Karvonsaroy

O‘zbekiston xavfsizlik kuchlari jangarilikka odam yollashda gumon qilingan 2 kishini hibsga oldi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston xavfsizlik kuchlari xorijiy jangari guruhlarga odam yollashga uringan ikki gumondorni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi juma, 19-yanvar kuni.

Ularning ikkovi ham toshkentlik bo‘lib, o‘zbek millatiga mansub fuqarolardir, deb xabar qildi payshanba, 18-yanvar kuni kechqurun O‘zbekiston-24 davlat telekanali.

Juftlik “Islom davlati”ga xayrixoh bo‘lgan “Tavhid va jihod guruhi”dan moliyaviy yordam olganlikda va suriyalik jangari guruh bilan Facebook tarmog‘i orqali aloqa qilganlikda gumonlanmoqda. Ularga, jumladan, terrorchi guruhlarga a’zo bo‘lish va jamoat xavfsizligiga rahna soluvchi materiallarni tarqatish ayblovi qo‘yilgan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari qo‘lga olinganlarning “ta’siri ostiga tushgani” taxmin qilinayotgan yana 23 kishini tekshirmoqda.

1500 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Iroq va Suriyadagi jangari guruhlar safiga qo‘shilgan va boshqa mamlakatlarda sodir etilgan bir necha terrorchilik hujumlarida ishtirok etgan deb taxmin qilinadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500