Karvonsaroy
Xavfsizlik

Iroq va Suriyaga kelayotgan xorijlik ID jangarilari soni kamayib bormoqda

Xolid al-Tayi

30-oktabr kuni e’lon qilingan “Islom davlati” (ID) videolavhasidan olingan kadrda noma’lum joydagi guruh a’zolari tasvirlangan. (File)

30-oktabr kuni e’lon qilingan “Islom davlati” (ID) videolavhasidan olingan kadrda noma’lum joydagi guruh a’zolari tasvirlangan. (File)

Xorijlik jangarilar “Islom davlati” (ID) safida jang qilish maqsadida Iroq va Suriyaga kirib bormoqdalar, ammo ularning soni ancha kam va qo‘lga tushish ehtimoli katta, deydi rasmiylar.

Iroq rasmiylarining xabariga ko‘ra, Iroqqa kelayotganlar sonining keskin kamayishi Iroq va xalqaro koalitsiyaning IDga yetkazgan zarbalari hamda guruhning moliyaviy manbalarinining nishonga olinishi natijasidir.

Kolalitsiya kuchlari Iroq va Suriyadagi ID qoldiqlariga zarba bermoqda, deyiladi 6-noyabr (seshanba) kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi e’lon qilgan bayonotda. 3-noyabr kuni koalitsiya kuchlari IDning 44 ta nishoniga qarata 28 ta hujum uyushtirdi” deb qo‘shimcha qildi u. Hujumlar oqibatida 3 ta bosh qarorgoh hamda ID boshqa inshoot va mulklari yo‘q qilingan.

Xorijlik jangarilar ID saflariga qo‘shilish maqsadida Suriyaga kelishda davom etmoqda, ammo ularning soni ancha kamaygan, dedi AQSh Qurolli kuchlari shtablari boshlig‘i, general Jozef Danford.

Iroq hukumat kuchlari “Islom davlati” (ID) jangarilarini yo‘q qilish maqsadida Salohiddin viloyati boʻylab harakatlanmoqda, 2017-yil, 25-noyabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

Iroq hukumat kuchlari “Islom davlati” (ID) jangarilarini yo‘q qilish maqsadida Salohiddin viloyati boʻylab harakatlanmoqda, 2017-yil, 25-noyabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

Kelayotgan yangi izdoshlar soni oyiga 100 kishi atrofida. Uch yil avval eng yuqori ko‘rsatkich oyiga 1500 kishidan iborat bo‘lgan, deydi u.

Kelayotganlar sonining kamayishiga qaramay, Danford ID g‘oyalarining jozibadorligini so‘ndirish va “xorijiy jangarilarni aniqlash, jazolash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va jamiyatga qayta integratsiya qilish” bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini taʼkidladi.

“Yengilmas deb da’vo qilingan guruh yengildi”, dedi Iroq Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, general-mayor Tahsin al-Xafajiy Diyaruna nashriga. ID jangarilari “ularga qarshi maqsadli xavfsizlik operatsiyalarini amalga oshirayotgan harbiy kuchlarimizning shiddatli bosimi ostida qolmoqda”.

Kuchaytirilgan chegara xavfsizligi

Iroq harbiy kuchlari chegarani himoya qilish va ID jangarilari kirib kelishining oldini olish uchun “qahramonlarcha” harakat qilmoqdalar, dedi al-Xafajiy.

“Iroqqa kirib kelayotgan terrorchilar sonining qisqarishi chegarani himoya qilish va yashirin tarzda kirib kelayotganlarni kamaytirishga qaratilgan keng miqyosli sa’y-harakatlar bilan bogʻliq”, dedi u.

Iroq harbiy kuchlari xalqaro koalitsiya bilan razvedka ma’lumotlari, jumladan, IDning yashirin joylari va harakatlari borasidagi maʼlumotlar bilan bo‘lishmoqda, dedi u. Koalitsiya yashirin kirib kelayotganlarni bartaraf qilishda favqulodda operatsiyalar bilan ham yordam berdi.

Bu Iroqqa kirib kelayotgan xorijiy jangarilar oqimini kamaytirishning asosiy omillaridir, dedi u.

“Iroq oʻz chegaralarida terrorchilar hozirligini butunlay yo‘q qilish uchun barcha tegishli xavfsizlik idoralari o‘rtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida o‘zining razvedka imkoniyatlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda”, dedi al-Xafajiy.

Shu oyning o‘zida Anbar, Ninava va Diyala viloyatlarida o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida yuzlab ID jangarilari yo‘q qilindi va hibsga olindi, dedi u. 100 ga yaqin ID manzillari, yer osti yo‘llari va yana 100 transport vositalari yo‘q qilindi.

Raqamlar kamayib bormoqda

2015-2016-yillar orasida Iroq va Suriyada ID safiga 20 mingdan ortiq xorijiy jangarilar qo‘shilgan, deydi strategik va siyosiy masalalar bo‘yicha tadqiqotchi Amir al-Saidiy “Diyaruna” bilan suhbatda.

So‘nggi raqamlarga qaraganda, ayni damda Iroqda 1500 nafargacha mahalliy va xorijiy ID jangarilari bor, Suriyada esa ular 5 mindan kam, dedi u.

“Bu IDga qarshi xalqaro koalitsiya yordamida barcha kuchlarimiz tarafidan olib borilgan kurash natijasida erishilgan muhim yutuq”, dedi al-Saidiy.

Guruhning moliayaviy manbalarini nishonga olish va jangarilarini yaqindan kuzatish uni zaiflashtirdi, deb qo‘shimcha qildi u.

“IDga yetkazilgan eng kuchi zarba global yordam bo‘ldi”, dedi xavfsizlik tahlilchisi Jassim Hanoun Diyaruna nashriga.

“Fuqarolarga qarshi yovuz jinoyatlarni amalga oshirgani va ikkiyuzlamachilik da’volari tufayli odamlar, ayniqsa yoshlar guruhdan bezgan”, dedi u.

Bir necha yil avval, 100 dan ortiq arab, Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan juda ko‘p ko‘ngillilar va yollanma askarlar ID safiga qo‘shilish uchun oqib kelar edi, dedi Hanoun.

“Bugunga kelib yollashlar soni qisqargan va uning safiga qo‘shilayotgan terrorchilar ham kamaygan”, dedi u. “Endi esa biz Iroq va Suriyadan o‘z vataniga qaytayotganlarni kuzatmoqdamiz.”

“ID qo‘shinlari umidsizlikka tushgan va bo‘linib ketgan, uning intihosi yaqin”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Бу чупчакни Ким езди узиям шунга ишонадми

Javob berish

Ha-ya, hamma ishni koalitsiya qildi... baraka topishsin.

Javob berish

Ha, besh yil. Bir toʻylarni, bir buldozerlarni yakson qilishdi... AGAR RUSLAR BOʻLMAGANIDA Suriya ham, Iroq ham Liviya yoʻq boʻlganidek davlat qolmas edi. Ikkinchi Somali boʻlib qolar edi. U yerda soqollilar hammangizni qirpichoq qilib, ayollaringizni bozorda sotar edi va ALLAHga qanday toʻgʻri ibodat qilishni oʻrgatar edi.

Javob berish