID) jangarilari tomonidan uyushtirilgan gʻalayon oqibatida 32 tojikistonlik, jumladan 24 nafar ID aʼzosi halok boʻlgan edi.

Gʻalayon koʻtargan shaxslar uch qoʻriqchi va besh mahbusni pichoqlab oʻldirgan va boshqa mahbuslarni garovga olib, qamoqxonaning tibbiy boʻlimiga oʻt qoʻygan edi.

Xavfsizlik kuchlari gʻalayonni bostirish chogʻida IDning 24 aʼzosini oʻldirgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha