https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/01/23/feature-01
| Bag‘rikenglik

Kuzatuvchilar: Qirg‘iziston ekstremizmga qarchi kurashda ijobiy natijalarga erishmoqda

Asker Sultanov

image

Qirg‘iz musulmonlari 25-iyun, Ramazon hayiti kuni Bishkek shahrida namozni ado etmoqda. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlari va ruhoniylari o‘tgan yilda ekstremizmga qarshi kurashda ijobiy natijalarga olib kelgan turli chora-tadbirlarni amalga oshirdi, deydi xavfsizlik bo‘yicha tahlilchilar.

“2017-yilda birorta ham terrorchilik harakati sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi”, deydi bishkeklik xavfsizlik bo‘yicha tahlilchi va Aksilterror nodavlat tashkiloti raisi, iste’fodagi general-mayor Artur Medetbekov.

“Bunga huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan razvedka ishlari va jamiyatning faolligi natijasida erishildi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Jamiyat mazkur tahdidga qarshi kurashishga tayyor … va bu jiddiy masala ekanligini tushunib yetgan.”

Terrorizmga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat

2017-yilda Qirg‘iziston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hukumat dasturini joriy etdi, deydi Bishkekdagi xavfsizlik va diniy ishlar bo‘yicha tahlilchi Iqboljon Mirsaitov.

“Bu dastur ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan barcha huquq-tartibot organlari, fuqarolik jamiyati va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ilk harakat bo‘ldi, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Albatta, dastur ayrim tuzatishlarga muhtoj, ammo eng muhimi – tomonlar vazifalar va asosiy choralarni ishlab chiqdilar” dedi u. “Ularni amalga oshirsa bo‘ladi. Bu vazifalar erishib bo‘lmaydigan narsalar emas.”

O‘tgan yili huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hukumat idoralari ko‘magida Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi (GKDR) radikallashuvning oldini olish maqsadida mamlakat bo‘ylab minglab tadbirlarni o‘tkazdi, deydi GKDR raisining birinchi o‘rinbosari Zokir Chotayev.

“Biz tizimli o‘zgarishlarni joriy qildik va dinga oid yangi qonunni ishlab chiqdik”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Xalqaro maydonda din erkinligini rag‘batlantiruvchi dunyoviy davlat modelini targ‘ib qilish masalasini ko‘tarib chiqdik.”

Shu bilan birga, GKDR o‘tgan yil 56 ta maktabda dinshunoslik fanini joriy etdi, deydi Chotayev.

Jumladan, Karvonsaroy nashri avvalroq ayrim qirg‘iz maktablarida yangi “Diniy madaniyat tarixi” darsi o‘quv dasturiga kiritilgani haqida xabar bergandi.

“2018-yil sentabr oyidan boshlab, Qirg‘izistonning barcha maktablarida diniy fanlarni joriy qilishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Chotayev. “Profilaktik harakatlarimiz o‘z samarasini bera boshladi va ko‘pchilik din arboblari biz dunyoviy davlatda yashayotganimizni tushuna boshladilar. Bu ishlar davom etishi va kuchaytirilishi kerak.”

“Fuqarolik jamiyati va huquqni muhofaza qilish organlari harakatlari tufayli, 2017-yil birorta ham qirg‘iz Yaqin Sharqqa ketmagani bilan e‘tiborli bo‘ldi”, deb qo‘shimcha qildi u.

Radikallashuv tahdidi saqlanib qolmoqda

Yutuqlarga qaramay, Qirg‘izistonda radikal tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlovchilar soni ortib bormoqda, deb ogohlantirdi Medetbekov.

“Ishsiz, o‘qimagan yoshlar ta’sirchanroq va ekstremistlarning mafkuraviy manipulyatsiyasiga moyilroq”, deydi u.

“Ko‘p hollarda, ayniqsa, oxirgi 2-3 yil ichida yoshlarimiz ish izlab MDH mamlakatlari, jumladan Qozog‘iston, Turkiya va Yaqin Sharqqa ketishgan, u yerda ularning ko‘pchiligi ekstremistlar ta’siriga tushib, turli jangari guruhlarga qo‘shilib qolishgan”, deydi u.

Medetbekov rasmiy ma’lumotlarga asoslanib, chet elda 700ga yaqin qirg‘iz jangarilar safida jang qilayotganini aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, hukumat ko‘plab ekstremistik madrasa va tashkilotlar joylashgan Pokiston, Turkiya, Iordaniya yoki Misrga ketgan fuqarolar faoliyatini kuzatishga qodir emas va bu uning zaif tomonlardan biridir.

Qirg‘iziston “u yerlarda nechta fuqaro ta’lim olayotgani va ular nimalarni o‘rganayotgani”ni bilish imkoniyatiga ega emas, deydi u.

Yana bir boshqa yo‘nalish, bu – vebsaytlar orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari, ayniqsa Qirg‘izistonga “ekstremistik g‘oyalarning eksport qilinishi”, deydi u.

“Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari bilan solishtirganda, Qirg‘izistonda internetga kirish imkoniyatlari cheklanmagan”, deydi u. “Bir necha ming terrorchi va ekstremistik veb-saytlar aholini manipulyatsiya qilish uchun zamin yaratmoqda.”

Ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirish

Ekstremizm va radikallashuvga qarshi kurashishni da’vo qiluvchi bir qator nodavlat tashkilotlar “buni qanday qilib amalga oshirishni bilmaydi”, deydi Mirsaitov.

“Biz kim bilan kurashayotganimizni va ommani nimaga jalb qilayotganimizni bilishimiz kerak”, deydi u.

Qirg‘iziston Suriya va Iroqdan qaytib kelayotgan sobiq jangarilarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha davlat dasturini joriy qilishi kerak, deydi u.

“Biz o‘z fuqarolarimiz va ularning farzandlariga vatanga qaytish hamda ijtimoiy, siyosiy va diniy reabilitatsiyadan o‘tish uchun imkon yaratib berishimiz kerak”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
3
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha