https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/12/27/newsbrief-02

Jeenbekov Markaziy Osiyoda ekstremistlar xavfi o‘sib borayotgani haqida ogohlantirmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Xalqaro ekstremistik guruhlar o‘z ta’sir doiralarini Markaziy Osiyogacha kengaytirishlari mumkin, deb ogohlantirdi Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov chorshanba, 27-dekabr kuni Rossiyaning Izvestiya nashriga bergan intervyusida.

“Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi faqatgina hamkor davlatlarning qo‘shma sa’y-harakatlari orqali kurashish mumkin”, dedi Jeenbekov.

“Hukumat hamda jamiyat terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tegishli choralar ko‘rishi kerak”, dedi u. “Biz 2017-2022-yillar uchun shaxs, jamiyat va hukumat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davlat dasturini qabul qildik.”

Dasturda turli bitim va kelishuvlar bo‘yicha “Qirg‘izistonning majburiyatlari inobatga olingan”, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Fikrlar 0
Siyosat