Karvonsaroy

Qozogʻiston va Oʻzbekiston viloyat hokimliklari hamkorlik memorandumini imzoladi

Karvonsaroy

KOʻKCHATOV, Qozogʻiston – Qozogʻistonning Oqmola va Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatlari rasmiylari juma, 17-oktabr kuni Koʻkchatovda iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda hamkorlik qilishga oid memorandumni imzoladi, deb xabar berdi juma kuni Kazinform axborot agentligi.

Hujjat Oqmola viloyati hokimi Malik Murzalinning Sirdaryo viloyati delegatsiyasi bilan uchrashuvi chogʻida imzolandi.

Ikki mamlakat rasmiylari oʻz viloyatlarida iqtisodiyot, savdo, turizm, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Iqtisodiyotning barcha sohalari oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun imkoniyatlar taqdim etadi, dedi Murzalin.

“Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar faol rivojlanmoqda”, dedi Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Ikrom Nazarov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500