Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻistonda ekstremizmda ayblangan mahbuslar bilan ishlovchi mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

Kanal Altinbayev

May oyida Suriyadan evakuatsiya qilingan qozogʻistonliklar orasida boʻlgan bolali ayol. Qozogʻiston kuch tuzilmalari Suriyadan qaytarilgan 4 nafar ayolni terrorizmda gumon qilib hibsga olganlar. KNB videolavhasidan olingan kadr.

May oyida Suriyadan evakuatsiya qilingan qozogʻistonliklar orasida boʻlgan bolali ayol. Qozogʻiston kuch tuzilmalari Suriyadan qaytarilgan 4 nafar ayolni terrorizmda gumon qilib hibsga olganlar. KNB videolavhasidan olingan kadr.

NUR-SULTON – Qozogʻistonda Suriyadan qaytgan sobiq jangarilar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

28-31-may kunlari Qozogʻiston hukumati “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasining yakunlovchi bosqichi oʻlaroq Suriyadan 67 ayol va 171 nafar yosh bolani evakuatsiya qilgan edi. Operatsiyadan koʻzlangan maqsad, “Islom davlati” (ID) safiga jang qilish uchun Suriyaga borgan jangarilarning oila aʼzolarini vataniga qaytarish boʻlgan.

Yil boshidan beri bu 3-operatsiya boʻldi. Hammasi boʻlib Qozogʻistonga 524 fuqaro, 137 ayol, 357 bola va 30 erkak qaytarilgan.

Huquq-tartibot organlari operatsiya davomida vataniga qaytarilgan barcha erkaklar va bir nechta ayolni terrorizmga aloqadorligini tergov qilganlar. Ularning koʻpchiligi sudlangan.

Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida Suriyadan olib kelingan Qozogʻiston fuqarolari bilan ishlayotgan qozoq mutaxassisi. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida Suriyadan olib kelingan Qozogʻiston fuqarolari bilan ishlayotgan qozoq mutaxassisi. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Qustanayda radikal harakatlar aʼzolari boʻlgan mahbuslar bilan diniy-maʼrifiy va reabilitatsiya ishlarini olib boruvchi ruhshunoslar, politsiya va jazoni oʻtash muassasalari xodimlarini tayyorlovchi “Jusan” deb nomlangan yangi markaz ochildi, deb xabar beradi 18-iyun “Informbyuro” yangiliklar sayti.

Mazkur taʼlim muassasi boʻlajak politsiya xodimlarini tayyorlovchi IIV Qustanay akademiyasi tarkibida faoliyat yuritadi.

Dunyoviy davlatga nisbatan bagʻrikenglikni oʻrgatish

Markazdagi oʻquv kurslariga qatnovchilar 2 hafta yoki 72 soat davomida ekstremizmda ayblangan mahbuslarga jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishga yordam berish usullarini oʻrganadilar. Kurslardan biri radikal qarashdagi fuqarolarda dunyoviy davlat asoslariga nisbatan bagʻrikenglikni shakllantirishga bagʻishlangan.

Qozogʻistondagi qamoqxonalarda terrorizm va ektremizmda ayblangan 600 ga yaqin mahbus bor, deb maʼlum qilgan IIV jinoiy-ijro qoʻmitasi raisi Bekbolat Shakirov 18-iyun kuni Nur-Sultonda oʻtgan matbuot anjumanida.

Hozirgi vaqtda ular bilan imomlar diniy-maʼrifiy suhbatlar olib bormoqda.

Har bir urushda jangovar harakatlar ishtirokchilari va ularning ortida turgan tarafdorlar boʻladi, deydi Nur-Sultondagi Qozogʻiston aksilterror qoʻmitasi nohukumat tashkiloti rahbari Amanjol Urazbayev.

“Hukumat oʻz fuqarolarini Qozogʻistonga qaytarib, har bir shaxsning aybdorlik darajasini, kim aslida kim ekanligini shun yerda aniqladi”, dedi Urazbayev.

“Ular osuda hayot kechirishlari, dinga erkin amal qilishlari, farzandlarini tarbiyalashi mumkin edi, lekin ular terrorchilar taʼsiriga tushdilar... Bu barchamiz uchun saboqdir”, degan edi iyun tarazlik siyosatshunos, “Beybit aspan” (Tinch osmon) nodavlat tashkiloti rahbari Ruslan Seksenbayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Muallif bilan bogʻlanish maʼlumotlarini qanday bilsam boʻladi. Ilmiy ish yozayotgan edim, manbalarni bilmoqchiman

Javob berish