LAHOR, Pokiston – Qozogʻiston Pokistonga bevosita aviaparvozlarni yoʻlga qoʻymoqchi, maqsad – ikki mamlakat oʻrtasida savdo hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va turizmni rivojlantirish. Bu haqda yakshanba (3-mart) kuni Express Tribune nashri Qirgʻizistonning Pokistondagi elchisi Erik Beyshembiyevga asoslanib xabar berdi.
Beyshembiyev bu haqda Lahor savdo-sanoat palatasidagi chiqishida aytib oʻtgan.
“Biz oʻzaro aloqada boʻlib turishimiz zarur”, deb aytgan u.
“Savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar imkon qadar tezroq yoʻlga qoʻyilishi kerak”, dedi Lahor savdo-sanoat palatasi prezidenti Almas Hayder.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmining pastligi biznes va iqtisodiy aloqalarimiz yaxshi rivojlanmaganidan darak beradi“, deb aytgan u savdo hajmining atigi 1 mln. AQSH dollaridan oshiqroq boʻlganini qoʻshimcha qilar ekan.