https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/03/20/feature-03
| Siyosat

Qozogʻiston Nazarboyevdan keyingi davrga moslashishni boshlamoqda

Karvonsaroy va AFP

image

Senat rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqayev Qozogʻistonning muvaqqat prezidenti sifatida qasamyod qilmoqda, Ostona, 20-mart, 2019-yil. [STR / AFP]

OSTONA – 20-mart kuni boʻlib oʻtgan tantanali marosimda muvaqqat prezident sifatida qasamyodga keltirilar ekan, Qozogʻiston senati rahbari mamlakat poytaxti nomini oʻz oʻtmishdoshining sharafiga oʻzgartirishni taklif qildi.

Mustaqil Qozogʻistonning birinchi va birdan-bir lideri seshanba (19-mart) kuni 30 yillik iqtidordan soʻng kutilmaganda isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. U shoʻrolar davrida hukumat tepasiga kelgan sobiq SSSRdagi soʻnggi prezident boʻlib qolayotgan edi.

Senat spikeri, 65 yashar Qosim-Joʻmart Toʻqayev kelasi yil aprel oyida oʻtkaziladigan saylovlarga qadar vaqtincha prezident vazifasini bajarib turadigan boʻldi.

Konstitutsiyada belgilangan “millat yetakchisi” maqomi va mamlakat Xavfsizlik kengashidagi umrbod raislik 78 yashar Nazarboyevga oʻz taʼsirini saqlab qolishga imkon beradi.

image

Nursulton Nazarboyev Bryusseldagi Yevropa Kengashi majlisiga tashrifi chogʻida, 2018-yilning 19-oktabr kuni olingan surat. [Aris Oikonomou / AFP]

image

Muvaqqat prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev va Senat spikeri Darigʻa Nazarboyeva 20-mart kuni Ostonada qoʻl siqishmoqdalar. Senat 19-mart kuni prezident Nursulton Nazarboyevning kutilmagan isteʼfosidan soʻng, ularni yangi lavozimlarga tasdiqlagan. (Qozogʻiston prezidentining matbuot xizmati)

Qasamyoddan keyin nutq soʻzlagan Toʻqayev Qozogʻiston poytaxti nomini sobiq prezident sharafiga “Nursulton” deb oʻzgartirishni taklif etgan.

Mamlakat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, shundan soʻng Qozogʻiston parlamenti poytaxtni Nazarboyev sharafiga “Nursulton” deb nomlashni maʼqullagan.

“Ostonaning nomi rasman Nursulton deb oʻzgartirildi”, deb xabar bergan “Kazinform” davlat axborot agentligi.

Toʻqayev 2013-yilda Senat spikeri boʻlguniga qadar, tashqi ishlar vaziri va bosh vazir lavozimlarida ishlagan.

Nazarboyevning qizi siyosiy sahnada qolmoqda – Senat Darigʻa Nazarboyevani parlamentning yangi spikeri etib tasdiqlagan. Shu tariqa u kelasi yilgi saylovlarda prezidentlikka daʼvogar boʻlishi mumkin. Nazarboyeva 2015-2016-yillarda bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan.

Oʻtmishda Nazarboyev qizlaridan biri uning oʻrnini egallashi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.

Vashingtonga ishonch

Seshanba kuni AQSH hukumati Qozogʻiston bilan iliq munosabatlar yangi davrda ham saqlanib qolishiga ishonch bildirgan.

AQSH Davlat departamenti vakili Qoʻshma Shtatlar “Qozogʻiston bilan keng qamrovli masalalar boʻyicha ishlar davom ettirilishini sabrsizlik bilan kutayotganini” aytgan.

Qoʻshma Shtatlar va Qozogʻiston ikki tomonlama mustahkam aloqalarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Prezident Donald Trampning Nazarboyev bilan oʻtgan yilgi tarixiy uchrashuvi shundan dalolat beradi. Hamkorligimiz shunday surʻatda davom etishiga umid qilamiz”, dedi AQSH vakili.

Tramp oʻtgan yili AQSH va Qozogʻistonning oʻzaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash maqsadida Oq Uyda Nazarboyev bilan uchrashgan edi.

Qozogʻiston Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng ixtiyoriy ravishda oʻz yadro qurolidan voz kechib, Afgʻonistonda AQSH boshchiligidagi harbiy kampaniyaga moddiy-texnikaviy yordamini taklif etish bilan Qoʻshma Shtatlarni mamnun qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
64
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha