Karvonsaroy

BMT O‘zbekistonning zaif aholi qatlamini himoyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi

Karvonsaroy

TOSHKENT -- O‘zbekiston hukumati va BMT mamlakatdagi eng zaif aholi qatlamini himoyalash bo‘yicha muvaffaqiyatga erishganini ma’lum qildi, deb xabar beradi UzDaily.com nashri, seshanba (19-dekabr) kuni.

BMT va O‘zbekiston hukumati 2016-yilda zaif aholi qatlamini hamkorlikda himoya qilish bo‘yicha maxsus guruhni tashkil etgan edi. Guruh a’zolari seshanba kuni 2016-2017-yillarga mo‘ljallangan ish rejasining amalga oshirilishini tahlil qilish va 2018-2020-yillar uchun ehtimoliy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama etish maqsadida yig‘ildilar.

Maqsadli guruhlar og‘ir ahvolda qolgan nogironlar, ayollar va bolalar, keksa va nochor insonlarni qamrab oladi. 2018-2020-yillar uchun mo‘ljallangan harakat rejasi shunday guruhlarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

“Biz O‘zbekiston hukumatining ijtimoiy himoya sohasidagi tashabbuslari va siyosatini kelajakda ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hamkorlar o‘rtasidagi kelishuv va muloqotni yanada mustahkamlashga yordam bermoqchimiz”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakili, natijalar bo‘yicha maxsus guruh hamraisi Sasha Graumann. “Ushbu platforma, shuningdek, donorlar ishini yanada yaxshiroq muvofiqlashtirishga imkon beradi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500