Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Markaziy Osiyolik jurnalistlar va yoshlar dezinformatsiyaga qarshi kurash yoʻllarini oʻrgandilar

Aydar Ashimov

Ostonadagi anjumanda intervyuga hozirlik koʻrayotgan qozogʻistonlik operator, 11-oktabr. [Aydar Ashimov]

Ostonadagi anjumanda intervyuga hozirlik koʻrayotgan qozogʻistonlik operator, 11-oktabr. [Aydar Ashimov]

OSTONA – Internews xalqaro nodavlat tashkiloti Markaziy Osiyoda jurnalistlar va yoshlar orasida media-savodxonlikni oshirish va radikallashuvning oldini-olish choralarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Bu boradagi ishlarning navbatdagisi – “Eduthon” deb nomlangan seminar 24-26-yanvar kunlari Ostonada boʻlib oʻtdi.

Tadbir media-savodxonlikni oshirish, hisobdorlik va mintaqaviy hamkorlikni yaxshilash orqali “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikka koʻmaklashish” deb nomlangan oʻtgan yil aprel oyida boshlangan 18 oylik loyiha doirasida oʻtkazildi. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmanistonga asosiy eʼtibor qaratilgan.

Yevropa Ittifoqi sentabr oyiga qadar davom etadigan ushbu loyiha uchun 3,3 mln. yevro ajratgan.

Ikkinchi bor oʻtkazilgan Eduthon anjumani qatnashchilari Internewsʼning media-treningi davomida birgalikda ishlamoqdalar, Ostona, 25-yanvar. [Facebook]

Ikkinchi bor oʻtkazilgan Eduthon anjumani qatnashchilari Internewsʼning media-treningi davomida birgalikda ishlamoqdalar, Ostona, 25-yanvar. [Facebook]

“Dunyoning boshqa joylarida boʻlgani kabi, Markaziy Osiyoda ham “soxta xabarlar” va tashviqot borgan sayin dolzarb muammoga aylanib borayotgani, fuqarolar bu kabi xurujlarga qarshi chora koʻrish zarurligini tushunib yetmoqdalar”, deyilgan oʻtgan yil iyulda birinchi Eduthon anjumanidan soʻng tarqatilgan Internews press-relizida.

Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, Eduthon tadbirlaridan koʻzlangan maqsad – talabalar va mahalliy aholi oʻrtasida mediasavodxonlik, raqamli savodxonlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish.

Dezinformatsiyaga qarshi turish

“Eduthon – demokratik shakldagi va qiziqarli ruhdagi tadbir boʻldi”, deydi Qozogʻistondagi Internews idorasida mediasavodxonlik boʻyicha mintaqaviy maslahatchi boʻlib ishlaydigan olmaotalik jurnalist Gulnar Asanbayeva.

“U amalda dezinformatsiya qarshi kurash yoʻlida ozmi-koʻpmi harakat qiladigan kishilarni jamlaydi. Biz faqat murabbiylar va xorijiy ekspertlardan emas, balki bir-birimizdan ham oʻrganmoqdamiz”, dedi u Karvonsaroyga.

“Markaziy Osiyoda mediasavodxonlikni oshirishga qaratilgan, Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan ishtirokchilarni jamlagan ikkinchi tadbirda qatnashish men uchun oʻziga xos imkoniyat boʻldi”, dedi Qozogʻiston yoshlar axborot xizmatining Pavlodar shahar boʻlimi muvofiqlashtiruvchisi Yevgeniy Xabarov.

“Mahalliy va xalqaro mutaxassislarning informativ maʼruzalari bizga axborot savodxonligi va OAV bilan ishlashning o'ziga xosliklarini o'rganish va oʻzlashtirishga yordam beradi”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Ishtirokchilar oʻrtasidagi tajriba almashinuvi tufayli biz yangi ish uslublarini oʻrganib, ularni qoʻllagan holda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqmoqdamiz”, dedi u.

“Bundan tashqari, ishtirokchilar va murabbiylar oʻrtasidagi muloqot va hamjihatlik orqali real hayotga tatbiq etiladigan muhim loyihalar yaratiladi”, — dedi u.

Mediasavodxonlikni kuchaytirish

“Internews tashkilotining axborot savodxonligini oshirish va zoʻravonlik ekstremizmiga qarshi kurash boʻyicha treninglari muhim mavzulardagi oʻta zarur tadbirlar hisoblanadi”, dedi bishkeklik jurnalist Munara Borombayeva Karvonsaroy bilan suhbatda.

"Bu ayniqsa (zo'ravon ekstremizmini yorituvchi) jurnalistlar uchun juda muhimdir”, dedi u. “Bu masalada xabardorlikni talab qiluvchi vakolatli yondashuv talab etiladi”.

“Xabardorligi boʻlmagan jurnalistlar oʻzlari bilmagan holda “ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga” sababchi boʻlishlari mumkin, dedi u.

“Men juda koʻp yangi maʼlumotlarga ega boʻldim, ekspertlar orasida tanishlar orttirdim. Bu mavzuda yozadigan jurnalistlar orasidagi doʻstlarim soni ham koʻpaydi”, dedi u. “Kelajakda biz tahiliy maqolalar yozibgina qolmay, balki hamkorlikdagi loyihalarni ham amalga oshirishimiz mumkin boʻladi.”

Oʻtgan yilning uyil oyida Bishkekda oʻtkazilgan ilk “Eduthon” anjumanida ishtirokchilar mediasavodxonlik, raqamli savodxonlik va tanqidiy firklashga oid bir qancha loyihalarni ishlab chiqqan edilar. Mustaqil hakamlar hayʼati ular orasidan 5 ta eng yaxshi loyihani tanlab oldi, Internews esa ularni amaliyotga tatbiq etish uchun har bir gʻolibga kichik grantlarni taqdim etdi.

Bu yil hayʼat tomonidan yana 5 ta loyiha saralab olingan boʻlib, ularning har biriga 4 ming yevrolik grant taqdim etiladi.

“Biz Ostonadan grant yutish mumkin boʻlgan tayyor loyihalar bilan ketyapmiz”, dedi “Fuqaroviy erkinliklar idorasi“ jamoat tashkiloti koʻngillisi, dushanbelik Nazifa Boymuhamedova. “Ishonamizki, murabbiylarimizning qoʻllab-quvvatlovi kelajakda bizga grant mablagʻlarini qoʻlga kiritishda yordam beradi.”

“Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar berildi, ular yangi foydali aloqalarga va butun hayotlari davomida eslaydigan taassurotlarga ega boʻldilar”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Nizolar va ekstremizmga qarshi kurash

Dekabr oyida 120 dan ortiq Markaziy Osiyolik va xalqaro mutaxassislar esktremizmga qarshi kurashda OAV, ijtimoiy tarmoqlar va xabar almashish ilovalarining roliga bag‘ishlangan Internews homiyligidagi forumda ishtirok etishdi.

“Zo‘ravonlik ekstremizmining olish va bunda OAV roli” deb nomlangan forum 6-8-dekabr kunlari Bishkekda o‘tkazilgan edi.

Internews tashkilotining 18 oylik media-savodxonlik loyihasining keyingi bosqichi “Innovate.Play.Engage” innovatsion laboratoriyasidir. Tadbir 25-27-fevral kuni Dushanbeda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir media sohasidagi mutaxassislar, dizaynerlar, dasturchilar va Markaziy Osiyodan o‘zlarining ziddiyatlarni hisobga olish bo‘yicha media loyihalari bilan kelgan boshqa mutaxassislarni birlashtiradi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, har bir guruhda kamida ikkita davlat vakili bo‘lishi kerak. Hakamlar oltita guruhni tanlab olishadi va o‘z loyihalarini amalga oshirishi uchun har bir guruhga 14 ming yevro ajratiladi.

“Innovate.Play.Engage” innovatsion laboratoriyasining maqsadi guruhlarga o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish va miltimedia orqali hikoya qilish malakalarini oshirishga koʻmaklashishdir, deb xabar beradi Internews.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ilm egasi boʻlish

Javob berish