Karvonsaroy
Terrorizm

2017-yilgi Stokholm hujumida gumonlangan ikki tojik Suriyada hibsda saqlanmoqda

Karvonsaroy

Vaqtinchalik yodgorlik oldida toʻplanganlar Stokholmdagi hujum qurbonlarini xotirlamoqda, 2017-yil, 14-aprel. 7-aprel kuni yuk mashinasi odamlar bilan gavjum piyodalar yoʻlakchasi boʻylab yurib borishi natijasida 5 kishi halok boʻlgan edi. (Jonatan Nekstrend/AFP)

Vaqtinchalik yodgorlik oldida toʻplanganlar Stokholmdagi hujum qurbonlarini xotirlamoqda, 2017-yil, 14-aprel. 7-aprel kuni yuk mashinasi odamlar bilan gavjum piyodalar yoʻlakchasi boʻylab yurib borishi natijasida 5 kishi halok boʻlgan edi. (Jonatan Nekstrend/AFP)

DAMASHQ – Suriya hukumati 2017-yilda Stokholmda yuz bergan halokatli hujumni sodir etishda ayblangan ikki tojikistonlikni hibsga oldi. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosi chorshanba (18-dekabr) kuni xabar bergan.

Noyabr oyida Turkiya telekanalida tarqatilgan xabarlarga qadar ulardan biri oʻlgan deb gumon qilingan edi.

Abu Dovud nomi bilan tanilgan Parviz Saidrahmonov va Abu Usoma Nurakiy taxallusini olgan Tojiddin Nazarov Rossiya va Tojikistonda qidiruvda boʻlishgan. Ularning ikkovi ham 32 yoshda.

Ular 2018-yil aprel oyida Shvetsiyada umrbod qamoqqa hukm qilingan Rahmat Oqilovning sheriklari boʻlishgan, deb xabar bergan Shvetsiya hukumati. Oqilov asli oʻzbekistonlik etnik tojik hisoblanadi.

Oqilov 2017-yil 7-aprel kuni Stokholmda oʻgʻirlangan yuk mashinasini piyodalar ustiga haydaganini tan olgan. Hujum natijasida uchta shvetsiyalik, bitta ingliz erkak va belgiyalik ayol halok boʻlgan. Shvetsiyalik qurbonlar orasida 11 yashar qizcha ham bor edi.

Suriya hukumati tomonidan qoʻlga olingan “Islom davlati” (ID) jangarilari haqida 23-noyabr kuni Turkiya telekanalida efirga uzatilgan koʻrsatuvda Saidrahmonovga oʻxshash erkak ham boʻlgan. U 2017-yilda oʻlgan deb eʼlon qilingan edi.

U Afrinda qamoqhonaga joylashtirilgan. Shaxsi oshkor qilinmasligini soʻragan tojikistonlik rasmiyning RFE/RL radiosiga maʼlum qilishicha, uni singlisi videolavha orqali tanib qolgan.

Rasmiyning aytishicha, Tojikiston uni ekstraditsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Nazarov esa ayni damda Dayr Az-Zordagi qamoqxonada saqlanmoqda, dedi 18-dekabr kuni RFE/RL radiosiga Turkiyadagi manba telefon orqali suhbatda.

Tojikiston hukumatiga koʻra, Nazarov IDning Tojikistondagi eng xavfli yollovchisidir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Demak, u tojik. Oʻzbekistonda yashayotganlarning 60 foizi tojik

Javob berish