https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/04/20/feature-01
| Terrorizm

Tojikistonda IDga qo‘shilishga uringan bir oilaning yetti a’zosiga hukm o‘qildi

Negmatullo Mirsaidov

image

Nasriddinov oilasining qarindoshlari 18-aprel kuni Xo‘janddagi So‘g‘d viloyati sudi zalini tark etmoqdalar. Mazkur oilaning biryo‘la yetti nafar a’zosi IDga qo‘shilishga uringanlikda ayblangan va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. (Negmatullo Mirsaidov)

XO‘JAND, Tojikiston – So‘g‘d viloyat sudi bir haftalik eshituvlardan so‘ng, chorshanba, 18-aprel kuni Isfara tumani, Navgilem qishlog‘idan bo‘lgan oilaning yetti nafar a’zosini turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qildi. Ular “Islom davlati” (ID) safiga qo‘shilishga uringanlikda ayblangan.

O‘z oila a’zolarini ushbu harakatga qo‘shilishga undagan va uni tashkillashtirgan 47 yashar Bahodur Nasriddinov 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Uning onasi Mavluda Nasriddinova 12 yillik qamoq jazosi oldi, oilaning boshqa uch nafar ayol a’zolari – Farzona Nasriddinova, Mushohira va Shohina Nurulloyevalar ham xuddi shuncha muddatga kesilganlar.

Oila a’zolaridan bo‘lgan yana 2 nafar erkak – Xaydarxon Nasriddinov va Nasrulloxon Abduvaliyevlar 12 yarim yillik qamoqqa hukm qilindilar.

Ushbu hukm sudlanuvchilar Oliy sudga apellyatsiya bermagan taqdirda 10 kun ichida kuchga kiradi.

Oilaning boshqa ikki nafar a’zosi – 16 yashar Ma’rifat Nasriddinova voyaga yetmagan bo‘lgani sababli, 24 yoshli Shohida Nurulloyeva esa ruhiy xasta ekanligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Suriya tomon yo‘l

2017-yilning mart oyida Nasriddinovlar oilasi a’zolari qarindoshlariga Bahodir bilan ko‘rishish uchun Dushanbega ketayotganliklarini aytib, Navgilem qishlog‘idan chiqib ketganlar.

Nasriddinovning yaqinlari jangarilar safiga qo‘shilish uchun yo‘lga chiqqan 28 kishi qatorida bo‘lgan, ular dastavval Olmaotaga, u yerdan esa Istanbulga yo‘l olganlar. Ular Salohiddin ismli (familiyasi oshkor etilmagan) Ozarbayjon fuqarosining ko‘magi bilan uchta yo‘ltanlamasda Turkiyadan Suriyaga o‘tishga uringanlar.

Turkiya politsiyasi Bahodur Nasriddinov haydab ketayotgan mashinani to‘xtatib qolgan. Qolgan ikki mashina Suriyaga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan va unda bo‘lgan yo‘lovchilarning barchasi ayni paytda Idlib viloyatida ekani aytilmoqda.

9 nafar tojik fuqarosi Ukraina, Ozarbayjon va Qozog‘iston orqali Tojikistonga qaytarilgan, ushbu jarayon bir necha oy vaqt olgan.

Vatanlariga qaytganlaridan so‘ng ham, ular o‘zlarini imkon bo‘lishi bilan yana Suriya borishga urinadigandek tutganlar, bu rasmiylarda shubha uyg‘otgan.

Bahodur Nasriddinovning Suriyadagi qarindoshlari bilan internet orqali yozishmalari ashyoviy dalil sifatida keltirilgan. Oila a’zolari Tojikistonga qaytganlaridan so‘ng huquq-tartibot organlariga murojaat qilmaganlar va o‘z qilmishlaridan hech qachon, hatto sud jarayonida ham pushaymon bo‘lmaganlar, dedi prokuror Raufxon Aliyev Karvonsaroy bilan suhbatda.

2017-yilda So‘g‘d viloyati sudlari tomonidan terrorrizm va ekstremizm bilan bog‘liq 165 da jinoiy ish ko‘rib chiqilib, 257 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2016-yilda bu raqam 305 tani tashkil etgandi.

Sizga maqola yoqdimi?
5
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha