https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/04/29/feature-01
Astana Club majlisi ishtirokchilari Qozogʻistonni xalqaro vositachi sifatida eʼtirof etdilar
| Jamiyat

AQSH intellektual mulk himoyasi sohasida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqda

Karvonsaroy

image

27-aprel kuni Xitoyning Ninbo shahrida 109 kg vazn toifasi ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik Akbar Joʻrayev. [STR/AFP]

TOSHKENT – Oʻzbekiston hukumatining intellektual mulk muhofazasini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari ish oʻrinlari sonini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sogʻlom iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi, deyiladi AQSH elchixonasining juma (26-aprel) kungi bayonotida.

26-aprel kuni nishonlangan Jahon intellektual mulk kunida gʻoya va kashfiyotlarni himoya qilish muhimligi yana bir karra taʼkidlanar ekan, bu oʻz navbatida innovatsiyalar va taraqqiyotga koʻmaklashadi, deyiladi elchixonaga xabarida.

Iqtisodiy taraqqiyot va yangi ish oʻrinlarining yaratilishi Oʻzbekistonda yoshlarni ish bilan taʼminlanishi uchun yanada koʻproq imkoniyatlar yaratadi. Wilson Centre maʼlumotlariga koʻra, 2016-yilda aholining 45 foizini 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil qilgan.

Bu yoshlarning katta qismiga manfaat keltirishi barobarida, ishsizlar va norozi kayfiyatdagilarni ekstremistik kuchlardan himoyalashga ham xizmat qiladi.

image

Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari. (Maksim Yeniseyev)

Elchixona maʼlumotlariga koʻra, AQSH Oʻzbekistonda intellektual mulk muhofazasini yaxshilash boʻyicha ushbu mamlakatdagi hamkorlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan.

Oʻtgan yili Oʻzbekiston hukumati intellektual mulk sohasidagi uchta muhim xalqaro shartnomaga qoʻshilib, mahalliy va xalqaro kompaniyalarning intellektual mulk huquqlari muhofazasini taʼminlash, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yoʻlida muhim qadam tashladi.

“Tadqiqotlar ishonchli himoya qilingan intellektual mulk bilan texnologiya yetkazib berish, ilmiy almashuv, moliya manbalaridan foydalanish, ish oʻrinlari va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoya oʻsishi oʻrtasida uzviy bogʻliqlik bogʻligini koʻrsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Brend himoyasi

Jahon intellektual mulk kunining bu yilgi mavzusi “Muvaffaqiyat kaliti: intellektual mulk va sport” deb nomlangan boʻlib, intellektual mulkni ishonchli himoya qilish sportni rivojlantirishga qanchalik yordam berishini yoritishga qaratildi.

Sport Toshkentdagi yangi “Humo” arenasi kabi obʼektlarga sarmoya jalb etish va butun dunyo boʻylab millionlab ish oʻrinlari yaratish orqali koʻp milliard dollarlik global sanoatga aylanib bormoqda.

Elchixona maʼlumotlariga koʻra, AQSHda sport mamlakat iqtisodiga har yili 70 milliard dollardan (590 milliard soʻm) ortiq hissa qoʻshadi, bu mablagʻning 70 foizdan ortigʻi OAV huquqlari, homiylik va merchendayzing orqali kelib tushadi.

Bu kabi iqtisodiy oʻsishga erishish uchun intellektual mulkning ishonchli himoyasi talab etiladi.

Shu haftada va yana may oxirida Oʻzbekistonda boʻladigan “Harlem Globetrotters” koʻrgazmali basketbol jamoasi intellektual mulk kuchli himoya qilingan tashkilotga misol boʻla oladi, deb xabar beradi elchixona.

“Jamoa muvaffaqiyati birgina gʻoyadan boshlangan”, deyiladi xabarda. “Abe Sapershteyn ismli inson basketbolni targʻib qilishning yangi ijodiy usulini oʻylab topib, uni kichik oilaviy biznesdan dunyo tan olgan koʻp million dollarli korxonaga aylantirdi.”

“Oʻz brendining intellektual mulki ishonchli himoyaga ega ekanligi tufayli, ushbu jamoa qariyb yuz yildan beri muxlislarini quvontirib kelmoqda”, deyiladi elchixona xabarida.

Bayonotda aytilishicha, “Innovatsiya, oʻziga xos brend va ijodkorlik yordamida biznesni rivojlantirishni istagan har qanday mamlakat kuchli va toʻgʻri ishlab chiqilgan intellektual mulk muhofazasi tizimiga muhtoj.”

“Bu tuzilma, shuningdek, majburlash choralari, tegishli huquqiy kafolat va shaffof sud tizimini ham oʻz ichiga olmogʻi lozim.”

Bunday huquqiy himoya innovatsiya va tadqiqotlarni ragʻbatlantirib, ish oʻrinlari va investitsiyalarni oshirishga turtki beradi, deb yozadi elchixona.

Qoʻshma Shtatlarda intellektual mulk himoyasiga jiddiy eʼtibor qaratilgani uchun ham u yerdagi intellektual mulkdan jadal foydalanadigan tarmoqlarga 45 milliondan ortiq ish oʻrinlari – qariyb barcha ish kuchining uchdan bir qismi, AQSH eksportining 50%i va yalpi ichki mahsulotning esa qariyb 40%i toʻgʻri keladi.

Yoshlar uchun koʻproq imkoniyatlar

Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston bilan oʻzaro aloqalar, jumladan taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish barobarida intellektual mulk himoyasi yoʻlida ham yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Masalan, tobora koʻproq oʻzbek talabalari AQSHda oliy taʼlim olish imkoniyatlarini izlamoqda.

Bundan tashqari, Toshkentdagi AQSH elchixonasi oʻzbek yoshlariga AQSH taʼlim tizimi bilan tanishish uchun koʻplab imkoniyatlarni taqdim etadi. AQSH elchixonasi huzuridagi “Education USA” maslahat markazi bepul axborot sessiyalari va individual maslahatlashuvlarni tashkillashtiradi.

Sizga maqola yoqdimi?
2
Yo‘q
Fikrlar 2
Siyosat
Captcha

Tuturiqsiz maqola... Qaysi ISHID (haqida gap ketmoqda)? Bunaqangi hamkorlik natijasida Oʻzbekiston tubsizlikka qulab bormoqda... Ustuvorliklar konkret narsalardan virtual narsalarga koʻchmoqda... XVFdan olingan yirik miqdordagi qarz mablagʻlari kerakli iqtisodiyot subyektlariga emas, aholi uchun foydasiz loyihalarga sarflanmoqda. Oʻzbekiston xalqi esa qarzning foizlarini toʻlay boshlagan. Kichik biznesni oʻldirishdi. Iqtisodiyotning real sektorlariga 25-30 foiz yillik ustama bilan kredit berilyapti (Qayta moliyalash stavka 9 dan 16 foizgacha koʻtarildi). 3-4 yildan keyin odamlar och qola boshlaydi. Iqtisodchilar qayoqqa qarayapti? Nimalar boʻlyapti oʻzi?

Javob berish

AQSH bilan hamkorlik qilish kerak, dunyodagi birdan-bir qudratli davlat shu.

Javob berish