Karvonsaroy

Prokuror Denis Tenning qotilligida ayblanayotganlarga 20 yillik qamoq jazosi berishni soʻradi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Chorshanba (16-yanvar) kuni qozogʻistonlik prokuror Olmaota sudidan olimpiyachi Denis Tenni oʻldirganlikda ayblanayotgan ikki gumondorga 10 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi berishni soʻradi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Arman Qudaybergenov va Nurali Qiyasovlar 19-iyul kuni Olmaotada Tenga qarashli avtomashinaning yon oynalari oʻgirlash vaqtida u bilan toʻqnash kelib, uni oʻldirganlikda ayblanmoqdalar.

Qiyasov Tenni halokatli ravishda pichoqlaganini tan olgan.

Sudlanuvchilarning ikkovi ham oʻgʻirlik sodir etganini tan olgan, ammo qasddan qotillik sodir etish aybiga iqror boʻlmagan. Ular sportchini oʻldirishni rejalashtirmaganliklarini aytganlar.

Ayblov tomoni, shuningdek, uchinchi sudlanuvchi Janar Tolibayevaga oʻgʻirlik sodir etgani va jinoyat haqida xabar bermagani uchun 4 yillik qamoq jazosi soʻragan. U Tenga pichoqlash natijasida tan jarohati yetkazilganidan bexabar boʻlgani, faqatgina uning avtomobili oynalarini oʻgʻirlash harakatidan xabardor boʻlganini aytgan.

25 yashar Ten 2014-yil Sochida boʻlib oʻtgan qishki olimpiadada bronza medaliga sazovor boʻlgan va Markaziy Osiyodan birinchi boʻlib olimpiada medalini yutgan fugurali uchuvchiga aylangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500