Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya yadroviy raketa tizimini Yevropaga yaqinlashtiqmoqda

Karvonsaroy

Rossiya harbiylari “Iskander-M” raketa tizimidan foydalangan holda oʻquv mashgʻulotlari olib bormoqda, Astraxan viloyati, 2018-yil, mart. “Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida”gi shartnomaga xilof boʻlgan 9M729 raketasi “Iskander”ga oʻxshash tizimdan uchirilishi taxmin qilinadi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya harbiylari “Iskander-M” raketa tizimidan foydalangan holda oʻquv mashgʻulotlari olib bormoqda, Astraxan viloyati, 2018-yil, mart. “Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida”gi shartnomaga xilof boʻlgan 9M729 raketasi “Iskander”ga oʻxshash tizimdan uchirilishi taxmin qilinadi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya qurollanish bo‘yicha xalqaro bitimga zid bo‘lgan yadroviy raketalarni uchirishga qodir boʻlgan “Iskander-M” qurilmasini Polsha va Litva o‘rtasidagi hududiy blokplost – Kaliningradda joylashgan otryadiga yubormoqda.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi sayti 1-yanvar kuni e’lon qilgan edi.

SSC-8 nomi bilan tanilgan 9M729 raketasi “Iskander” yoki shunga o‘xshash tizim yordamida uchirilishi taxmin qilinadi. Bu raketa o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish bo‘yicha (INF) shartnomaga xilof ravishda 2500 kmga ucha oladi.

Tarixiy bitim yerdan uchiriladigan, parvoz masofasi 500 dan 5500 kilometergacha bo‘lgan raketalarni taqiqlaydi.

“Iskander-M” tizimining Rossiya G‘arbiy jangovar okrugiga ko‘chirilishi “2019-yilda yakunlanadi” va u ikki turdagi raketa: ballistik va qanotli raketalarni oʻz ichiga oladi”, deb xabar bergan vazirlik.

“Majmua dushmanning raketa uchirish qurilmalarini, raketa va havo mudofaasi tizimlarini, aerodromlardagi samolyotlar va vertolyotlarni, qo‘mondonlik postlarini va infratuzilmani yo‘q qilishga mo‘ljallangan”, deyiladi bayonotda.

Puch iddaolar va real tahdidlar

“Iskander-M” raketa tizimining Yevropaga zarba yetkazish chegarasiga ko‘chirilishi NATO ittifoqchilariga qarshi qaratilgan maqtanchoqlik davolari va ig‘volardan biridir.

Kreml burun dunyo bo‘ylab tinchlik maqsadlarini koʻzlashini aytsa-da, Rossiya hech qanday dushman yenga olmaydigan ikkita qurol sinovdan o‘tkazilayotgani haqida shubhali da’volarni bildirgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Poseydon” nomli harbiy dengiz qurolini dushman mudofaasiga nisbatan “mustahkam” deya tavsifladi, deb xabar bergan edi Rossiyaning davlat boshqaruvidagi TASS axborot agentligi 25-dekabr kuni.

Bungacha “Status-6” nomi bilan mashhur bo‘lgan, NATO “Kanyon” deb ataydigan okeanik kompleks tizimi – yadroviy kallaklarni eltishga qodir bo‘lgan pilotsiz suvosti transport vositasi hisoblanadi.

26-dekabr kuni Putin vazirlar mahkamasi yigʻilishida tovushdan tez uchuvchi “Avangard” raketasi sinovini “mislsiz muvaffaqiyat” deb atagan.

“Bu Qurolli kuchlar va, ehtimol, mamlakat hayotidagi muhim voqeadir”, degan edi u. “Rossiya endi yangi strategik qurol tizimiga ega”.

Rossiya hukumati va ommaviy axborot vositalari “Poseydon” va “Avangard” tizimlarining vayron qilish imkoniyatlari haqida talaygina da’volarni bildirdilar, ammo ularning birortasi ham tasdiqlanmadi.

Putin yadroviy xavfsizlikka nisbatan o‘zining hazilomuz yondashuvini yashirgani yo‘q.

18-oktabr kuni Putin yadroviy urush holatida “Biz zo‘ravonlik qurbonlari, jafokashlar sifatida jannatga tushamiz. Ular (zo‘ravonlar) esa hatto tavba qilishga ham ulgurmay oʻlib ketadilar”, deb hazillashgan edi.

Bir vaqtning o‘zida, Rossiya askarlari Ukraina va Suriyadagi urushga jalb qilingan hamda Gruziyaning beshdan bir qismini egallab turibdi.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan 27 yil oʻtib ham, Rossiya askarlari hamon Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda boʻlib turibdi.

Aprel oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash orqali Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligini oshirish niyatini e’lon qilgan edi.

INF shartnomasi xavf ostida

Moskva INF shartnomasini bir necha bor buzgani sababli tanqidlar ostida qolib ketgan.

Dekabr oyi boshida Qoʻshma Shtatlar, agar Rossiya 1987-yilda imzolangan shartnomaga zid keluvchi raketalarini 60 kun ichida yoʻq qilmasa, shartnomadan chiqishini aytib tahdid qilgan edi.

“Rossiyaning xatti-harakatlari Amerikaning milliy xavfsizligi, qolaversa, ittifoqchilarimiz va sheriklarimizning xavfsizligiga jiddiy putur yetkazadi”, degan edi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 4-dekabr kuni NATOga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvidan soʻng.

“Biz Rossiyaning INF shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini jiddiy ravishda buzayotgani haqida AQSHning xulosasini qatʻiyan qoʻllab-quvvatlaymiz”, deyilgan NATOga aʼzo 29 mamlakat tashqi ishlar vazirlarining qoʻshma bayonotida.

Noyabr oyida Niderlandiya hukumati Rossiya tomonidan INF shartnomasining buzilayotganiga oid dalillari borligini maʼlum qilgandi.

“Niderlandiya Rossiya yerdan uchiriladigan qanotli raketalar tizimini ishlab chiqqani va hozirda uni amaliyotga joriy qilayotganini mustaqil ravishda tasdiqlashi mumkin”, deyiladi mamlakat tashqi ishlar vaziri Stef Blok va mudofaa vaziri Ank Bijleveldning 27-noyabr kungi qoʻshma maktubida.

Soʻnggi muddat tugab borayotgan bir vaqtda, dunyo liderlari INF shartnomasining bekor boʻlishi mumkinligini borasida oʻz xavotirlarini bildirsa-da, Rossiya oʻzining murosasiz va inkor etuvchi munosabatida davom etmoqda.

Rossiya rasmiylari oʻtgan oyda inspektorlarga INF shartnomasiga xilof ekani taxmin qilinayotgan bahsli raketani tekshirishga izn bermagan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 27

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Saytning oʻzi va undagi materiallar provokatsion. Maqolada dunyodagi Rossiya harbiy bazalarining soni keltirilgan. Adolat uchun AQSH va NATO bazalarining sonini va ular orasidagi farq qanchalik katta ekanini ham ayting.

Javob berish

Bizga qanchalik achnarliy bo‘lmasin 'Rossiya kerak yo‘qsa AQSH va Xitoy hamma yoqni rasvo qiladi. Hamma kimdandir qo‘rqishi kerak.

Javob berish

Bu ayni haqiqat. Chunki yer yuzi muvozanat da bo'lishi, va faqat dunyo bir tomonli qutubga bo'y sunmasligi lozim. AQSh ga qo'yib bersa dunyoni algʻov dalgʻov qilib yuborishi mumkin..

Javob berish

100%Togr Raasiya agar yomon bolsa Markaziy oaiyoga Avgoniston tahdid solayotganda ximoya qilmasdi becora rus soldatlarn olib kelganku

Javob berish

Chala jinoyatchilar qonun, shartnoma, huquq bor deb yanglish ishonadilar, mana shunda adashadilar. Bizga yaxshigina yadroviy urush xalal bermas edi. Qarang sonlaring ortib ketganini! Milliardlab hasharot koʻpayadi, odam kamyob tovar.

Javob berish

Камроқ билсанг, кўпроқ ухлайсан

Javob berish

Hamma yangiliklar Rossiya haqida, nima, oʻzlaringizda muammo yoʻqmi??? Gʻiybatchi kampirlarga oʻxshaysizlar.

Javob berish

Karvonsaroyga amerisoskalar pul toʻlaydimi?

Javob berish

Oligarxlar biznesda urush-urush oʻynashyapti bu odamlar bundan ziyon koʻrmoqda RF bu SSSR emas.

Javob berish

Yaxshi. Shunday davom eting

Javob berish

Hamma fikrlar ichida yagona mantiqli odam

Javob berish

Yengilmang. Shunday davom eting

Javob berish

Bo‘lmagan gap, hammasi to‘qilgan safsata.

Javob berish

Rossiyaning yovuzligi nimada? Iroq, Yugoslaviya, Vyetnam - nahotku bu Rossiya boʻlsa? Rossiya Amerika uchun tomoqqa tiqilgan suyak kabidir. Borgan sari unga yaqin kelmoqda. Nahotki Rossiya shunchaki taslim boʻlib qoʻya qolsa?

Javob berish

Rossiya – yovuz kuch

Javob berish

Quturishga qarshi dori shirin boʻlmaydi, gʻarb esa tobora quturmoqda

Javob berish

Uni bunday choralarga kim majbur qilyapti, AQSH emasmi?

Javob berish

Rossiya Sovet Ittifoqi kabi vayron boʻlib bormoqda. Unga hech qanday raketa yordam berolmaydi

Javob berish

Unda qoʻrquvdan qaltiramanglar. Qoʻrqoq boʻlsanglar, Rossiyani ham tinch qoʻyinglar. Qoʻrqa-pisa jimgina oʻtiringlar.

Javob berish

Amerikoslar dunyoning yakka hukmdori boʻla olmaydilar! Ularning okean ortida oʻz hududlari bor, oʻsha yerda oʻtirib, boshqa davlatlarning ishiga aralashmasinlar!

Javob berish

G‘arb “Shimoliy oqim-2”ni yopib qo‘yishi kerak. Kremlning popugi darrov pasayib qoladi

Javob berish

Oʻylaymanki, cen nohaqsan. Qayerga sotadi, yonida Xitoy boʻlsa. Yevropa esa gazsiz, bu savolni ularga berish kerak, shunaqa boʻlishini xohlaydilarmi oʻzi?

Javob berish

Rossiya ostonasidagi Amerika bazalarichi, amerikaliklar ularni yo‘qotishi kerak ))))

Javob berish

Bu hech narsani oʻzgartirmaydi, baribir Rossiya qudratli davlat

Javob berish

100%

Javob berish

Rossiya o‘zini qanday himoya qilishi kerak? Har tomondan qurshab olishgan. Ana endi qo‘rqishsin.

Javob berish

Raasiya qorqdi deganing Markaziy osiyo qorqdi degan Raasiya bolmasa Markaziy osiyon 1kunda bosib oladi bechora Raasiyan orab tashlashgan Aqshga 1000000lanat

Javob berish