Karvonsaroy
Terrorizm

Tojikistonlik ID aʼzosi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Karvonsaroy

Suriyadagi tojik jangarilari, 2016-yil 13-iyun kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻiga joylangan fotosurat. (Fayl)

Suriyadagi tojik jangarilari, 2016-yil 13-iyun kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻiga joylangan fotosurat. (Fayl)

SUGʻD VILOYATI, Tojikiston – Sugʻd viloyatining Spitamen tumanidan boʻlgan erkak Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” (ID) safida jang qilgani uchun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda chorshanba (18-dekabr) kuni Tojikiston bosh prokuraturasiga tayanib, ASIA-Plus nashri xabar berdi.

Spitamen tuman sudi 31 yashar Shuhratjon Satimovga nisbatan oʻz hukmini eʼlon qildi.

ID uni 2013-yilda Rossiyada muhojirlikda ishlab yurgan paytlari yollagan. Xabarlarga koʻra, u 2015-yilda ID safiga qoʻshilib, Iroq va Suriya hukumat kuchlariga qarshi jang qilgan.

Tojikiston hukumati uni xalqaro qidiruvga bergan va unga qarshi sirtdan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Satimov IDning Suriya va Iroqdagi magʻlubiyati ortidan uyiga qaytganida hibsga olindi.

Bu orada Qirgʻiziston rasmiylaridan biri Yaqin Sharqdagi jangarilar safiga qoʻshilgan qirgʻiz fuqarolarining soniga oid ayrim statistik maʼlumotlarni oshkor qilgan.

Oxirgi 9 yil ichida 800 dan ortiq qirgʻiz fuqarosi Suriyada jang qilgan, deb xabar bergan 24.kg nashri Qirgʻiziston IIV mutasaddilaridan biri Asilbek Mambetovga tayanib.

U yerda jang qilgan yetmish ikki qirgʻizistonlik vataniga qaytgan, ulardan 44 nafari hozir qamoqda, dedi u.

“(72 kishidan) yigirma oltitasi ozod qilindi”, dedi Mambetov. “Ularning barchasi IIV roʻyxatiga olingan va kuzatuv ostida.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500