https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/07/08/newsbrief-02

Bishkekda YI-Markaziy Osiyo 15-yillik vazirlar anjumani oʻtkazildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yakshanba (7-iyul) kuni Bishkekda har yili oʻtkaziladigan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo 15-vazirlar anjumani boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Kazinforma dushanba (8-iyul) kuni.

Anjumanda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirlari, Turkmaniston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari va Yevropa Ittifoqining oliy diplomati Federika Mogerini ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari YeIning Markaziy Osiyo boʻyicha yangi Strategiyasi va hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashdilar, deb xabar berdi Qirgʻiziston TIV.

Ular mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish qoʻshma dasturini (BOMCA) va giyohvandlik moddalariga qarshi Markaziyo Osiyo choralar dasturini (CADAP) davom ettirish va kengaytirish, shuningdek, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot va muvofiqlashtirish markazi (CARICC) doirasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Tashqi ishlar vazirlari va Mogerini tomonidan “YI va Markaziy Osiyo: hamkorlik aloqalarini birgalikda mustahkamlash” deb nomlangan yakuniy hujjat qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarning milliy saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash, mintaqani jahon savdo tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanish niyatida.

Vazirlar darajasidagi kelasi uchrashuv 2020-yilda Bryusselda oʻtkazilishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha