Britaniya kengashi Qozog‘istonda “kreativ iqtisodiyotni” rivojlantirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

Karvonsaroy

OSTONA – Britaniya Kengashi hamda Britaniyaning madaniy aloqalar va ta’lim imkoniyatlari bo‘yicha xalqaro tashkiloti Qozog‘istonning “kreativ iqtisodiyotini” rivojlantirishga qaratilgan 8 loyihani moliyalashtiradi, deb xabar berdi Kazinform.

Qozog‘istondagi Britaniya kengashi direktori o‘rinbosari Rovan Kennedi juma (16-noyabr) kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Kreativ Markaziy Osiyo forumi davomida mazkur loyihalar haqida so‘zlab bergan.

“O‘tgan galgi forumdan beri biz aloqalarni mustahkamladik. Bugungi kunda Britaniya kengashi Qozog‘istonda 8 ta qo‘shma loyihani amalga oshirishga koʻmaklashmoqda. Qozog‘iston va Buyuk Britaniya Qozog‘istondagi OTM bazasida kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻygan”, dedi u.

Kennedining aytishicha, bu sa’y-harakatlar turlicha bo‘lib, yangi akademik dasturlar va treninglarni o‘z ichiga olishi mumkin.

“Biz Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir to‘xtamga keldik”, dedi Kennedi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1
Siyosat * Majburiy 1500 ta belgi qoldi (1500 max)

Britaniya bilan har qanaqa munosabatlar haqida oldindan biror narsa deb boʻlmaydi. Qoʻyniga tosh solib yuradigan hamkorlarga qanday ishonish mumkin axir. Qozogʻistonni faqat boyish manbai sifatida koʻradilar, ular uchun faqat oʻzlarining manfaatlari muhim. Faqat Rossiya begʻaraz hamkor.

Javob berish