Karvonsaroy

Tojikiston rossiyalik ID jangarisi deya gumon qilingan shaxsni yurtiga jo‘natib yubormoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE -- O‘tgan hafta Suriyada “Islom Davlati” (ID) safida jang qilgan sobiq Rossiyalik askar Tojikistondan Rossiyaga jo‘natib yuborildi, deya Tojikiston Ichki Ishlar Vazirligidan (IIV) iqtibos keltirgan holda dushanba kuni (20-noyabr) xabar berdi Ozodlikning Tojik xizmati.

“Denis Xisamov xalqaro kelishuvlarga rioya qilingan holda Rossiyaga jo‘natildi”, dedi vazirlik matbuot xizmati kotibi Umarjoni Emomali.

Tojikiston IIV 23-oktyabr kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, Turkiya tomoni 34 yoshli Xisamovni Turkiyadan Suriyaga kirishda muddati o‘tgan Tojikiston pasportidan foydalangani uchun Tojikistonga ekstraditsiya qildi.

Taxminlarga ko‘ra, Xisamov Suriyada ID safida jang qilgan, lekin Turkiyaga qaytib kelgan va u yerda turk rasmiylari uni hibsga olishgan. Tojikiston rasmiylarining so‘zlariga qaraganda, Turkiya politsiyasi uni qo‘lga olganda u Rossiyaga nomi keltirilmagan jinoyatni sodir etish uchun ketayotgan bo‘lgan.

Xisamov avvallari Rossiya armiyasida kapitan va AT mutaxassisi bo‘lgan deya xabar tarqatdi Rus matbuoti.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500