https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/09/30/newsbrief-02
Toʻlib-toshgan kameralar: Suriyadagi “Islom davlati” qamoqxonasiga nazar

Rossiya sudi qirgʻiz fuqarosini terrorizmda aybladi

Karvonsaroy

ABAKAN, Rossiya – Rossiya sudi Qirgʻiziston fuqarosini Xakasiyada terrorchilik tarmogʻi tuzishda ayblab, yetti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda dushanba (30-sentabr) kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining mintaqaviy maʼmuriyatiga tayanib, Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar qildi. Xakasiya Sibirning bir qismi hisoblanadi.

Nurigin Abdiraxmanov toʻrt kishidan iborat guruh tuzib, Suriyaga ketish oldidan Xakasiyada huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, Abdiraxmonov Rossiyada taqiqlangan “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhi bilan aloqador “Tavhid va Jihod jamoati”ga mansub boʻlib, uning rahbarlaridan biri bilan muntazam ravishda muloqot qilib turgan.

Abdiraxmanov xakasiyaliklarni guruhning Suriyadagi faoliyatiga jalb qilishga uringanlikda ayblanmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha

Barcha fosh qilinmagan jinoiy ishlarni ishlarni begunoh va himoyasiz migrantning boʻyniga qoʻyishgan boʻlsa kerak

Javob berish