AMSTERDAM – Niderlandiya hukumati Rossiyaning oʻrta va qisqa masofalarga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi (INF) shartnomani buzganiga oid dalillarga ega ekanini ta’kidlamoqda.
Ronald Reygan va Mixail Gorbachev shartnomani 1987-yil dekabr oyida imzolagan edilar. Hujjat Sovuq urushning tugatilishida muhim qadam boʻlgan.
Mamlakat parlamentining quyi palatasi tomonidan internetda chop etilgan hujjatga koʻra, Niderlandiyaning tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari ayblovni 27-noyabr (seshanba) kuni eʼlon qilganlar.
“Niderlandiya Rossiyaning yerdan uchiriladigan qanotli raketalarni ishlab chiqib, ayni damda qo‘llayotganini mustaqil ravishda tasdiqlaydi”, deyiladi tashqi ishlar vaziri Stef Blok va mudofaa vaziri Ank Bijleveld tomonidan golland tilida bitilgan qo‘shma maktubda. Uning tarjimasi NL Times nashri tomonidan taqdim etilgan. Vazirlar ma’lumotlarni razvedkadan olganliklarini aytganlar.
“Agar Rossiya hech narsaga qaramay, INF bitimini buzishda davom etadigan boʻlsa, AQSH Rossiyaning mazkur hatti-harakatidan aniq xulosa chiqarishi, Nederlandiya va NATO ittifoqchilari esa harbiy va qurollar nazorati sohalarida keyingi harakatlarini o‘ylab qo‘yishlari kerak boʻladi. Nederlandiya oʻsha paytdagi vaziyat uchun javobgarlik Rossiya zimmasida bo‘lishini yaxshi tushunadi”, deyiladi hujjatda.
Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, gap SSC-8 qanotli raketasi haqida bormoqda.
Niderlandiya va AQSH hukumatlari ma’lumotiga ko‘ra, SSC-8 qanotli raketasi INF shartnomasning 500 dan 5500 kilometrgacha masofaga uchadigan raketalarni ishlab chiqarishga oid taqiqini buzadi.
Vashington 2013-yildan beri Kremlni bitim qoidalarini buzishda ayblab kelmoqda. Oktabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Amerikaning bu shartnomani bekor qilishga tayyor ekanligini maʼlum qilgandi.
NATO a’zolari orasidagi xavotirlar
Niderlandiya tarafidan bu ma’lumotlarning oshkor qilinishi bilan Rossiyani bitimni buzishda ayblayotgan AQSH safiga yana bir NATO davlati qoʻshildi. Bu shartnoma deyarli 2700 ta raketaning yo‘q qilinishiga olib kelgan.
Shartnomaning buzilishi “javobsiz qolmaydi”, deb yozgan Niderlandiya rasmiylari Moscow Times nashri tarjimasiga ko‘ra. Hujjatda niderlandlar “Qo‘shma Shtatlar va boshqa NATO ittifoqchilari bilan birga INF bitimining kelajagi borasida yaqindan hamkorlik qilishga” vaʼda berganlar.
NATOning yana bir a’zosi – Polsha ham oktabrda bu boradagi xavotirlarini izhor etgan edi.
“Rossiya yangi raketalarni jangovar holatga keltirish bilan bitim qoidalarini buzmoqda”, degan edi Bryusselda Polsha tashqi ishlar vaziri Yatsik Chaputovich Defence24.pl xabariga ko‘ra. “Shartnoma buzilgani sabab amal qilishdan toʻxtagan bo‘lsa, unga rioya qilish kerakmi yoki yo‘qligi soʻroq ostida qolmoqda.”
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning taʼkidiga koʻra, Rossiya Yevropa xavfsizligining “poydevori” bo‘lgan shartnomani xavf ostida qoldirmoqda.
Rossiya shartnomani buzganini inkor etayotgan boʻlsa-da, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy xavfsizik borasida o‘z qarashlarini sir tutayotgani yo‘q.
Karimov ularga o‘zbeklarning sehrli o‘tidan yuborib turgan shekilli, shunga ham ruslardan qo‘rqishadi, qotib qolguncha chekib olib, bir-birlarini qo‘rqitib o‘tirishadi. Qozog‘istondagi chuylik yigitlarni u yerga yuborish kerak, qanday qilim chilim chekib kuni bilan sharqona ertaklar aytishni o‘rgatib qo‘yishadi. Ana o‘shanda siyosatga vaqt qolmaydi. Qozog‘istonga qarang, tinchlik, osoyishtalik, hech qanday siyosat yo‘q, faqat biznes.
Javob berishFikrlar 17
“Niderlandlar”? Nima, “geografiya yangiliklarimi” bu? Bizning oʻrtoq Stalin xaritadagi bu dogʻlarni qizilga boʻyab tashlashiga oz qolgan edi.
Javob berishGermaniyani esa boʻyab tashlagan. Ehtimol, bu halokatli emasdir...
Javob berishFikrlar 17
Rossiyadagi harbiy jinoyatlar haqida dalillar koʻpayib bormoqda. Hisob-kitob juda qattiq boʻladi.
Javob berishFikrlar 17
Amerika va uning malayi Geyropadan odam charchadi, biror sababni bahona qilib kechirim so‘rab, ustiga kemami, samolyotmi tashlab yuborish kerak. Rossiya bilan hazillashib bo‘lmasligini bilib qo‘yishsin
Javob berishFikrlar 17
Rossiya hamma bitimlarni buzmoqda. Davlat emas, qallobga o‘xshaydi.
Javob berishFikrlar 17
Amerika va G‘arb shoqoldek tashlanmoqda
Javob berishFikrlar 17
Rossiyaliklar! bu g‘arbning yana bir yolg‘oni, o‘z prezidentingizni qo‘llab-quvvatlang, tashqi dushmanlar, qolaversa ichki shoqollarga kurashish uning uchun mushkul.
Javob berishFikrlar 17
Bunday vaziyat haqiqat bo'lsa avvalo bir birovning orqasidan ish ko'rmasdan ochiq diplomatik muzokara olib borish kerak. Mabodo man amerikani yomonlasam amerika yomon bo'lib qolmaydiku. Golĺandya xavotirga tushmasdan ochiq muloqatga o'tishi lozim.Qolaversa gollandlar bu shartnomada ishtirok etmagan.
Javob berishFikrlar 17
Rossiyaga qarashli “Shimoliy oqim-2” barbod boʻlsa, koʻramiz qanday sayrar ekan
Javob berishYevropa sayrab yuboradi
Javob berishFikrlar 17
Yevropaliklar ham, NATO ham – ablahlar. Rossiya chegarasiga va boshqa davlatlarining shaxsiy munosabatlariga oʻzlari suqilib turib Iskander kabi raketalardan qoʻrqishadi. Bekorlarni beshtasini yebsizlar Rossiya aynan shu bilan sizlarni qoʻlda ushlab turibdi. Agar bu raketalar boʻlmasa xuddi Iroq, Afgʻoniston, Liviya, Suriya va hokazolardek boshga chiqib olasiz. Sendaka gey xalq bilan shunday boʻlish kerak
Javob berishTo‘g‘ri, roziman
Javob berishFikrlar 17
Mendagi razvedka maʼlumotlariga qaraganda gollandlar oʻzlari yadroviy qurollar shartnomasini buzishgan))))) INF shartnomasiga asosan amerikoslar ularning razvedkasi “qonunbuzarliklar” mavjud deb koʻrsatgan istagan mamlakatni tekshirish imkoniga egalar. Agar ularda haqiqiy dalil boʻlganda edi, allaqachon fosh etishgan boʻlardi. Rossiya Federatsiyasi ham “patriotlar” bir qancha ishlanmalardan keyin “tamagavk” raketalarini uchirishi mumkin ekanligini taʼkidlaydi, ammo ular Polsha va Ruminiyadan uchirishini hisoblasak INF shartnomasini AQSH ham buzyapti. Jiddiy gapiradigan boʻlsak, birinchidan: Niderlandiya razvedkasining oʻzi yaxshi hazil. Ikkinchidan esa, gollandlar shartnomada ishtirok etmaydilar, ogʻizlarini yopib tursalar ham boʻladi. Nima boʻlganda ham, odamni kuldirdingiz)))
Javob berishGollandiya razvedkasi va uning kiberimkoniyatlari haqida hech narsa bilmas ekansiz. Ruslar Davlat departamentiga hujum qilayotganini aynan gollandlar bilib qoldi. Aynan gollandiyaliklar Rossiya harbiy razvedkasi (GRU) tarkibiga kiruvchi Cozy Bear rus xakerlar guruhi qayerda joylashganini, jumladan xonaga kirib-chiqayotgan barchani tasvirga olgan ANIQ kamerani ham topgan. Mana, oʻqib koʻring, juda qiziq voqea: https://nltimes.nl/2018/01/25/dutch-team-infiltrated-russian-hacker-group-witnessing-us-election-meddling-dnc-attack
Javob berishKeyin, Gollandiya razvedkasi 2019-yilda Haaga yaqinida josuslik qurilmalari boʻlgan bir nechta rus agentini ham hibsga olgan.
Fikrlar 17
Rossiya barcha kelishuvlarni buzdi. Uni jazolash kerak.
Javob berishNATOning mavjudligi Xudoning yerdagi namoyishidir
Javob berishFikrlar 17